O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi samarqand davlat universiteti Pedagogika fakultеti Boshlang`ich ta'lim metodikasi kafеdrasi



Download 12,33 Mb.
bet216/374
Sana04.07.2022
Hajmi12,33 Mb.
#739328
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   374
Bog'liq
2 5296572958125329659

5.4. IV-sinfda masalalar yechish
Topshiriqlar.
512. Masalani turli usullar bilan yechish mumkinmi? Fevral oyida 24 ish kunida fabrika 5184 juft oyoq kiyimi va mart oyida 27 ish kunida 6426 juft oyoq kiyimi ishlab chiqardi. Fabrika mart oyida fevralga qaraganda bir kunda qancha ortiq poyabzal ishlab chiqargan?
513. Masalani frontal tahlil qilish uchun suhbat rejasini tuzing: «Ertalab sabzavot do`konida 6370 kg karam bor edi. Kun oxirida uning beshdan ikki qismi qoldi. Shu kuni necha kilogram karam sotilgan?». Masalaning javobini yozing.
514. Masalani og`zaki yechish mumkinmi? «A dan B gacha masofa 7 km, B dan S gacha esa 5 marta ortiq. Velosipetchi 14 km|soat tezlik bilan A dan S gacha bo`lgan masofani necha soatda o`tib bo`ladi?». Ushbu holda o`quvchilarning fikrlashlarini keltiring.
515. Masalaning savoliga javob berish uchun uni qanday tahlil qilish kerak? «Toshkent va Andijon shaharlaridan bir vaqtda bir biriga qarab ikki poyezd yo`lga chiqdi va 4 soatdan keyin uchrashdi. Birining tezligi 50 km|soat, ikkinchisiniki 70 km|soat. Ikki shahar orasidagi masofani toping?». Masalani turli usullar bilan yeching. Har bir amalda nima topilganini tushuntiring.
516. Quyidagi masalalarni o`qituvchi qanday maqsadda taklif qildi?
1. Yo`lovchi 15 km ni 3 soatda o`tdi. Har bir soatda u bir xil masofni o`tdi. Yo`lovchi har bir soatda necha kilometr o`tdi?
2. Elektropoyezd 10 minutda 20 km o`tdi. Har bir minutda u bir xil masofani o`tdi. Elektropoyezd har bir minutda necha kilometr o`tdi?
3. O`quvchi 10 s da 60 m yugurdi. 1 s da u necha metr yugurdi?
Har bir masalani grafik usulda tasvirlang. «Matematika-4» darsligidan shu maqsadda taklif qilish mumkin bo`lgan masalalarni toping.
517. «Matematika-4» darsligida o`quvchilarni turli jismlarning harakatlanish tezligi bilan tanishtiradigan rasmlarni toping. Berilgan rasmlarni tahlil qilish bilan bog`liq holda darslikda qanday topshiriqlar taklif qilinadi? Topshiriqlarni mustaqil tuzing.
518. Quyidagi masalani yechishda o`quvchilarning fikrlarini keltiring: «Poezd Toshkentdan Samarqandgacha bo`lgan 200 km masofani 4 soatda o`tdi. Poyezd qanday tezlik bilan yurdi?». Berilgan masalani o`qitishning qaysi bosqichiga taklif qilish mumkin?
519. Tezlik, vaqt va masofa o`rtasidagi bog`lanishga doir sodda masalalar tuzing.
520. Quyidagi masalalarni yechishda qanday ko`rgazmalilikdan foydalanish maqsadga muvofiq? Javobingizni asoslang.
1. Oralaridagi masofa 102 km bo`lgan ikki shahardan bir-biriga qarab ikki velosipedchi yo`lga chiqdi. Birining tezligi 16km|soat, ikkinchisiniki esa bundan 2 km ortiq. Velosipedchilar necha soatdan keyin uchrashdilar?
2. Ikki shahardan bir-biriga qarab bir vaqtda yo`lovchi poyezd va yuk poyezdi yo`lga chiqdi. Yo`lovchi poyezd uchrashguncha 80 km|soat tezlik bilan 640 km yo`l yurdi. Agar yuk poyezdi 60 km|soat tezlik bilan yurgan bo`lsa, shaharlar orasidagi masofani toping.
521. Masalani bir necha usul bilan yeching. Eng qulay usulni belgilab ko`rsating. «Ikkita bola turgan joyning orasi 64 qadam. Agar biri 23 qadam, ikkinchisi 11 qadam yursa, ular orasidagi masofa necha qadamga teng bo`ladi?».
522. «Ikki shahardan bir-biriga qarab bir vaqtda ikki velosopedchi yo`lga chiqdi. Uchrashguncha birinchisi 24 km, ikkinchisi esa 2 marta ko`p masofani bosib o`tdi».
Quyidagi ifodalar nimani bildiradi?
1) 24x2 2) 24x2+24 3) 24x2-24
523. O`qituvchi quyidagi masalani turli usullar bilan yechishni taklif qildi: Masalani 520 km bo`lgan ikki shahardan bir-biriga qarab ikkita poyezd yo`lga chiqdi va 4 soatdan keyin uchrashdi. Birinchi poyezd 60 km/soat tezlik bilan yurdi. Ikkinchi poyezd qanday tezlik bilan yurdi?». Berilgan topshiriqni bajarishning ikkita variantini ko`rib chiqing. Qaysi variantni to`g`ri deb hisoblaysiz? Javobingizni asoslang.
I-variant
1-usul: 1) 60x4=240 (km); 2) 520-240=280 (km); 3)280:4=70(km|soat)
2- usul: (520-60x4):4=70(km|soat).
II-variant
1-usul: 1) 60x4=240 (km); 2) 520-240=280 (km) 3) 280:4=70(km|soat).
2-usul: 520:4=130 (km|soat); 2) 130-60=70 (km|soat);
524. Qo`yidagi masalani o`quvchilar mustaqil yechganda qanday xatoga yo`l qo`yishlari mumkin: «Poroxod kapitani 640 km yo’lni 16 soatda o`tish topshirig`ini oldi, u 180 km yo’lni 30 km\soat tezlik bilan o`tdi. Topshiriqni vaqtida bajarish uchun qolgan masofani poroxod qanday tezlik bilan o`tish kerak?».

Download 12,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   374




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish