112
5.6- rasm
.
Ovalsimon shestemyali hajm hisoblagichlari.
AVTOMAT TAROZILAR VA DOZATORLAR
Ag'darma cho'michli avtomatik tarozi
Kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonalarida tayyor mahsulotlarni,
yordamchi
materiallarni va xom-ashyolarni hisobga olish uchun avtomat tarozilar keng
qo'llaniladi. Mustaqil davlatlar hamdo'stligi sanoatida uzluksiz (konveyerli) va
uzlukli (porsiyali) ishlaydigan avtomat tarozilar ishlab chiqariladi.
Ag'darma cho'michli avtomatik tarozining prinsipial sxemasi 5.7-rasmda
ko'rsatilgan. Keng yelkali posongi
1
ning bir yelkasiga osma 3 orqali cho'mich
4
o'rnatilgan, ikkinchi yelkasiga esa tarozi toshi
3
qo'yilgan tosh ushlagich
5
osilgan.
Cho'mich bo'sh turgan paytda og'irlik markazi
5
cho'michning
orqa tarafidagi
posangi
6
ta'sirida osma nuqtaning o'ng tarafida turadi, cho'mich osma nuqta atrofida
aylanishga intiladi, bunga tayanch 7 to'sqinlik qiladi. To'ldirilgan cho'michning
og'irlik markazi S
1
holatga keladi, ya'ni osma nuqtasining chap tarafiga o'tadi. To'la
cho'michning aylanishiga cho'michning tashqarisidan yon devoriga ishlangan va
osma
3
bilan sharnir orqali bog'langan hamda lo'kidon
9
ga tayangan prizma
8
to'sqinlik qiladi. Cho'mich ta'minlovchi
voronka
10
orqali to'ldiriladi. Voronkaning
chiqish teshigi to'siq
11
bilan berkiladi.
Cho'mich to'lib, muvozanat o'rnatilganda, tosh ushlagich tepaga ko'tarilib
richaglar yordamida (rasmda ko'rsatilmagan) to'siq 11 ni berkitadi. Tortilayotgan
materialning tarozi pallasiga kelishi tugatilgandan so'ng, to'la cho'mich inersiyaga
muvofiq pastga harakatini davom ettiradi. Cho'mich pastga tushganida lo'kidon
9
harakatsiz
tayanch
12
bilan uchrashadi, ko'tarilishda esa u prizma
8
dan chiqib
ketadi. To'siqdan ozod bo'lgan cho'mich soat strelkasi yo'nalishiga
qarshi aylanadi,
cho'michdagi materialning og'irligi va bosimi ta'sirida eshikcha
13
ocqilib,
cho'michdagi material to'kiladi. Tosh ushlagichning pastki qismida skoba
14
o'rnatilgan, skoba harakatsiz tayanch 15 ta'sirida cho'mich harakatini cheklaydi.
Cho'michning bo'shashi paytida toshlar pastga tushib, cho'mich ko'tariladi. Cho'mich
113
batamom bo'shaganida, og'irlik markazi osma nuqtasiga nisbatan o'ngga o'tishi
tufayli, cho'mich soat strelkasi yo'nalishi bo'yicha aylanadi va boshlang'ich holatiga
keladi. Cho'michning aylanishi bilan birga to'siq
11
ochiladi va cho'mich yana
to'ldiriladi. Bunday tarozilarning xatosi 5 - 1 %
.
Ularning hajmi turlicha bo'ladi.
5.7- rasm.
Ag'darma cho'michli avtomatik tarozining prinsipial sxemasi.
Do'stlaringiz bilan baham: