O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi



Download 6,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/96
Sana08.07.2022
Hajmi6,2 Mb.
#757830
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   96
Bog'liq
avtomatika asoslari

 
 
 


104 
V-bob. MODDANING SARFI VA MIQDORINI O'LCHASH 
Sanoatning ko'pgina tarmoqlari, ishlab chiqarish texnologik jarayonlarida 
moddaning sarfi, miqdori va hajmini o'lchash, ularni tekshirish va boshqarishda 
hamda kerakli xom-ashyo, yarim mahsulot va tayyor mahsulotlarni ishlab 
chiqarishda asosiy o'rin egallaydi. 
Moddaning miqdori deb ma'lum vaqt oralig'ida quvurning yoki boshqa 
tashuvchi qurilmasining ko'ndalang kesimidan o'tadigan moddaning massasi yoki 
hajmining yig'indisiga aytiladi. Moddaning miqdori hajm yoki massa birliklarida 
ifodalanadi. Hajmning asosiy birligi 
metrkub 
(m
3
), massaning asosiy birligi esa 
kilogramm 
(kg). Asbob orqali oqib o'tayotgan moddaning massasi yoki hajmini 
vaqtning istalgan oralig'ida o'lchaydigan asbob hisoblagich (schyotchik) lar deyiladi. 
Vaqt birligi ichida quvurning berilgan kesimidan o'tadigan modda miqdori 
moddaning sarfi deyiladi. Qanday birliklarda o'lchanishiga qarab moddaning sarfi 
hajmiy va massali bo'lishi mumkin. Hajmiy sarf m
3
/s larda, massali sarf esa kg/s 
larda o'lchanadi. Sarfni o'lchash uchun mo'ljallangan asboblar sarf o'lchagichlar 
deyiladi. 
O'lchash usuliga ko'ra sarf va miqdorni o'lchash uchun mo'ljallangan asboblar 
quyidagi guruhlarga bo'linadi: tezlik va hajm hisoblagichlari; bosimlar farqi 
o'zgaruvchan va o'zgarmas sarf o'lchagichlar; o'zgaruvchan sathli sarf o'lchagichlar; 
elektromagnit va ultratovush sarf o'lchagichlar; tarozilar va dozatorlar; donali 
mahsulotlarni hisobga olish uchun mo'ljallangan asboblar. 
5.1.MODDALAR SARFINI O’LCHASH ASBOBLARI
BOSIMLAR FARQI O'ZGARUVCHAN SARF O'LCHAGICHLAR 
Bu sarf o'lchagichlarning ishlash usuli quvurda moddaning oqim yo'lida 
o'rnatilgan qandaydir toraytirish qurilmasi yordamida hosil qilinadigan bosimlar 
farqini o'lchashga asoslangan bo'lib, suyuqliklar, gazlar (bug'lar) ning sarfini 
o'lchash vositasi sifatida keng tarqalgan. Toraytirgichlar sifatida asosan standart 
diafragmalar, soplolar hamda boshqa soplolari ishlatiladi. 
Oqib o'tayotgan sarf miqdori bosimlar farqi va moddaning oqim tezligiga to'g'ri 
proporsionaldir. Suyuqlikning sarfi Q (m
3
/s larda) va bosimlar farqi 

P
 
(Pa) 
orasidagi munosabat quyidagi tenglama orqali ifodalanadi: 
 
(5.1)
bu yerda: 
α-
toraytirish qurilmasining geometrik ko'rinishi va
o'lchanayotgan muhitning fizik holatiga bog'liq bo'lgan
sarf koeffitsiyenti;


105 
ε-toraytirish qurilmasidan o'tishda o'lchanayotgan
muhitning siqilishini hisobga oladigan tuzatuvchi
koeffitsiyent (suyuqliklar uchun ε = 1);
F - 
toraytirish qurilmasining o'tish yuzasining kesimi, m
2
;
ρ
 -
o'lchanayotgan moddaning zichligi, kg/m
3
;
ΔP - bosimlar farqi, Pa. 
Toraytirish qurilmasi sarf o'lchagichning birlamchi o'zgartgichi hisoblanib, 
bundan tashqari uning komplektiga ulash tizimlari (impuls trubkalari), qo'shimcha 
qurilmalar (ajratish idishlari, kondensatsion idishlar) va o'lchash asbobi (differensial 
manometr) kiradi. 
5.1. - 

rasmda toraytirish qurilmasining quvurda o'rnatish sxemasi, oqimning 
undan o'tishi va oqim yo'nalishi bo'yicha statik bosimning taqsimlanish egri chizig'i 
keltirilgan. 

diametrga ega bo'lgan quvurning 1-1 kesimidan oqimning torayishi 
boshlanib, diafragma oldida inersiya kuchining ta'siri diafragmadan keyingiga 
qaraganda katta bo'ladi. Shundan so'ng oqim quvurning to'liq kesimi bo'yicha 
kengayadi. Diafragma oldida va undan so'ng uyurma maydoni hosil bo'lib, 
diafragma oldidagiga nisbatan diafragmadan keyingi soha katta bo'ladi. Quvur 
devorlari yonida oqimning bosimi diafragma oldida hosil bo'lgan ta'sir natijasida 
P
t
 
gacha o'sadi, diafragmadan keyingi eng qisqa kesim 2-2 ga, bosim esa P
2
gacha 
kamayadi. Oqimning 2-2 kesim yuzasi diafragmaning aylanasidan ham kichik. 
Shundan so'ng oqimning kengayishiga qarab quvur devorlari yonida bosim osha 
boshlaydi. Ammo dastlabki qiymatidan

(yo'q.) ga farq qiladi. Bu esa ishqalanish 
va uyurmali maydon hosil bo'lish sababi yo'qotilgan asosiy energiya hisoblanadi. 
5.1.- rasm.
 
Toraytirish qurilmasi (diafragma). 
Sarf koeffitsiyentining qiymati barcha qurilmalar uchun tajriba yo'li bilan 
aniqlangan bo'lib, ularni dastlabki darajalashsiz qo'llash mumkin. 
Standart diafragmalar (normal) konsentrik teshikka ega bo'lgan yupqa metall 
disk 

dan iborat bo'lib, uning kirish qismi o'tkir qirrali silindr shaklida, so'ng esa 30-


106 
45° burchak ostida konus ko'rinishida yo'naladi. Normal diafragmaning qalinligi 0,1 

(quvurning diametri), aylananing silindr shaklidagi qismining uzunligi esa 0,02 

ga teng. Normal diafragmalar kamerali (5.1. - 

rasm, o'qdan yuqorida) va kamerasiz 
bo'ladi (5.2. - 

rasm, o'qdan pastda). 
Kamerali diafragmalarda bosim ikkita tenglashtiruvchi aylana kameralar 

yordamida olinadi. Kameralar korpusda disk oldida, undan keyin esa quvurning 
ichki yuzasi bilan tutashgan aylana ariqchalar joylashgan. Aylana shaklidagi 
kameralar quvur aylanasi bo'yicha bosimning o'rtacha qiymatini olishga imkon 
yaratib, bosimlar farqini aniqroq o'lchashni ta'minlaydi. Kamerasiz diafragmalarda 
esa bosim diafragma korpusida yoki disk oldida va orqasida joylashtirilgan 
quvurning flaneslaridagi ikkita teshik 

yordamida olinadi. Normal diafragmalar 
0,05 ≤ 
(d/D) ≤
0,7 shart bajarilganda diametri 50 mm dan kichik bo'lmagan 
quvurlarda ishlatiladi. 
Diafragmalar zanglamaydigan po'latdan tayyorlanadi. Diskning yon yuzasiga 
uning zavodda qo'yilgan raqami, diafragma teshigining diametri (mm larda) 
quvurning ichki diametri (mm larda), oqim

Download 6,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish