O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim


-jadval O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdosining tovar tarkibi (foiz hisobida)



Download 419,15 Kb.
bet13/19
Sana03.07.2022
Hajmi419,15 Kb.
#735164
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim 1

2.2.1.-jadval O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdosining tovar tarkibi (foiz hisobida)


Manba: O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi

Eksportning tovar tarkibini diversifikatsiya qilish natijasida mamlakatimiz paxta yakka hokimligi oqibati bo‗lgan paxta tolasi eksportiga qaramlikdan xalos bo‗ldi. Uning eksport tarkibidagi ulushi keskin kamayib, 1990-yildagi 59,7 foizdan 2013-yilda 7,7 foizga tushdi. 1990-yilda eksportning umumiy hajmida xomashyo hisoblanmaydigan tovarlar ulushi 28 foizdan kamroq bo‗lgan bo‗lsa, hozirgi kunda


ushbu ko‗rsatkich 72 foizdan ziyoddir. Mamlakat iste‘mol tovarlari ishlab
chiqarishning jadal sur‘atlarda rivojlanishi natijasida import tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari ulushi 4,5 barobar qisqardi. Masalan, oxirgi 15 yilda bug‗doy importi nafaqat to‗xtatildi, balki O‗zbekiston o‗z bug‗doyi va g‗allasidan tayyorlangan unni eksport qila boshladi. Natijada import tarkibida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi 1990-2013-yillarda 48,9 foizdan 9,7 foizga qadar qisqardi. Mashina va uskunalarning import tarkibidagi ulushi 1990-yildagi 12,1 foiz dan 2013-yilda 44,1 foizga yetdi.Tashqi savdo geografiyasi tarkibida ham diversifikatsiya jarayonlari sodir bo‗ldi. Tashqi savdoda sobiq Ittifoq respublikalariga nisbatan uzoq xorij mamlakatlarining ulushi orta boshladi. Jumladan, 1990–2013-yillarda O‗zbekiston eksportining tarkibida uzoq xorij mamlakatlarining ulushi 37,7 foizdan 52,6 foizgacha, import tarkibida esa 42,6 foizdan 62,6 foizgacha ortdi. Mustaqillik yillarida mamlakat iqtisodiyotiga sarflanayotgan investitsiyalar hajmi barqaror o‗sish sur‘atlariga ega bo‗ldi. Jumladan, ―O‗zbekistonda investorlar uchun, ko‗p jihatdan beqiyos, o‗ta qulay investitsion muhit, imtiyoz va preferensiyalar tizimi yaratilgan, deb aytishga barcha asoslarimiz bor. Iqtisodiyotimizga jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalar hajmi ham yildan yilga ortib borayotgani ham buning yorqin dalilidir. Istiqlol yillarida milliy iqtisodiyotda dollar hisobida 162 milliarddan ortiq kapital mablag‗ o‗zlashtirilgan bo‗lib, buning 56 milliard dollaridan ziyodi xorijiy investitsiyalardir. Faqatgina 2013-yilning o‗zida kapital investitsiyalar hajmi dollar hisobida qariyb 14 milliardni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 25 foizni tashkil etdi‖36.
Xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay biznes muhiti, keng huquqiy kafolat va imtiyozlar tizimi, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni rag‗batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi mamlakatimiz iqtisodiyotiga to‗g‗ridan to‗g‗ri xorijiy investitsiyalar oqimini tubdan ko‗paytirish imkonini berdi. Natijada 2013-yilda o‗zlashtirilgan umumiy kapital qo‗yilmalar hajmining
3 milliard dollardan ortig‗ini xorijiy investitsiyalar tashkil etdi. Shuning 72





36 Karimov I.A. Amalga oshirilayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati qurish yorug‗ kelajagimizning asosiy omilidir. -T.: O‗zbekiston, 2013. 9-b.
foizdan ziyodi yoki 2 milliard 200 million dollari to‗g‗ridan to‗g‗ri xorijiy investitsiyalardir.
Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni samarali jalb etish, ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiya qilish va yangilash, zamonaviy innovatsiyalarga asoslangan va yuksak samarali texnologiyalarni joriy etishda zarur imtiyozlarga ega bo‗lgan maxsus industrial zonalar tashkil etilmoqda.
―Navoiy‖ erkin industrial-iqtisodiy zonasi tashkil etilganidan buyon uning hududida umumiy qiymati 100 million dollardan ziyod bo‗lgan 19 ta investitsiya loyihasi bo‗yicha ishlab chiqarish korxonalari ishga tushirildi. Jumladan, yuksak texnologiyalar asosida modem va televizorlar uchun pristavkalar, elektr energiyani elektron hisoblagichlar, yuqori kuchlanishga chidamli kabellar, issiqlik va suv isitish qozonlari, mobil va statsionar telefon apparatlari, tayyor dori vositalari va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‗lga qo‗yildi. 2013-yilda maxsus zonadagi korxonalar tomonidan qiymati 100 milliard so‗mdan ziyod mahsulot ishlab chiqarildi va bu boradagi o‗sish sur‘ati 2012-yilganisbatan 25,8 foizni tashkil etdi. ―Angren‖ maxsus industrial zonasi hududida qisqa muddatda umumiy qiymati qariyb 44 million dollar bo‗lgan 5 ta loyiha asosida energiyani tejaydigan diodli yorug‗lik lampalar, turli kattalikdagi mis quvurlar, ko‗mir briketlari kabiyuksak texnologiyalar asosidagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‗lga qo‗yildi. Shuningdek, shakar ishlab chiqarish bo‗yicha yangi zavodva boshqa korxonalar tashkil etildi. Ayni shu yo‗nalishda to‗plangan tajribani hisobga olib, 2013-yilning mart oyida Jizzax viloyatida ―Jizzax‖ maxsus industrial zonasi tashkil etilgan. Sirdaryo viloyatida bu zonaning filiali faoliyat ko‗rsatishi ko‗zda tutilgan. Bugungi kunda ―Jizzax‖ maxsus industrial zonasihududida transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish bo‗yicha faol ishlarolib borilmoqda. O‗tgan yilning o‗zida mazkur zona hududida Xitoy kompaniyalari ishtirokida 100 ming dona mobil telefon ishlab chiqarish, shuningdek, chorva mahsulotlarini qayta ishlash va ozuqa tayyorlash bo‗yicha umumiy qiymati qariyb 6 million dollar bo‗lgan dastlabki 3 ta loyiha amalga oshirildi.Respublikamiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish nafaqat
xorijiy sheriklar bilan hamkorlikda yangi, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, balki yangi zamonaviy texnika, dastgoh va uskunalar, texnologiya va nou-xaularni joriy etish, shu asosda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning yuqori sifatini ta‘minlashga qaratilgan.





Download 419,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish