O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

Foydani maksimallashtirish va zararni minimallashtirish shart-
sharoitlari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona faoliyatining samarali
bo‘lishi shartlaridan biri — bu uning shunchaki foyda olishini
ta’minlashgina emas, shu bilan birga olinayotgan foyda masalasini
maksimallashtirish (ko‘paytirish)dir. Umumiy tarzda qaraganda
foydani maksimallashtirish ko‘riladigan zararni minimallashtirish (eng
kam zarar ko‘rish) bilan bog‘liq.
Foyda korxonaning raqobatbardoshligini oshirib borishning
moliyaviy manbalaridan eng muhimidir. Shunday ekan, bu masala
korxona jamoasining diqqat markazida turishi lozim. Foydani
maksimallashtirishi shart-sharoitiga quyidagilarni kiritish mumkin:

korxona o‘z mahsulotining tannarxini uzluksiz pasaytirib
borishiga harakat qilishi, ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini
kamaytirishi hamda boshqa omillarni safarbar qilishi demakdir.
Buning uchun xomashyo materiallari va boshqa mehnat ashyola-
rining arzon turlaridan foydalanish, ularni tejaydigan va chiqindi
qilmaydigan texnologiyalarni jalb etish;

imtiyozli kreditlar olishga erishish va kreditni o‘z vaqtida
belgilangan foiz bilan qaytarish;

sifatsiz, qoloq, jahon standartlari, xalqaro bozor talabiga mos
bo‘lmagan tovarlar ishlab chiqarishga yo‘l qo‘ymaslik;

eksportbop tovarlar ishlab chiqarishga to‘la moslashish, ichki
va tashqi bozor talablarini to‘la hisobga olish asosida ish ko‘rish;

korxona mahsulotlariga oldindan buyurtma olish asosida
ishlashni ta’minlash;

o‘zaro tovar yetkazib berish shartnoma va bitimlarini to‘la
va o‘z muddatida bajarishga erishish;

mutaxassis va xodimlarni rag‘batlantirib borish asosida
ularning manfaatdorligi hamda mas’uliyatlarini oshirish kabilar.
Amaliy xo‘jalik hayotida shunday ham bo‘ladiki, korxona
faoliyatida foyda bilan chiqish mumkin, biroq uni to‘g‘ri tasarruf
eta bilmaslik, xo‘jalik yuritishda katta xatolarga yo‘l qo‘yish
oqibatida korxona ixtiyorida sof foyda qolmasligi mumkin.
Masalan, korxona yil yakuniga ko‘ra 10 mln so‘m foyda oldi
deylik, biroq korxona olingan buyurtmani bir oy kechiktirib


130
bajargani uchun 5 mln so‘m buyurtmachi zararini qoplash talab
etildi. Shuningdek, bankdan olingan kreditni qaytarish muddatini
2 oyga cho‘zib yuborish hisobiga 3 mln so‘m miqdorida tovon
to‘lash talab etildi. Demak, olingan foydaning 8 mln so‘mi
samarasiz ketdi. Bunday holat korxona jamoasining bir yillik ijobiy
ish faoliyati samarasiz bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Korxona diqqat markazida turadigan ikkinchi muhim masala
ko‘riladigan zararni eng kam darajaga tushirish yoki zarar ko‘rishga
yo‘l qo‘ymaslikdir. Zarar ko‘rishni minimallashtirish uchun eng
muhim omil rahbar va xodimlarning iqtisodiy savodxonligiga
erishishdir. Zero, har bir ishlovchi moliyaviy zarar ko‘rishining
salbiy oqibatlarini chuqur idrok eta olishi lozim.
Foydaning, asosan, ikki turi bor: me’yoriy foyda va iqtisodiy
foyda. Me’yoriy foyda tabiatan tadbirkorlik faoliyati uchun
olinadigan haq hisoblanadi va xarajatlar tarkibiga kiradi. Chunki
tovarlar eng past narxda, ya’ni xarajatga teng narxda sotilganda
ham tadbirkor me’yoriy foydani oladi. Iqtisodiy yoki sof foyda
deb miqdoran tovar va xizmatlarni sotishdan tushgan pul, ya’ni
daromad bilan xarajatlar o‘rtasidagi farq tushuniladi. Iqtisodiy
foydani tadbirkor va uning sheriklari oladi.
Sof foyda korxona faoliyatining umumlashgan ko‘rsatkichi
hisoblanadi. Demak, korxona olgan sof foydasiga qarab, uning
ishiga baho beriladi.
Foydaning iqtisodiy faoliyat turlariga ko‘ra, ishlab chiqarish,
tijorat turlarini ko‘rsatish mumkin. Savdo-sotiq ishlarida tijorat
foydasi bilan birga omad foydasi ham bor bo‘lib, u, odatda, bozordagi
narxlarning o‘zgarishi tufayli olinadi. Misol uchun, bozordan bir
firma yanvar oyida 10 dona muzlatgichning har bir donasini 1 mil-
lion so‘mdan sotib oldi. May oyiga kelib muzlatgichning narxi
1 mln 500 ming so‘mga ko‘tarildi. Demak, firma 5 mln so‘m foyda
ko‘rdi, chunki muzlatgichning narxi kutilmaganda ortib ketishi omad
foydasini berdi. Lekin omad foydasi doim ham kelavermaydi.
Korxonalar, avvalo, o‘z faoliyatidan daromad topish va foyda olish
uchun harakat qilishi zarur.
Hamma tadbirkorlar ham foydani ko‘paytirishga harakat
qilishadi va ishlab chiqarishni kengaytirib, ko‘proq tovarlar ishlab
chiqaradilar, ko‘rsatilayotgan xizmatlarni ham yanada rivojlantira-
Iqtisodiy (sof) foyda
Pul, tushum
Xarajatlar
=



131
dilar. Natijada, me’yoriy daromad ortib boradi deb o‘ylaydilar.
Lekin bu bilan daromad va foyda har doim ham ortib boraver-
maydi. Chunki iqtisodiyotda shunday qoida borki, foyda miqdori
narxga nisbatan to‘g‘ri mutanosiblikda, xarajatlarga nisbatan tes-
kari mutanosiblikda o‘zgaradi. Bu qoidaga binoan tadbirkor
foydani ko‘paytirish uchun tovarlarni yuqori narxda sotishi kerak.
Buning uchun esa innovatsiyalar asosida yangi bozorbop, xa-
ridorlar talabiga mos tovarlarni ishlab chiqarishi va albatta xara-
jatlarni kamaytirishga erishmog‘i kerak.
Xarajatlarni kamaytirishning asosiy yo‘li — bu mehnat unum-
dorligini o‘stirishdir. Mehnat unumdorligi xarajatlarni kamaytiradi
va foydani oshiradi, shuning uchun u foydani oshirishning asosiy
omili deyiladi.
Iqtisodiyotda moliyaviy natija degan tushuncha mavjud bo‘lib,
u tadbirkorlik faoliyatida qilingan xarajat, qancha foyda keltirga-
nini bildiradi. Shu boisdan iqtisodiyotda foydalilik yoki rentabellik
deb ataladigan ko‘rsatkichlar ham mavjud. Korxonaning rentabel-
ligini aniqlash uchun olingan foyda qilingan xarajatlar bilan taqqosla-
nadi va xarajatlar birligiga qancha foyda to‘g‘ri kelishi ma’lum bo‘ladi.
Òadbirkorlar uchun foydaning mutlaq miqdori eng muhim
ko‘rsatkich hisoblanadi. Foydaning mutlaq miqdori, odatda,
korxonaning rentabellik darajasiga, qo‘yilgan kapital miqdoriga
va uning aylanish tezligiga bog‘liq. Demak, rentabellik qanchalik
yuqori bo‘lsa va qo‘yilgan kapital qanchalik ko‘p bo‘lsa, foydaning
mutlaq miqdori ham shunchalik ko‘p bo‘ladi. Rentabellik tadbirkor
korxonasi kapitalining naqadar samarali ishlatilishini ko‘rsatsa,
foyda miqdori esa uning iqtisodiy salohiyatini ko‘rsatadi.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish