6.7. Xarajatlarning tarkibi, qisqa davrdagi
ishlab chiqarish xarajatlari
Xarajatlar ikki guruhga bo‘linadi, birinchisini ishlab chiqarish
xarajatlari va ikkinchisini muomala xarajatlari deyiladi. Ishlab
chiqarish xarajatlari tovar ishlab chiqarish uchun kerakli bo‘lgan
barcha resurslarni olish uchun ketgan mablag‘lardan iboratdir.
Muomala xarajatlari esa har xil xizmatlardan, ya’ni tovarlarni
sotish, ishchilarni o‘qitish, moliyaviy ishni yuritish, maslahat berish
kabi xizmatlarni ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlardan
iborat bo‘ladi.
Chizmadan ko‘rinib turibdiki, korxonalar o‘z faoliyatini yuritish
uchun har xil xarajatlar qilar ekan. Bu xarajatlarni tashqi va ichki
xarajatlarga bo‘lib ham o‘rganiladi. Òashqi xarajatlarga ish kuchi,
xomashyo, yoqilg‘i, energiya sotib olish, transport, aloqa va boshqa
xizmatlar uchun, shuningdek, soliqlarga to‘langan pul kiradi. Ichki
xarajatlarga korxona binolari, asbob-uskunalar, ijara haqi va bosh-
qalar uchun qilingan sarflarning hammasi kiradi. Bundan tashqari,
korxona ijara haqi, banklardan olgan kreditlari uchun foiz ham
to‘laydi. Korxonaning xarajatlari o‘zining kelib chiqish manbalariga
qarab har xil sarflardan iborat bo‘lib, tarkibiy tuzilishiga ko‘ra,
ular ishlab chiqarishning omillari bilan bog‘liq. Ishlab chiqarish
jarayonida esa doimiy va o‘zgarib turadigan ikki asosiy omil ishtirok
etadi. Doimiy omilga bino, inshootlar, mashina va boshqa asbob-
uskunalar kiradi. O‘zgaruvchan omillarga ishlab chiqarish jarayo-
nida o‘z shaklini o‘zgartirib, o‘z qiymatini birdaniga yangi yaratil-
gan tovarlarga to‘laligicha o‘tkazadigan ish kuchi, xomashyo,
Xarajatlar tarkibi
Tashqi xarajatlar
Ichki xarajatlar
Ish kuchi
Xomashyo
Soliqlar
Yoqilg‘i, energiya
Bank krediti
Transport, aloqa
xizmati
Bino, inshoot
Mashina,
uskuna
Ijara haqi
Me’yoriy
xarajat
Qarz uchun
to‘lanadigan
pul
124
yoqilg‘i, elektr energiya va boshqa har xil materiallar kiradi, natijada
ishlab chiqarish hajmi, mahsulot shakli ham o‘zgarishi mumkin,
shuning uchun u o‘zgaruvchan omil deyiladi. Shundan kelib chiqib,
omillarning har xil bo‘lishiga qarab doimiy va o‘zgaruvchan xarajat-
lar deb aytiladi. Ishlab chiqarishda qatnashib, o‘z miqdorini
o‘zgartirmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi.
Bulardan tashqari, yana shunday xarajatlar ham borki, ularning
miqdori korxonaning faoliyatiga bog‘liq bo‘lmaydi va korxonaning
ishlash-ishlamaganligidan qat’i nazar mavjud bo‘ladi, korxona
ularni qoplashga majbur. Bu xarajatlarga renta to‘lovlari, ko‘chmas
mulk solig‘i, ijara uchun to‘lov, bank krediti foizi, reklama haqi,
garov puli, amortizatsiya ajratmasi, sug‘urta to‘lovi kabilar kiradi.
Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi bilan bevosita bog‘liq
ravishda miqdori o‘zgarib turuvchi xarajatlar o‘zgaruvchan xarajat-
lar deb yuritiladi. Bu xarajatlarga ish haqi, xomashyo, yoqilg‘i,
transport va boshqa har xil materiallar xarajatlari kiradi, shuning
uchun bu xarajatlar ishlab chiqarish hajmi ortsa, o‘zgaruvchan
xarajatlar ham ortadi, qisqarsa, kamayadi. Masalan, tikuvchilik
korxonasi 10 million so‘mlik ko‘ylak ishlab chiqarish uchun 7 mil-
lion so‘m sarf qildi. Shundan 3 million so‘m gazlama, 1 million
so‘m ip va tugma, 1 million so‘m elektr energiyasi uchun sarf
qilindi. Qolgan 2 million so‘m tikuv mashinalari va boshqa uskunalar
amortizatsiyasi, ijara haqi va soliqlardan iborat bo‘ldi. Korxona
ko‘ylak tikib chiqarishni 20 % oshirib, mahsulot hajmini 12 mil-
lion so‘mga yetkazdi. Buning uchun qo‘shimcha ravishda gazlama
uchun 600 ming so‘m, ip va tugma uchun 200 ming so‘m, elektr
energiyasi uchun 200 ming so‘m sarfladi. Ammo bu ish uchun
ijara haqi, mashina-uskunalar xarajati oshirilishi zarur bo‘lmaydi.
Korxonalarning doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarining yig‘in-
disi uning umumiy xarajatlarini tashkil qiladi. Korxonaning umu-
miy xarajatlardagi o‘zgarishlar, birinchi navbatda, o‘zgaruvchi xara-
jatlar bilan bog‘liq kelib chiqadi.
Har bir iqtisodiy faoliyatda xarajatlarning samarasi muhim
ahamiyatga ega. Agar xarajatlarga nisbatan yaratilgan mahsulotlar
tezroq o‘ssa, ish samarali hisoblanadi. Shu sababli, korxona uchun
o‘rtacha xarajatlarning ahamiyati katta. O‘rtacha xarajat deb har
bir mahsulot birligiga sarflangan xarajatga aytiladi. O‘rtacha
xarajatlarni (Wo) topish uchun umumiy xarajatlarni (Wu) mahsulot
miqdori (Q)ga bo‘lamiz
.
Wu
Wo
Q
Misol uchun, tikuvchilik
125
fabrikasi 5 million so‘m sarflab, 1000 ta ko‘ylak tikib chiqardi.
Bunda 1 ta ko‘ylak o‘rtacha 5 ming so‘mga tushdi:
5000000
5 ming so‘m
1000
.
Wo
Demak, 1 ta ko‘ylak tikish xarajati 5 ming so‘mni tashkil etgan
va bu ko‘rsatkich o‘rtacha xarajat hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |