O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

6.8. Me’yoriy xarajatlar
Har bir korxona xarajatlarni minimallashtirish, foydani mak-
simallashtirishga harakat qiladi. Buning uchun korxona hisob-kitob
qilib chiqadi va qanday qilib xarajatlarni kamaytirib, ko‘p miqdorda
mahsulot ishlab chiqarish mumkinligini izlaydi hamda qancha
mahsulot ishlab chiqarilsa, maksimal darajada foyda olish mumkin-
ligini aniqlaydi. Bu me’yoriy xarajatlar yordamida aniqlanadi.
Me’yoriy xarajat deganda qo‘shimcha ravishda mahsulot birligini
ishlab chiqarish uchun ketgan qo‘shimcha xarajatga aytiladi.
Me’yoriy xarajatni (Wm) bilan belgilaymiz va uni aniqlash
uchun xarajatni (

W) deb olib, uni mahsulot o‘sishi (

M)ga
bo‘lamiz, natijada quyidagi formula kelib chiqadi:



W
Wm
M
,
bu yerda, 

W—xarajat o‘sishi; 

M— mahsulot o‘sishi.
Misol keltirsak, korxona 100 dona ko‘ylak ishlab chiqarish
uchun 500000 so‘m xarajat qilgan edi. Bunga qo‘shimcha yana
bitta ko‘ylak, ya’ni 101-ko‘ylak chiqarilganda xarajati 1012 so‘mga
yetdi. Buni quyidagi formulada aniqlaymiz:





1012 1000
12
12 so‘m .
101 100
1
Wm
Demak, qo‘shimcha 1 dona mahsulot uchun korxona 12 so‘m
xarajat qilgan. Shu summa me’yoriy xarajat hisoblanadi. Me’yoriy
xarajatlar korxonada unumdorlik o‘sishiga qarab, dastlab pasayib
boradi, lekin unumdorlikni o‘stirish imkoni ma’lum chegaraga
ega. U o‘z chegarasiga yetgach, xarajatlarning o‘sishi boshlanadi.
Misol uchun, 5 dona ko‘ylak uchun me’yoriy xarajatlar 349—
320=29 ming so‘mni tashkil etsa, 9-mahsulot uchun 73 ming
so‘m (553—480), 10-mahsulot uchun 103 ming so‘m (656—553)
ga yetgan. Ko‘rinib turibdiki, me’yoriy xarajatlar ortib boryapti,


126
o‘z navbatida, bu o‘rtacha xarajatlarning ham ortishiga olib keladi.
Bu yerda korxona tikayotgan ko‘ylak miqdorini nechtaga yetkazganda
maksimal foyda olishni aniqlash kerak bo‘ladi. Korxona iqtisodchi-
lari buni hisoblab chiqib, shunday xulosaga kelishgan. Qo‘shimcha
jalb etilgan omil olib kelgan daromad, uni olish uchun qilingan
xarajatdan oshib ketmasligi kerak ekan.
Yuqoridagi misollardan xulosa qilib aytish mumkinki, har bir
qo‘shimcha omil keltirgan daromad ularning bozor narxiga teng
bo‘lishi, ya’ni qo‘shimcha jalb etilgan ishchilarning keltirgan
daromadi ularga to‘langan ish haqiga, qo‘shimcha jalb etilgan
kapital uni ishlatish evaziga olingan daromadning shu kapital sotib
olish narxiga teng bo‘lishi kerak.
Bunday tenglik holatdan ma’lum qonuniyat kelib chiqadi: ishlab
chiqaruvchi maksimal foyda olish uchun me’yoriy xarajatlar qiladi
va evaziga olingan qo‘shimcha daromad, me’yoriy daromadni tashkil
qiladi va u shu omilning bozor narxiga teng bo‘lishi kerak. Korxona
ko‘proq mahsulot ishlab chiqarish uchun qo‘shimcha omillarni:
yer, mehnat, texnika, asbob-uskuna, xomashyo va boshqalarni jalb
qilib xarajatlarni ko‘paytirish evaziga olgan qo‘shimcha daromadi,
shu omillarni sotib olishga qilgan xarajatiga teng bo‘lishi kerak.
Iqtisodiyot nazariyasi tomonidan aniqlangan bu qoidaga amal
qilish ishlab chiqarishning samarali tashkil etilishini, ishlab chiqa-
rish omillaridan tejab-tergab foydalanish zarurligini asoslaydi.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish