7.3. Ish haqi tizimlari
Iqtisodiy munosabatlar ichida ish haqining shakllari va turlari
alohida bir tizim sifatida o‘rganiladi. Ishlab chiqarishning texnik,
texnologik jihatdan o‘zgarib turishi, o‘z navbatida, ishchilar mehna-
tining mazmunidagi o‘zgarishlar, ularning zamonaviy bilimlarga
ega bo‘lib borishi va turli kasb-hunarlarning kelib chiqishi munosa-
bati bilan ish haqi shakli va tizimlari ham tez o‘zgarib bormoqda.
Shu munosabat bilan ish haqini tashkil etish tizimini ham o‘zgartirib,
takomillashtirib borish talab qilinyapti. Hozirgi vaqtda ish haqi
to‘lashning ikki asosiy shakli: vaqtbay va ishbay shakllari mavjud.
Vaqtbay ish haqi, bu — ishchining malakasi, mehnatning sifati
va ishlagan vaqtiga qarab to‘lanadigan ish haqidir. Ish haqining
bu shaklidan, ko‘pincha, mehnat natijalarini aniq hisoblab
bo‘lmaydigan, balki aniq vazifalar bajarish bilan shug‘ullanadigan
nomoddiy sohalar bo‘lgan maorif, sog‘liqni saqlash, savdo va
boshqa ayrim xizmat ko‘rsatish, davlat tashkilot-idoralarida va
shu kabilarda haq to‘lashda qo‘llaniladi.
Ishbay ish haqi deganda ishchilarga ishlab chiqargan mahsulot
miqdori yoki bajargan ishining hajmiga qarab beriladigan ish haqi
tushuniladi. Ish haqi to‘lashning bunday shaklidan ko‘proq moddiy
ishlab chiqarish sohasida, ayniqsa, ishlab chiqarilgan mahsulotning
hajmi yoki donasining aniq o‘lchami bor bo‘lgan sharoitda qo‘lla-
niladi. Bunda mahsulot birligi uchun ish haqi miqdori, tarif stavka-
sidagi haqni ishlab chiqarish me’yoriga taqsimlash yo‘li bilan aniq-
lanadi. Haq to‘lash shakllarining aniq mehnat sharoitlarini hisobga
oladigan turlari ish haqining tizimini tashkil qiladi. Bunda ishlab
chiqarish me’yori qay darajada bajarilishidan qat’i nazar, ish haqi
yagona mahsulot birligi uchun belgilangan baho bo‘yicha to‘lanadi.
Ishbay ish haqi to‘lash o‘z navbatida ishbay-mukofotli, ishbay-
progressiv tizimlarga bo‘linadi. Ishbay mukofotli ish haqi, odatda,
bir qancha ko‘rsatkichlar uchun mukofot berishni nazarda tutadi.
Haq to‘lashda ishchining belgilab qo‘yilgan me’yori doirasida ishlab
chiqargan mahsulotiga uning birligi uchun belgilangan baho
bo‘yicha ish haqi beriladi, me’yordan yuqorisiga esa oshirilgan
ustama haq to‘lanadi. Ishbay ish haqi tizimida yakka tartibdagi,
jamoa va ijara pudratida qo‘llaniladigan mehnatga haq to‘lashlar
141
ham bor. Bunda tayyor mahsulot uchun uning sifati va ishlab
chiqarish uchun ketgan xarajatlarni hisobga olib haq to‘lanadi.
Jamoa shaklida ish haqi to‘lashni ma’lum bir bo‘linma mehnatining
pirovard natijalariga bog‘liq qilib qo‘yiladi. Bunda har bir xodim
faqat o‘ziga berilgan shaxsiy topshiriqlaridangina emas, balki
bo‘linmaning butun ish hajmi bajarilishidan manfaatdor bo‘ladi.
Ish haqi, eng avvalo, davlat tomonidan o‘rnatilgan tarif tizimi
yordamida tabaqalashtirilgan holda amalga oshiriladi. Òarif tizimi
tarif-malaka ma’lumotnomalari va ish haqiga tenglashtirilgan har xil
koeffitsiyentlarni o‘z ichiga oladi. Òarif tizimi yordamida iqtisodiyot-
ning turli tarmoqlari, mamlakat mintaqalari, ishlab chiqarish turlari,
turli toifadagi xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga qarab ishchi-
xizmatchilarning ish haqi darajasi belgilanib, tartibga solib turiladi.
Òarif-malaka ma’lumotnomalari ayrim kasblar va mehnat
turlarining batafsil ta’rifi, u yoki bu aniq ishni bajaruvchining
bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablardan iborat bo‘ladi.
Òarif tizimida ishni tariflash uchun qo‘yiladigan razryadlar ham
ko‘rsatiladi. Òarif setkasida razryadlardan tashqari tarif koeffi-
tsiyentlari ham ko‘rsatilgan bo‘ladi. Koeffitsiyentlar birinchi
razryaddan boshlanadi va u hamma vaqt birga teng bo‘lib, birinchi
razryadli ishchiga haq to‘lash bilan keyingi razryadli ishchilar meh-
natiga haq to‘lashning o‘zaro nisbatini ko‘rsatadi.
Òarif stavkalari tegishli razryadga ega bo‘lgan ishchining meh-
natiga to‘lanadigan haq miqdorini belgilab beradi. Mehnat sharoiti
og‘ir va zararli bo‘lgan ishlarda ishlovchilar tarif stavkasiga qo‘shim-
cha haqlar belgilanadi. Òarif stavkalariga ustama haqlar razryadlar
bo‘yicha farqlantirilib, ishchining malakaviy mahorati uchun
belgilanadi.
Xalq xo‘jaligi ayrim tarmoqlarida ish haqi va mansab maosh-
larining boshqa tarmoqlarga nisbatan farqlari mavjud bo‘lib, ular
bu tarmoqlarning mamlakat iqtisodi yoki davlat strategik ahamiyati
muhimligi uchun belgilanadi. Bundan maqsad — mamlakat uchun
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yetakchi tarmoqlarga tajribali,
malakali kadrlarni jalb etish, bu tarmoqlarda ishchi va xizmatchilar
tarkibi barqaror bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir.
O‘zbekistonda qabul qilingan tarif tizimi ish haqini tabaqalash-
tirib, turli kasblar va ish turlari uchun ish haqi to‘lashning yagona
razryadlari belgilab berilganligi aholining bozorda narxlar o‘sishi
bilan minimal ish haqi darajasi o‘rtasidagi nisbatni saqlash imkonini
beradi.
142
Do'stlaringiz bilan baham: |