O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi


Ish haqi darajasining tabaqalashuvi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

7.5. Ish haqi darajasining tabaqalashuvi
Mehnat turlari uning mazmun-mohiyati, miqdori va sifati
turlicha, ya’ni jismoniy, ongli, oddiy, murakkab, malakali va
malaka talab etilmaydigan mehnatlar bo‘lgani uchun ularning
natijalari ham bir xil bo‘lmaydi. Shuning uchun ularga to‘lanadigan
ish haqi ham tabaqalashgan bo‘ladi. Masalan, yuqori bilim


143
darajasiga ega bo‘lgan ongli mehnat sohiblariga, kasbiy malaka va
katta ish tajribasiga ega bo‘lgan, yaxshi natijalar beradigan mehnat
uchun katta haq to‘lanadi. Aksincha, oddiy va katta malaka talab
etilmaydigan mehnat uchun past ish haqi to‘lanadi.
Shuning uchun ham davlatimiz tomonidan mamlakatimiz
yoshlarini yuqori darajadagi bilimlarga ega bo‘lgan malakali ishchi-
xodimlar bo‘lib, katta ish haqi olib yashashlariga zamin yaratish
maqsadida kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari tashkil etilib,
ularga shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Masalan, mehnat va
ish haqi to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, mehnat turlari ma’lum
razryadlarga ajratilib, ularga to‘lanadigan ish haqlari koeffitsiyentlari
ham aniq belgilab qo‘yilgan va shu asosda barcha ish beruvchilar
o‘z ishchilariga ish haqini tabaqalashgan holda to‘laydilar. Bu,
o‘z navbatida, mamlakatimizda ish haqi to‘lashda adolat tamoyilla-
riga rioya etilishini ta’minlaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ish haqi darajasi bozorga bog‘liq
ravishda o‘zgarib turishi mumkin, chunki ishchi ishlayotgan
korxona mahsulotlariga bozorda talab katta bo‘lsa, ular yaxshi
sotilsa, ishchilarning ish haqi oshadi yoki aksincha bo‘lsa,
kamayadi. Demak, ish haqi mehnat keltirgan nafga bevosita bog‘liq
bo‘lar ekan. Mehnat yaratgan tovar sifati yaxshi bo‘lib, u tez sotilsa,
mehnatga bo‘lgan talab ham oshadi.
7.6. Ish kuchi (mehnat) bozoridagi raqobat va ish haqi
Oldingi boblarda ishchi kuchi ishlab chiqarishning asosiy omili
ekanligi aytib o‘tilgan. Chunki ishchi bo‘lmasa, u qurol-vositalardan
foydalanib mehnat qilmasa, ishlab chiqarish bo‘lmaydi, moddiy,
ma’naviy ne’matlar yaratilmaydi. Shuning uchun iqtisodiy adabiyot-
larda ishchi kuchi, uning iqtisodiy mohiyati, bozorda u tovar sifatida
sotiladimi yoki uning mehnati sotiladimi kabi masalalar yuzasidan
har xil fikrlar bor. Biz bozorda ishchining mehnat qilish qobiliyati
olish-sotish obyekti bo‘ladi degan fikrlarga qo‘shilamiz. Buning sababi
shundaki, mehnat qilish insonning o‘z ish kuchini foydali bir maqsad
yo‘lida sarflashi, ya’ni biror tovarlar yoki xizmatlar yaratishidir.
Mehnat ishchi kuchining funksiyasi, ish kuchi esa insonning
qobiliyati bo‘lib, uning jismidan ajralgan, alohida bo‘lmaydi.
Demak, mehnat bozorida ish kuchini olish-sotish yuz beradi. Bu
yerda ishchilar o‘z ishchi kuchlarini, ya’ni mehnatini taklif etadilar,
oluvchilar esa ularning mehnatiga o‘z talablarini bildiradilar.
Natijada ular o‘rtasidagi mehnat shartnomasi tuzilib, ishchilar


144
ishga jalb qilinadi va ish kuchini olish-sotish savdosi yuz beradi.
Xuddi tovarlar bozorlarining davlat tomonidan tashkil etilgani
kabi mehnat bozori ham davlat tomonidan tashkil etiladi. Mehnat
bozoridagi savdolarda mehnat birjalari vositachilik qiladilar.
Ishlashni xohlagan ishchi erkin shaxs sifatida, o‘zi xohlagan kasbi,
mehnat malakasi asosida istagan yerda ishlashi mumkin. Mehnat
bozorida ishchi o‘z mehnatini o‘ziga ma’qul bo‘lgan kelishilgan
narxga sotadi, demak, ishga oluvchi ishchining mehnatidan
foydalanish uchun uni sotib oladi.
Mehnat bozorida ishchi bilan ishga oluvchi o‘rtasida kelishilgan
narxi ish haqi sifatida namoyon bo‘ladi. Mehnat bozorida ham
talab va taklif qonuni amal qiladi. Lekin mehnat bozoriga davlat
faol ta’sir ko‘rsatishi sababli uning stixiyali rivojlanishiga,
ishsizlarning ko‘payib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish