87
bir guruh fuqarolar tomonidan amalga oshiriladigan jamoa
tadbirkorligi;
oilaviy tadbirkorlik;
yuridik shaxslar va fuqarolar, o‘z
mulklari va mulkiy
huquqlarini birlashtirish asosida amalga oshiriladigan tadbirkorlik.
Òadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan har qanday kishi bu ishni
tashkil etish, rivojlantirish va nihoyat daromad olish darajasiga
erishgunga qadar, bir qator tayyorgarlik bosqichlarini bosib o‘tadi.
Ular quyidagilar:
Birinchi bosqichda — dastlab uning ongida fikr paydo bo‘ladi
va bu qaysi yo‘nalishda, qaysi sohada amalga oshirilishini o‘ylab,
baholab ko‘riladi, so‘ngra o‘z mulki va boshqa imkoniyatlarini
hamda olinishi mumkin bo‘lgan foydani aniqlab,
chamalab,
hisoblab chiqiladi.
Ikkinchi bosqichda — biznes-reja tuzadi, bozorni o‘rganadi,
marketing rejasini tuzadi; ishlab chiqarish va moliyaviy ta’minot
rejasini tuzadi.
Uchinchi bosqichda — biznes ishtirokchilari bilan shartnomalar,
bo‘lg‘usi xaridorlar bilan shartnomalar tuzadi.
Òo‘rtinchi bosqichda — boshlash uchun zarur resurslar ta’mi-
noti, ya’ni ularni yetkazib beruvchilar aniqlanadi va ular bilan ish
boshlaydi.
Beshinchi bosqichda — korxonani boshqarish, rahbarlik, ya’ni
tashkiliy ishlarni aniqlab ish boshlaydi.
Òadbirkorlik faoliyati faqat daromad topish maqsadida emas,
balki jamiyatning boshqa a’zolari uchun ham zarur va foydali
bo‘lishi, bu faoliyat,
eng avvalo, mamlakatda qabul qilingan
qonunlar bo‘yicha aniq belgilangan, tashkiliy-huquqiy
shakl va
boshqarish tarkibiga muvofiq bo‘lishi ta’minlanishi kerak.
Har bir tadbirkorning asosiy maqsadi yuqori darajada foyda olish
bo‘lgani sababli u o‘zining uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqadi.
Bu strategik vazifa, asosan, ikki maqsadni ko‘zlaydi: birinchi navbatda,
tadbirkor o‘z muhofazasini o‘ylasa, ikkinchidan, albatta, hujumkor,
ya’ni o‘ta faollikka asoslanib ish yuritish strategiyasini ko‘zlaydi.
O‘z muhofazasini ta’minlashga asoslangan strategiya ham ikki
yo‘nalishda olib boriladi: bulardan biri
imitatsion strategiya bo‘lib,
bunda tadbirkor o‘z faoliyatida yangiliklarni qo‘llashdan keladigan
xatarning oldini olish yoki biroz kamaytirish uchun undan
88
raqobatchilari fan-texnika yutuqlaridan foydalanib, erishgan yutug‘iga
qarab, ehtiyotkorlik bilan ish yuritishi tushuniladi. Ikkinchisi,
kutish
pozitsiyasiga asoslangan strategiya deyiladi. Bunda tadbirkor bir necha
turdagi mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashadi.
Shulardan qaysi birida raqobatchilari katta foydaga erishsa yoki zarar
ko‘rishgan bo‘lsa, shunga qarab ish yuritadi.
Ikkinchi
hujumkor, ya’ni o‘ta faollik strategiyasi quyidagi to‘rt
yo‘nalishda olib boriladi:
1.
Oqilonalik (ratsionalizm) strategiyasi —
bunda tadbirkor
ko‘proq yangiliklarni joriy qilishga, yangi texnika va texnologiya-
larni sinab ko‘rish orqali foydalanishga harakat qiladi.
2.
Kvota strategiyasi — bunda firma maksimal foyda olish
maqsadida
ishlab chiqarishni kengaytirib, tovar sotish bo‘yicha
bozorda o‘z hissasini oshirishga harakat qiladi. Buning uchun
tovar narxini tushirib, talabni ko‘paytirishi mumkin.
3.
Innovatsion strategiya — bunda tadbirkor tovar va xizmatlarni
yangilash orqali maqsadga
erishishga harakat qiladi, chunki
mahsulot yangilanganda xarajatlarni pasaytiradi va shu orqali foyda
olish ko‘payadi.
4.
Bozorning bo‘sh turgan segmentini to‘ldirish strategiyasi —
bunda tadbirkor bozorni marketing qilib, ilmiy o‘rganib, uning
asosida ishlab chiqarishni yangilaydi, ayniqsa, boshqalar tomonidan
ishlab chiqarila olmaydigan tovar bilan bozor segmentini to‘ldiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: