O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi


Kichik korxona (biznes)ning tashkiliy-huquqiy shakllari



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

Kichik korxona (biznes)ning tashkiliy-huquqiy shakllari
afzalligi va kamchiliklari
Yakka tadbir-
korlik (biznes)
korxonasining
tashkiliy shakli
Afzalligi
Kamchiligi
Yakka
(individual)
xususiy
korxona
Tez tashkil etish mumkin,
erkin faoliyat yuritadi,
nazorat qilish oson
Tadbirkorda moliyaviy resurs-
lari cheklangan, moliyaviy ja-
vobgarligi, boshqarishning qiyin-
ligi, korxonaning rivojlanishida
barqarorlikning yetishmasligi.


95
Sherikchilik
asosidagi
korxona
Tez tashkil etish mumkin,
boshqarish nisbatan oson,
chunki ixtisoslashuv bor,
moliyaviy imkoniyati ko‘p-
roq (pul mablag‘lari bir-
lashtirilgan). Davlatning
ta’sir ko‘rsatishi cheklangan
Boshqarishda va foydani bo‘-
lishda manfaatdor ajralishi kelib
chiqish ehtimoli bor, faoliyat
yuritishda kelishmovchiliklar
kelib chiqishi mavjud, sheriklar-
dan birontasining ketishi bilan
firmaning tugatilishi yoki sinishi
mumkinligi, moliyaviy resurslar
cheklanganligi, to‘la moliyaviy
javobgarligi bor.
Korporatsiya
shaklidagi
korxona
Kapital, moliyaviy mablag‘-
lar jalb qilishda keng im-
koniyatlar mavjudligi,
mas’uliyatning cheklan-
ganligi (aksiya egalarining
javobgarligi aksiya sum-
masi doirasida cheklan-
gan), kapitallar birlashuvi
imkoniyati, yuridik shaxs
sifatida barqarorligi, max-
sus boshqaruvchilarni yol-
lash imkoniyati mavjudligi
Tashkil etishda tashkiliy-mo-
liyaviy murakkablik tashkil
etish va boshqarish xarajatlari-
ning ko‘pligi, ikki tomonlama
soliqqa tortish subyekti ekan-
ligi: korporativ daromad va
dividenddan soliq to‘lash, mulk
va nazoratning ajralishi, rahbar
hamda ijro etuvchi muammosi-
ning mavjudligi.
Yuqorida keltirilganlardan ko‘rinadiki, bu shaklda xo‘jalik
yuritishning asosiy kamchiligi mulkiy mas’uliyat, ya’ni mulk
egasining javobgarligi katta, korxona faoliyatiga o‘zi to‘la javob
beradi. Korxona sinsa, uning qarzlarini o‘zi to‘laydi, natijada u
mablag‘ topa olmay qolishi mumkin. Ikkinchidan, xo‘jalik yuritish
uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘larining kamligi, cheklanganligi
tufayli korxonani barqaror rivojlantira olmaydi. Sherikchilik xo‘ja-
liklarining yuqoridagi xususiy xo‘jalik shakllaridan afzalligi
shundaki, bir necha mulk egalarining qo‘shilishi natijasida mablag‘-
larni ko‘paytirish mumkin. Bozorga tez moslasha oladi, lekin ishlab
chiqarishni kengaytirish uchun mablag‘ yetishmaydi.
Korporativ mulkka asoslangan aksiyadorlik jamiyatlari shaklidagi
korxonalarda bunday kamchiliklar bo‘lmaydi. Bu yerda aksiyadorlar
mulkidan umumiy maqsadda foydalaniladi va bu yagona boshqaruv
orqali amalga oshiriladi. Har bir aksiyador (paychi) o‘z mulkini
boshqarishda qatnashadi. Korxona xo‘jalik faoliyatining topgan
daromadiga qarab, har bir mulk egasi o‘zi qo‘shgan hissasiga ko‘ra
o‘z ulushini oladi. Agar korxona bankrot bo‘lsa, u o‘z aksiyasi
miqdorida mulkini yo‘qotadi. Aksiya egasi xohlagan paytda o‘z
aksiyasini sotib, mulk egalari safidan chiqadi yoki aksincha, sotib


96
olib mulk egasi bo‘ladi. Bunday afzalliklar xususiy va umumiy
o‘zlashtirishning asosiy tamoyillarini bir butun qilib biriktiradi.
Korporativ korxonalarning kamchiliklari ham mavjud. Ular
katta miqdorda pul sarflab, biron mahsulot ishlab chiqarishga
ixtisoslashgach, bu mahsulotga talab kamaysa, yangi mahsulot
ishlab chiqarishga tezda moslashishi qiyin bo‘ladi va bu ma’lum
vaqt hamda mablag‘ talab qiladi.
Korporativ shaklidagi biznesda suiiste’mol qilish imkoniyatlari
ham mavjud bo‘lib, bu holat, ko‘pincha, ular hech qanday qiymatga
ega bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlarni, ya’ni aksiyalarni sotishi va
sotib olishlari orqali sodir bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, ayrim
aksiya egalari korxona faoliyatiga ta’sir ko‘rsata olmaydilar. Ayrim
aksiyadorlar o‘zlarining ovoz berish huquqidan foydalanishmaydi.
Yuqorida biz turli mulk va xo‘jalik yuritish shakllariga ega
bo‘lgan korxonalarni taqqoslab ko‘rar ekanmiz, hech qaysi shaklini
har taraflama afzal deya olmaymiz. Ularning birida mavjud bo‘lgan
afzallik ikkinchisida yo‘q ekanligini ko‘rdik. Biridagi kamchilik
ikkinchisida uchramaydi. Demak, biznesning har bir shakli o‘z
afzalliklari va kamchiliklariga ega. Shuning uchun milliy iqtisodiyot-
da tadbirkorlikning har bir shaklining o‘z o‘rni, ahamiyati borki,
undan kelib chiqib davlat har bir mulk va xo‘jalik shaklining
rivojlanishi uchun sharoit yaratishi muhim ahamiyatga egadir.
Òadbirkorlik yoki biznes qanday mulkchilikka asoslangan holda
tashkil etilganidan qat’i nazar, unda, eng avvalo, xodimlarining
korporativ guruhiy manfaatlari ustuvor ahamiyatga ega bo‘ladi.
Bu jamoa a’zolarini birlashtiruvchi manfaati bo‘lib, faqat korxona
doirasidagina, korxona normal ishlaganda yuzaga chiqadi. Korxona
jamoasi, asosan, uch toifa kishilardan tashkil topadi: korxona ega-
lari, korxonani boshqaruvchilar, ya’ni ma’muriyati, ularni hozirgi
vaqtda menejerlar deb ham yuritadilar, yollanib ishlovchilar. Ular
hissadorlik jamiyatlarida turlicha mulkiy mavqega ega bo‘ladi.
Korxona egalari mulkdorlar, korxonadagi moddiy resurslar,
yaratilgan tovarlar va pul mablag‘larining katta qismi ularga tegishli
bo‘lishi mumkin. Shuning uchun korxona maqomiga qarab,
mulkdorlar tarkibi turlicha bo‘ladi.
Korxona egasi tadbirkorlar, so‘ngra ularning sheriklari, bosh-
qaruvchi menejerlar, oddiy ishchi-xizmatchilar deb yuritiladi. Ular
korxonaga o‘z mablag‘larini qo‘shgan hamda o‘z mehnatlari bilan
ham qatnashadilar. Bu hol ularga korxona, olgan foydani ulushiga
va qilgan mehnatlariga qarab taqsimlanishi zarurligini ifodalaydi.


97
Bu, o‘z navbatida, har bir korxona jamoasi a’zolarida mulkdorlik
hissini uyg‘otadi va bu «korxona — meniki» deyishga asos bo‘lib
xizmat qiladi. Bu iqtisodiy omil, o‘z navbatida, mehnat intizomini
saqlash, samarali mehnat qilish, firma obro‘sini doimo ko‘tarishga
harakat qilishga undaydi. Chunki har bir firma xodimi uning erish-
gan yutug‘idan olayotgan foydasidan bevosita manfaatdor bo‘ladi.
Shuning uchun firmani korporativ manfaatni yuzaga chiqaruvchi
muhim omil deb hisoblashadi.
Firma ichki tuzilishiga ko‘ra, turli bo‘linmalardan iborat bo‘lib,
ular o‘rtasidagi aloqa bir-biriga mos va, eng avvalo, korxona
faoliyatining bozordagi vaziyatga mos kelishi hisobga olingan holda
tashkil etilgan bo‘ladi. Firma faoliyatini bozor talabiga moslashtirib
boshqarishni menejerlar amalga oshiradilar. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida menejment o‘ta murakkab va mas’uliyatli ish bo‘lgani
uchun, bu kasb juda ko‘p yoshlarni o‘ziga jalb etmoqda. Shuning
uchun ham respublikamizda bu kasb bo‘yicha maxsus bilim
beruvchi oliy va maxsus o‘quv yurtlari, kollejlar tashkil etilishiga
katta ahamiyat berilyapti. Bu kasb egalari menejer deyiladi va ular
korxonalar, firmalar, tashkilotlarni o‘z bilimlari, mahorati va
tajribalariga tayanib boshqaradilar.
Menejment hozirgi vaqtga kelib jahonning taniqli, eng obro‘li
oliy o‘quv yurtlarida va respublikamizda alohida fan sifatida o‘rga-
niladi. Bu fanning asoschisi deb haqli ravishda amerikalik muhandis
va tadqiqotchi F. Òeylor tanilgan. Uning fikricha, korxonani boshqa-
rish, nima qilishni aniq bilish, eng arzon, eng a’lo darajada bajarishni
bilish san’at hisoblanadi. Korxonaning samarali ishlashi yangi
texnika-texnologiya va ish kuchi sifatidan tashqari, uning yaxshi
boshqarilishiga ham bog‘liq ekanligini ko‘rsatib bergan. Iqtisodiyot
ilmida taniqli bo‘lgan olimlardan A. Marshall korxonani boshqarish
faoliyatini ishlab chiqarishning alohida omili deb hisoblaydi.
Ma’lumki, hozirgi vaqtda hatto kichik bir korxona o‘z mahsu-
lotini jahon bozorlariga olib chiqayotganligi munosabati bilan iqtisodiy
aloqalar murakkablashib bormoqda. Bu hol esa menejerlik kasbiga,
ularning boshqarish xizmatiga bo‘lgan talabni oshirib borayotir.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish