О‘zbekistonning Yevropa mamlakatlari bilan hamkorligi.
О‘zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan о‘zaro manfaatli aloqalarni yо‘lga qо‘yish va tobora chuqurlashtirish alohida о‘rin tutadi. 1996 yil 21-iyunda Florensiya shahrida imzolangan О‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi о‘rtasidagi “Sheriklik va hamkorlik tо‘g‘risidagi bitim”, uning 1999 yil 1-iyulda kuchga kirishi mamlakatimizning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan о‘zaro munosabatlarining huquqiy negiziga aylandi.
О‘zbekiston Yevropa Ittifoqi va Yevropa davlatlari bilan har taraflama manfaatli hamkorlikka muhim ahamiyat berib kelmoqda. Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlikning asosiy sohalari savdo-sotiqni rivojlantirish, investitsiya va moliya, zamonaviy texnologiyalar transferi, ilm-fan, texnika, ta’lim, ekologiya, sog‘liqni saqlash, madaniyat va mintaqaviy xavfsizlik kabilar hisoblanadi. О‘zbekiston Yevropaning ilg‘or davlatlari, xususan, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Italiya, Ispaniya, Latviya va boshqa davlatlar bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada yuqori darajaga chiqarishga alohida e’tibor beradi.
Ma’lumki, 2018 yil Prezident Shavkat Mirziyoyevning Yevropa mamlakatlariga qilgan rasmiy tashriflari ham strategik va amaliy jihatdan juda samarali bо‘ldi. О‘zbekiston Prezidenti Yevropaga о‘zining birinchi tashrifini Fransiya davlatidan boshladi. 2018 yil 8-9-oktabr kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Fransiyada bо‘ldi.
Tashrifning birinchi kunida Yelisey saroyida О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning uchrashuvi bо‘lib о‘tdi. Muzokarada О‘zbekiston va Fransiya о‘rtasidagi siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, madaniy-gumanitar almashuvlarni faollashtirish masalalari muhokama qilindi.
8-oktabrda davlatimiz rahbari Parij shahridagi YUNESKO bosh qarorgohida ushbu tashkilot Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashdi. Uchrashuvda О‘zbekiston bilan YUNESKO о‘rtasidagi 2018-2021 yillarga mо‘ljallangan qо‘shma Harakatlar rejasi qabul qilindi. Shu kuni Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Senati Raisi Jerar Larshe bilan ham uchrashdi. Tashrif davomida Fransiyaning eng yirik kompaniyalari rahbarlari bilan ham uchrashuv о‘tkazilib, ikki davlat о‘rtasida avtomobil transportida xalqaro yо‘lovchi va yuk tashish, turizm sohalarida hamkorlik tо‘g‘risida hukumatlararo bitimlar, Fransiya taraqqiyot agentligi bilan 2018-2020 yillarga mо‘ljallangan hamkorlik dasturini amalga oshirish tо‘g‘risida ahdlashuv bitimi imzolandi. Shuningdek, 2019-2020 yillarda tashqi ishlar vazirliklari о‘rtasida hamkorlik dasturi, ikki mamlakat ichki ishlar, madaniyat vazirliklari о‘rtasida hamkorlik bо‘yicha о‘zaro anglashuv memorandum kabi hukumatlararo va idoralararo jami 10 ta hujjat qabul qilindi.
2019 yil 20-22-yanvar kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federativ Respublikasiga tashrif buyurdi. Tashrifning asosiy tadbirlari 21-yanvarda amalga oshirilib, davlatimiz rahbari Berlinda Federal Prezident Frank-Valter Shtaynmayer, Federal kansler Angela Merkel va Bundestag Raisi Volfgang Shoyble bilan uchrashuvlar о‘tkazadi.
Tashrif doirasida iqtisodiyot, savdo, moliya, ta’lim, ilm-fan va innovatsiya sohalariga oid hukumatlararo va idoralararo 9 ta hujjat imzolandi.
Fransiya va Germaniya kabi nafaqat Yevropa Ittifoqi, balki jahonning yetakchi davlatlari О‘zbekistonning ishonchli va istiqbolli sheriklaridan bо‘lib, tashriflar о‘zaro hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda.
Asosiy xorijiy sheriklarimiz hisoblangan Rossiya, Xitoy, Amerika Qо‘shma Shtatlari, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston, Pokiston, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa davlatlar bilan kо‘p qirrali va о‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |