О‘zbekistonning Osiyo mamlakatlari bilan о‘zaro manfaatli aloqalari.
О‘zbekiston Respublikasi birinchi navbatda Yaqin va О‘rta Sharq hamda arab mamlakatlari bilan davlatlararo munosabatlar о‘rnatish va rivojlantirishga kirishdi. Negaki, О‘zbekistonning ruhi, dini, urf-odatlari va an’analari Osiyodagi mamlakatlarga yaqindir.
О‘zbekiston tashqi siyosati va diplomatiyasida Yaqin va О‘rta Sharq mamlakatlari Turkiya, Pokiston, Eron, Misr, Hindiston kabi davlatlar bilan hamkorlik aloqalari alohida о‘ringa egadir.
О‘zbekiston Turkiya davlati bilan dо‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan siyosatni izchil davom ettirmoqda. 1992 yil 4-martda davlatlarimiz о‘rtasida diplomatik aloqalar о‘rnatildi. Shu yilning о‘zida 28-aprel kuni О‘zbekistonda Turkiya elchixonasi, Turkiyada esa О‘zbekiston elchixonasi ochildi. Hozirda mamlakatimiz Turkiya bilan har taraflama manfaatli hamkorlikni, jumladan, savdo-sotiq, investitsiya va turizm kabi sohalarda rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. Turkiya О‘zbekistonning muhim savdo sheriklaridan hisoblanib, Rossiya, Xitoy va Qozog‘istondan keyin tо‘rtinchi о‘rinda turadi.
2017 yil 25-26-oktabr kunlari О‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Turkiyada bо‘ldi. Oliy darajadagi muzokaralar chog‘ida О‘zbekiston va Turkiya о‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirish, global hamda mintaqaviy tahdid va xatarlarga qarshi birgalikda kurashish masalalari muhokama qilinadi, xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashiladi.
Tashrif yakunlari bо‘yicha davlat rahbarlarining Qо‘shma bayonoti qabul qilindi. О‘zbekiston va Turkiya о‘rtasidagi hamkorlikning turli sohalariga doir 20 dan ziyod hujjat imzolandi. Shuningdek, savdo, sanoat, bank-moliya, investitsiya, turizm, yuk tashish, sog‘liqni saqlash, kadrlar tayyorlash, mudofaa va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga doir qator hujjatlar qabul qilindi.
2018 yil 29-aprel-1-may kunlari Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdо‘g‘on davlat tashrifi bilan О‘zbekistonga keldi. Kо‘ksaroyda о‘tgan samarali muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlar imzolandi. Jumladan, ikki davlat Prezidentlari О‘zbekiston bilan Turkiya о‘rtasidagi strategik hamkorlikni yangi bosqichga kо‘tarishga qaratilgan Qо‘shma bayonotni imzoladilar. Ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari о‘rtasida iqtisodiyot, savdo-sotiq, transport-logistika, sanoat, energetika, ilm-fan, ta’lim, turizm va boshqa sohalarga doir 24 ta hujjat imzolandi. Tashrif doirasida yaqin yillarda tovar ayirboshlash hajmini 5 milliard dollarga yetkazish bо‘yicha aniq tadbirlar yuzasidan kelishib olindi. Bundan tashqari, Toshkentda bо‘lib о‘tayotgan О‘zbekiston - Turkiya biznes-forumida 50 dan ortiq yangi investitsiyaviy loyihalar bо‘yicha umumiy qiymati 3 milliard dollarga teng bitimlar imzolandi.
О‘zbekiston Misr, Hindiston va Pokiston bilan savdo-sotiq, transport-kommunikatsiya, turizm kabi sohalarda har taraflama va о‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishni qо‘llab-quvvatlab kelmoqda. 2018 yilda ushbu davlat rahbarlarining О‘zbekistonga qilgan davlat tashriflari mamlakatlarimiz о‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim bо‘lganligini e’tirof etish lozim.
2018 yil 4-5-sentabr kunlari Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh Said Husayn Halil as-Sisiy О‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi. Tashrifning asosiy voqealari 5-sentabr kuni bо‘lib о‘tdi. Muzokaralar yakunida ikki davlat rahbarlarining Qо‘shma bayonoti qabul qilindi. Mamlakatlarimiz hukumatlari va vazirliklari о‘rtasida yoshlar, sport, investitsiya, qishloq xо‘jaligi sohalarida hamkorlik tо‘g‘risida Anglashuv memorandumlari, ta’lim, turizm, arxeologiya, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga doir bitimlar, ikki mamlakat Tashqi ishlar vazirliklari о‘rtasida 2019-2020 yillarga mо‘ljallangan hamkorlik dasturi va Adliya vazirliklari о‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Shuningdek, hukumatlar о‘rtasida daromad va mol-mulk soliqlari bо‘yicha ikkiyoqlama soliqqa tortishni bartaraf etish hamda soliqlarni tо‘lashdan bosh tortish va bо‘yin tovlashning oldini olish tо‘g‘risida bitim singari jami 12 ta hujjat imzolandi.
2018 yilning 30-sentabr - 1 oktabr kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Hindistonda bо‘ldi. Davlat tashrifi doirasidagi asosiy tadbirlar 1-oktabr Nyu-Dehli shahrida bо‘lib, Prezidentimiz Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Nath Kovind, Bosh vaziri Narendra Modi va Hindistonning boshqa rahbarlari bilan uchrashuv va muzokaralar о‘tkazdi. Muzokaralar yakunida О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining Qо‘shma bayonoti qabul qilindi. Tashrif doirasida ilmiy-texnik hamkorlik, qishloq xо‘jaligi, turizm, harbiy ta’lim, adliya, sog‘liqni saqlash va tibbiyot fani, farmatsevtika, kosmosni tinch maqsadlarda tadqiq etish va boshqa sohalarga doir 20 ta hujjat imzolandi. Shuningdek, Andijon viloyati va Gujarat shtati, Samarqand shahri va Agra shaharlari о‘rtasida hamkorlikni yо‘lga qо‘yish, erkin farmatsevtika zonasini tashkil etish tо‘g‘risida bitimlar imzolandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |