Birinchidan: ushbu mintaqada yashovchi xalqlarning tinchligi, barqarorligi va xavfsizligiga tashqi va ichki tahdidlarning oldini olish va ularni zararsizlantirish bо‘yicha Markaziy Osiyo mamlakatlarining say-harakatlari, salohiyati va imkoniyatlarini о‘zaro tushunish, muvofiqlashtirish va birlashtirishni kuchaytirish.
Ikkinchidan: Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisodiy hamkorlik kо‘lamini har tomonlama kengaytirish.
Uchinchidan: bosqichli, tizimli, yagona davlat siyosatiga asoslangan, armiya, chegara va ichki qо‘shinlarni isloh qilish.
Tо‘rtinchidan: davlat chegarasini yanada mustahkamlash va tartibga solish.
Beshinchidan: xavfsizlikni bо‘linmaslik prinsipiga asoslanib, О‘zbekistonning terrorizmga qarshi xalqaro kurash markazini yaratish tashabbusini amalga oshirish.
“Tashqi siyosatimizning ustuvor yо‘nalishi bо‘lgan Markaziy Osiyo davlatlari bilan kо‘p asrlik dо‘stlik va yaxshi qо‘shnichilik, strategik sheriklik va о‘zaro ishonch ruhidagi aloqalarimizni yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratamiz.”
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyening Oliy Majlisga Murojaatnomasidan (2020 y., 29-dekabr).
Xulosa qilib aytganda, О‘zbekiston mintaqaviy va xalqaro tashkilotlarning teng huquqli a’zosi sifatida Markaziy Osiyoda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni mustahkamlash ishiga katta hissa qо‘shib kelmoqda.
3.О‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalari.
О‘zbekistonning Qozog‘iston bilan hamkorligi. О‘zbekistonning Qozog‘iston bilan ikki tomonlama munosabatlari 1992 yil 24-iyunda Turkiston shahrida imzolangan О‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi о‘rtasida dо‘stlik va hamkorlik tо‘g‘risidagi shartnoma asosida mustahkamlanib bormoqda.
2017 yil 22-23-mart kunlari О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasiga davlat tashrifini amalga oshirdi.
Prezidentlarning tor doiradagi uchrashuvida О‘zbekiston va Qozog‘iston о‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi. 23-martda ikki davlat rahbari О‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi о‘rtasida strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va ahil qо‘shnichilikni mustahkamlash tо‘g‘risidagi qо‘shma deklaratsiyani imzoladilar.
Ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokarasi yakunida davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo 13 hujjat imzolandi. Parlamentarizm, soliq, transport, mudofaa, savdo-sanoat va boshqa sohalardagi hamkorlikka oid hujjatlar ham imzolandi. О‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi о‘rtasida 2017- 2019 yillarga mо‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik strategiyasi hamda О‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi о‘rtasida hududlararo hamkorlik tо‘g‘risidagi bitim alohida ahamiyatga ega bо‘ldi.
Tashrif doirasida Ostona shahrida О‘zbekiston Milliy sanoat kо‘rgazmasi va ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes-forum bо‘lib о‘tdi. Biznes-forumda О‘zbekiston va Qozog‘istonning 500 dan ortiq ishbilarmonlari ishtirok etdi. Ularning yakunlari bо‘yicha umumiy qiymati qariyb 1 milliard dollar bо‘lgan savdo shartnomalari va investitsiyaviy bitimlar imzolandi.
О‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga qilgan ushbu davlat tashrifi yakunlari mamlakatlarimiz о‘rtasidagi munosabatlarda yangi sahifa ochdi, uning yangi ufqlarini belgilab berdi, ikki qardosh xalqqa ulkan xursandchilik bag‘ishladi.
2017 yilda mamlakatimizda Qozog‘iston kapitali ishtirokida tuzilgan qariyb 230, Qozog‘istonda О‘zbekiston ishbilarmonlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan 130 dan ortiq korxona faoliyat yuritdi. Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev tomonidan 2018 yil Qozog‘istonda «О‘zbekiston yili» deb e’lon qilindi. 2018 yil 15-mart kuni Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahat uchrashuvi о‘tkazildi.
2018 yil 6-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan Ostonaga tashrif buyurdi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev hamrohligida «Ostona» xalqaro moliya markazini borib kо‘rdi. Ostona shahrining 20 yillik tadbirlari yana bir samimiy muloqot maydoni bо‘ldi. Yubileyda Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeyenbekov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon ham qatnashdi.
Qisqa vaqtda ikki davlatning о‘zaro savdo hajmi yuqori sur’atlarda о‘sib bormoqda. Masalan, 2017 yilda 2 milliard dollarni tashkil etgan bо‘lsa, 2018 yilning 11 oyi mobaynida о‘zaro savdo hajmi 38 foizga oshib, 2,6 milliard AQSH dollaridan kо‘proqni tashkil etgani bundan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |