О‘zbekistonning Turkmaniston bilan hamkorligi.
1991 yilda О‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari uchrashuvida О‘zbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston Respublikasi о‘rtasida dо‘stlik va hamkorlik tо‘g‘risida shartnoma imzolangan edi. Bu shartnoma ikki davlat о‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy aloqalarga negiz bо‘lib xizmat qilmoqda.
2017 yil mamlakatlarimiz hamkorligi rivojida tarixiy yil bо‘ldi. О‘zbekiston Prezidenti Turkmanistonga uch marotaba tashrif bilan bordi. Jumladan, 2017 yil 6-7-mart kunlari Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida ilk xorijiy tashrifi Turkmanistonga bо‘ldi. Mazkur tarixiy tashrif О‘zbekiston tashqi siyosatida yaxshi qо‘shnichilik munosabatlariga alohida ahamiyat qaratayotganining yorqin dalili, davlatimiz rahbarining qо‘shni mamlakatlar bilan dо‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga intilishining ifodasi sifatida e’tirof etildi.
2017 yil 6-mart kuni О‘g‘uzxon saroyida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedovning yakkama-yakka muzokarasi bо‘ldi. Muzokarada hamkorlikning yangi yо‘nalishlarini ishga solish, savdo-iqtisodiy aloqalar qamrovini kengaytirish, hududlarning tо‘g‘ridan tо‘g‘ri hamkorligini rivojlantirishga kelishib olindi. Transchegaraviy daryolardan oqilona foydalanish, chо‘llanishga qarshi kurashish, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muzokaralar yakunida О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Qо‘shma bayonotni, О‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston о‘rtasida strategik sheriklik tо‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar. Tegishli vazirlik va idoralar о‘rtasida 2018-2020 yillarda iqtisodiy hamkorlik tо‘g‘risidagi shartnoma, temiryо‘l transporti sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid memorandum, 2017-2019 yillarga mо‘ljallangan madaniy-gumanitar hamkorlik dasturi, 2017-2018 yillarda tashqi ishlar vazirliklari о‘rtasidagi hamkorlik dasturi, О‘zbekistondan Turkmanistonga qishloq xо‘jaligi texnikalari va kimyo mahsulotlari yetkazib berish tо‘g‘risidagi shartnomalar imzolandi. Xorazm viloyati bilan Dashovuz viloyati, Buxoro viloyati bilan Lebap viloyati hokimliklari о‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik tо‘g‘risida bitimlar imzolandi.
2017 yil 19-20-may kunlari Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga ikkinchi amaliy tashrifi amalga oshirildi. Turkmanboshi shahrida bо‘lgan uchrashuv va muzokaralar yakunida ikki mamlakat vazirlik va idoralari о‘rtasida neft-gaz, energetika, fan-ta’lim, ekologiya, transport-logistika, turizm va sport sohalaridagi aloqalarni izchil rivojlantirishga doir qator hujjatlar imzolandi.
2018 yil 23-aprel kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bо‘ldi. Tashrifning asosiy tadbirlari Kо‘ksaroy qarorgohida bо‘lib о‘tdi. Rasmiy kutib olish marosimidan sо‘ng davlat rahbarlari tor doirada uchrashuv о‘tkazdilar. Davlat rahbarlari 2020 yilga borib tovar ayirboshlash hajmini 500 million dollargacha yetkazish uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishga kelishib oldi.
Kо‘ksaroydagi muzokaralar yakunida ikki davlat rahbarlari Qо‘shma bayonotni imzoladi. Hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, savdo uylari ochish, ishbilarmonlar kengashi tashkil etish bо‘yicha, shuningdek, transport, tranzit, qishloq xо‘jaligi, fan-texnika, kasaba uyushmalari, sport va boshqa sohalarga doir 17 ta hujjat imzolandi. Bundan tashqari, tashrif doirasida oliy о‘quv yurtlari о‘rtasida va axborot-kommunikatsiya sohalarida 15 ta hujjat qabul qilindi.
2018 yil 24-avgust kuni Turkmanboshi shahrida Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov uchrashuv о‘tkazdi. Unda mamlakatlarimiz о‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Shu kuni Shavkat Mirziyoyev Turkmanboshi shahrida «Avaza» sayyohlik zonasida Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etdi. Majlisda Orol muammosi, hududdagi ekologik holatni yaxshilash bо‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama etildi.
Xulosa qilib aytganda, «О‘zbekiston tashqi siyosatida Markaziy Osiyo – bosh ustuvor yо‘nalish» tamoyilini amalda tatbiq etishga kirishdi. Natijada esa mintaqamizda mutlaqo yangi siyosiy muhit yaratildi, о‘zaro ishonch va yaxshi qо‘shnichilik asosidagi aloqalar tobora mustahkamlanib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |