O'quv ishlari bo’yicha prorektor


REJA: О‘zbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi imijini kо‘tarish bо‘yicha davlat siyosatining ustuvor vazifalari



Download 0,7 Mb.
bet101/115
Sana08.04.2022
Hajmi0,7 Mb.
#536212
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   115
Bog'liq
O\'quv ishlari bo’yicha prorektor

REJA:

  1. О‘zbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi imijini kо‘tarish bо‘yicha davlat siyosatining ustuvor vazifalari.

  2. О‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslarda sohalar bо‘yicha kо‘rsatkichlari.

  3. О‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi о‘rnini kо‘tarish bо‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar.




  1. О‘zbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi imijini kо‘tarish bо‘yicha davlat siyosatining ustuvor vazifalari.

О‘zbekiston xalqaro maydonda о‘z nufuzini yuksaltirish yо‘lidan bormoqda. Mamlakatimiz izchillik bilan islohotlarni amalga oshirar ekan, milliy reytingimizni belgilayotgan agentliklar ularni munosib baholamoqda.
Avvalo, reyting nima uchun kerak, degan tabiiy savol tug‘iladi. Reyting turlicha bо‘lishi mumkin, biznes reytingi, investitsiyaviy jozibadorlik reytingi va boshqalar. Har qanday davlat reytinglarda ishtirok etsa va u yuqori о‘rinda bо‘lsa, bu ushbu davlatning ochiqligi, shaffofligi hamda iqtisodiy salohiyatini namoyon etadi. Shundan kelib chiqib aytish kerakki, iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash uchun keng kо‘lamli islohotlar olib borayotgan va rivojlanish pallasida bо‘lgan davlatlar, albatta, reytinglarda munosib о‘rinlarni egallashga intilishi tabiiy. Negaki, bugungi zamonaviy dunyoda hamkorlik о‘rnatish istagida bо‘lgan davlatlar va tashkilotlar umume’tirof etilgan reytinglarga, albatta, e’tibor qaratadi.
Bugun О‘zbekiston ochiqlik siyosatini olib borishi natijasida xalqaro maydonda о‘z obrо‘-e’tiborini mustahkamlab bormoqda. Bu, avvalo, qо‘shni davlatlar va nufuzli tashkilotlar bilan hamkorlik faoliyati, shuningdek, davlat organlarining xalq manfaatlarini tо‘la ifoda etishiga qaratilayotgan e’tiborning samarasidir.
Sо‘nggi qisqa vaqt mobaynida mamlakatimizda amalga oshirilgan inson huquqlarini ta’minlash, sо‘z erkinligi, biznes yuritishda yengillik va imtiyozlar berish, korrupsiyani batamom tugatish borasidagi islohotlar jahon hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etildi. Natijada О‘zbekiston xalqaro reytinglarda yuqori о‘rinlarga kо‘tarilib, о‘z ijobiy imijini yaxshilab bormoqda. Dunyo mamlakatlari, xalqaro tashkilotlar va investorlar mamlakatimizga istiqbolli hamkor sifatida munosabat bildirmoqda. Oddiy aytganda, О‘zbekiston xorijiy arenada ishonchli hamkor qiyofasida namoyon bо‘lyapti. Lekin, ishonch bilan aytish kerakki, mamlakatimiz bundan-da yuqori kо‘rsatkichlarni qayd etishga qodir.
Ma’lumotlarga kо‘ra, davlatlar mavqeini belgilab beradigan 100 dan ortiq xalqaro reyting va indekslar bor. Ming afsuski, ba’zi bir reytinglarda umuman о‘ringa ega emasmiz yoki quyi pog‘onalardan о‘rin olganmiz. Sabab esa bu borada tizim va faoliyat olib boruvchi organ bо‘lmagan. Aslida о‘sha reytingda bizning real holatimiz yuqori о‘rinni egallashga munosib bо‘lishi mumkin.
Mamlakatning xalqaro ijobiy imiji milliy manfaatlarni samarali ilgari surishning asosiy omili va davlat farovonligini yuksaltirish hamda barqaror rivojlanish, milliy iqtisodiyotning jahon miqyosida raqobatbardoshligini oshirish bilan bog‘liq bо‘lgan strategik masalalarini hal etishdagi eng muhim shartlaridan biridir.
Avvalo, Imij sо‘zi inglizcha (image) – siymo, timsol, qiyofa tasvir, obraz, ma’nolarini anglatadi. Imij tushunchasi reyting, obrо‘, mashhurlik, joziba, maftunkorlik, e’tibor, nufuz va boshqa tushunchalar bilan ham hamohang. Xususan, imij xarakteriga kо‘ra korporativ, indvidual, talab etiluvchi, xarizmatik, yopiq va faoliyat jabhasidagi turlari mavjud.
Keyingi yillarda О‘zbekistonning barcha ijtimoiy va iqtisodiy sohalarida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar hamda mamlakatimizning yangi, ochiq tashqi siyosati О‘zbekiston Respublikasining jahon xamjamiyatidagi ijobiy imiji va obrо‘sini mustahkamlashga xizmat qilmoqda desak, mubolag‘a bо‘lmaydi.
О‘zbekiston izchil rivojlanayotgan, demokratik, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalari va tamoyillariga sodiq, tinchlik, insonparvarlik, ma’rifatparvarlik, bag‘rikenglik hamda davlatlar о‘rtasidagi о‘zaro hurmat va hamkorlik g‘oyalarini faol targ‘ib qiluvchi davlat sifatida dunyoda keng e’tirof etilmoqda.
О‘zbekistonga turli mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan e’tibor ortib bormoqda, xorijiy sheriklarning О‘zbekiston Respublikasi bilan barcha sohalarda hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan intilishi kuchaymoqda. Xorijiy samoyadorlar, ishbilarmonlar va turistlar tomonidan О‘zbekistonga bо‘lgan qiziqish sezilarli darajada oshmoqda.
Xalqaro maydonda О‘zbekistonning ijobiy imijini samarali mustahkamlash va bu jarayonning barqarorligini ta’minlash uchun qator chora va tadbirlar kо‘rilmoqda.
Xususan, davlat va jamoatchilik darajasida О‘zbekistonning xalqaro imijini shakllantirish va targ‘ib qilishning yaxlit tizimini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu sohada eng dolzarb vizifalardan biri - mamlakatning betakror imij xususiyatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish bо‘lib, bular qatoriga boy madaniy, tarixiy, ma’naviy va intellektual meroslar, kо‘p asrlik davlatchilik, mintaqaning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qо‘shgan hissasi e’tirofi, samimiy darajadagi millatlararo va dinlararo bag‘rikenglik, ijtimoiy totuvlik, boy tabiiy resurslar, rivojlangan transport va kommunikatsiya infratuzilmalari, mafkuraviy dunyoqarashlardan qat’iy nazar teng huquqli hamkorlikka tayyorligi kabilardir.
Mamlakatimizning jahon hamjamiyatida ijobiy e’tirof etilishini yanada yaxshilash va О‘zbekistonning salmoqli imij salohiyatidan ustuvor iqtisodiy, ijtimoiy, investitsiyaviy, ilmiy, ma’rifiy, madaniy va boshqa vazifalarni amalga oshirishda samaraliroq darajada foydalanish borasida davlat muassasalari faoliyatini jadallashtirishning ahamiyati ortib bormoqda. Ushbu yо‘nalishdagi faoliyat davlat va jamoatchilik tuzilamalari va institutlarining yaqindan hamkorligi va muvofiqlashtirilishi orqali muntazam ravishda olib borilishi lozim.




  1. Download 0,7 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish