О‘zbekiston va Xitoy aloqalari. О‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy yо‘nalishlaridan biri Xitoy bilan hamkorlik munosabatlarini keng rivojlantirish, strategik sheriklik aloqalarini yuksak darajaga kо‘tarish hisoblanadi.
О‘zbekiston global muammolarni hal etishda muhim rol о‘ynaydigan, yaqin mintaqaviy qо‘shni Xitoy bilan strategik hamkorlikni kuchaytirish tarafdori. Xitoy bilan munosabatlarni rivojlantirish 2012 yil 6-iyundagi Strategik hamkorlikni о‘rnatish tо‘g‘risidagi qо‘shma deklaratsiya va 2013 yil 9-sentabrdagi ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish tо‘g‘risidagi deklaratsiyasiga asoslangan.
2017 yil 11-13-may kunlari Prezident Sh.M.Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifini amalga oshirdi. 12 mayda о‘tkazilgan Xitoy davlat rahbari Si Szinpin bilan davlatimiz rahbari о‘rtasidagi muzokaralarda о‘zaro va kо‘p tomonlama munosabatlarga oid dolzarb masalalar, jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish xususida atroflicha fikr almashildi.
Ikki davlat rahbarlarining kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuvidan sо‘ng muzokaralarning yakuni sifatida Shavkat Mirziyoyev va Si Szinpin О‘zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi о‘rtasidagi Qо‘shma bayonotni imzoladilar. Davlatimiz rahbarining Xitoyga davlat tashrifi davomida 100 dan ortiq hujjat imzolandi. Bu kо‘p yillik savdo-iqtisodiy munosabatlar, О‘zbekiston va Xitoy о‘rtasida barcha sohalardagi aloqalar yangi bosqichga kо‘tarilganidan dalolat beradi.
2017 yil 14-15-may oyida «Bir makon - bir yо‘l» xalqaro forumida ishtirok etish asosida erishilgan qarorlar va kelishuvlarni amalga oshirish ikki mamlakat manfaatlariga mos keladi. О‘zbekiston-Xitoy munosabatlari о‘zaro manfaatli hamkorlikning barcha muhim sohalarini qamrab olgan va izchil rivojlanib bormoqda. 2017 yilda ikki mamlakat о‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 5 milliard dollarni tashkil etdi.
О‘zbekiston bilan Janubiy Koreya hamkorligi. О‘zbekiston Sharqning eng rivojlangan mamlakatlari - Janubiy Koreya va Yaponiya bilan ham hamkorlik qilmoqda. 1992 yilda О‘zbekiston bilan har ikki davlat о‘rtasida diplomatik aloqa о‘rnatilgan. О‘zbekiston ushbu davlatlar bilan investitsiya, savdo-sotiq, yuqori texnologiyalar, madaniy-gumanitar sohalaridagi keng qamrovli hamkorlikni davom ettiradi.
2017 yil 22-25-noyabr kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Mun Chje Inning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasida bо‘ldi. Oliy darajadagi muzokaralarda о‘zaro hamkorlikning keng kо‘lamli masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, moliyaviy-sarmoyaviy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi davlatlararo aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, mintaqaviy va xalqaro muammoiar yuzasidan fikr almashildi.
Davlatimiz rahbari, shuningdek, Milliy Assambleya Spikeri va Koreya Respublikasi Bosh vaziri bilan uchrashib, ikki davlatning yetakchi iqtisodiy va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari ishtirokidagi О‘zbekiston -Janubiy Koreya biznes forumida ishtirok etdi.
Prezidentimizning Koreya Respublikasiga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar bо‘yicha davlat rahbarlarining Strategik sheriklik munosabatlarini har tomonlama chuqurlashtirish tо‘g‘risida Qо‘shma bayonoti, О‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Koreya Respublikasi Inson resurslarini boshqarish vazirligi о‘rtasida Hamkorlik memorandumi, 2018-2020 yillarda Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik jamg‘armasi kreditlari bо‘yicha hukumatlararo hadli kelishuv hamda О‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot fondi bilan Koreya eksport-import banki о‘rtasida moliyaviy hamkorlik tо‘g‘risida kelishuv kabi 60 dan ortiq muhim hujjat imzolandi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, О‘zbekiston Janubiy Sharqiy Osiyodagi mamlakatlar Malayziya, Indoneziya, Singapur, Vetnam va boshqa davlatlar bilan ham diplomatik aloqalarni yо‘lga qо‘ygan. Hozirda ham bu davlatlar bilan о‘zaro iqtisodiy va madaniy hamkorlik aloqalarimiz kengayib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |