О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan, 2020 yil, 29-dekabr
Majlis yakunida MDHga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlarining 1948-yil 10-dekabrdagi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligi munosabati bilan bayonoti, 2019-2023-yillarga mо‘ljallangan jinoyatchilikka qarshi kurashish bо‘yicha qо‘shma chora-tadbirlar davlatlararo dasturi, Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish bо‘yicha hamkorlik tо‘g‘risidagi bitim va boshqa hujjatlar qabul qilindi. Shuningdek, 2021-yilni MDHda arxitektura va shaharsozlik yili deb e’lon qilish haqida qaror qilindi. Jami 16 hujjat imzolandi.
Shuni ta’kidlash lozimki, MDH a’zolari xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, harbiy xarajat va qurollarni qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirishda hamkorlik qilishga kelishib olganlar. Shu bilan birga, tomonlar bir-birining yadrosiz zona va betaraf davlat statusiga erishish uchun olib boriladigan harakatlarini qо‘llab-quvvatlab kelmoqdalar.
О‘zbekistonning Rossiya bilan hamkorligi.Mustaqil О‘zbekistonning bugungi xavfsizligi, barqarorligi, taraqqiyotida Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlik aloqalari muhimdir. Zotan, Rossiya va О‘zbekistonning bugungi manfaatlari har qachongidan ham о‘zaro uyg‘unlik kasb etmoqdaki, bu holat uzoq istiqbolni qamrab olishi tabiiy.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab ikki davlat о‘rtasida diplomatik, iqtisodiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy aloqalar о‘rnatildi. 1992 yil 20-martda О‘zbekiston va Rossiya о‘rtasidagi diplomatik aloqalar о‘rnatildi. Istiqlol yillarida ikki davlat rahbarlari hamda hukumat boshliqlarining dо‘stona, rasmiy va amaliy safarlarini uyushtirish keng yо‘lga qо‘yildi. О‘zbekiston Rossiya bilan 2004 yil 16-iyunda imzolangan Strategik sherikchilik tо‘g‘risida Shartnoma, 2005 yil 14-noyabrdagi Ittifoqchilik munosabatlari tо‘g‘risidagi Shartnoma hamda 2012 yil 4-iyunda imzolangan О‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi о‘rtasida Strategik hamkorlikni chuqurlashtirish tо‘g‘risidagi Deklaratsiya, 2014 yil 10-dekabrda О‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi hukumati о‘rtasida «2015-2019-yillarga mо‘ljallangan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirishning asosiy yо‘nalishlari tо‘g‘risida»gi Bitim asosida dо‘stona munosabatlarni har tomonlama mustahkamlash va tadrijiy rivojlantirish ikki mamlakat manfaatlariga tо‘liq mos keladi hamda mintaqadagi tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 4-5-aprelida Rossiyaga qilgan davlat tashrifini О‘zbekiston-Rossiya hamkorligida yangi ufqlar ochgan tarixiy tashrif sifatida baholash lozim. Yurtboshimiz mazkur uchrashuv davlatlarimiz о‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichini boshlashda muhim qadam bо‘lishini qayd etdi.
Ikki davlat rahbarligidagi rasmiy delegatsiyalari ishtirokidagi muzokaralarda esa savdo-iqtisodiyot, neft-kimyo, transport kommunikatsiyalari, qishloq xо‘jaligi, madaniyat, turizm, mehnat migrantlariga munosib sharoitlar yaratish va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.
2017 yilda berilgan rasmiy ma’lumotlarga kо‘ra, О‘zbekistonda rossiyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda tuzilgan 961 qо‘shma korxona faoliyat yuritmoqda. Mamlakatimizda Rossiyaning 64 firma va kompaniyasi vakolatxonasi ochilgan. Rossiya Federatsiyasi hududida о‘zbekistonlik hamkorlar bilan 569 tadbirkorlik subekti tashkil etilgan bо‘lib, ular samarali faoliyat olib bormoqda. О‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilingan Rossiya investitsiyalari 6 milliard dollardan oshdi.Tashrif chog‘ida umumiy qiymati 16 milliard dollarlik 50 dan ortiq hukumatlararo va idoralararo hujjatlar, jumladan, mintaqalararo hamkorlikni kengaytirish, О‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat qilishga uyushgan holda jalb etish, migratsiya sohasida mutasaddi organlar vakolatxonalarini ta’sis etish, sog‘liqni saqlash, tibbiy ta’lim va fan, turizm sohalarida hamkorlik bо‘yicha kelishuvlar imzolandi. Tarixiy ahamiyat kasb etgan ushbu tashrif О‘zbekiston va Rossiya о‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqdi.
Atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida ham О‘zbekiston va Rossiya о‘rtasida hamkorlik aloqalari muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, 2018 yil 7-sentabrda ikki davlat hukumatlari о‘rtasida “О‘zbekiston Respublikasi hududida atom elektr stansiyasini qurishda hamkorlik tо‘g‘risida” bitim imzolandi. Bu hujjatga kо‘ra Rossiya loyihasi bо‘yicha tarkibida suv energetika reaktori asosida har bir energoblok quvvati 1,2 GVt gacha bо‘lgan 2 ta energoblokli AESni loyihalashtirish va qurish bо‘yicha hamkorlikni kо‘zda tutadi. AES qurilishi tamal toshi 2018 yil 19 oktabr kuni Navoiy viloyatida о‘tkazilishi rejalashtirildi.
2018 yil 19-oktabrda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bо‘ldi. Kо‘ksaroy qarorgohida bо‘lib о‘tgan muzokaralarda О‘zbekiston va Rossiya о‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish, transport-kommunikatsiya, energetika, qishloq xо‘jaligi, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Tashrif asosida jami 20 ta hujjat imzolandi. Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin ramziy tugmani bosib, mamlakatimizdagi birinchi atom elektr stansiyasi qurilishi loyihasining boshlanishiga start berdi. Davlat rahbarlari norasmiy uchrashuv ham о‘tkazdi. Hozirda О‘zbekiston va Rossiya xalqaro maydonda bir-birini qо‘llab-quvvatlab kelmoqda. Ikki mamlakatning tashqi siyosat, tashqi savdo, mudofaa mahkamalari о‘rtasida о‘zaro maslahatlashuvlar izchil amalga oshirilmoqda. Mamlakatlarimiz BMT, ShHT, MDH kabi xalqaro tuzilmalar doirasida ham samarali hamkorlik qilib kelmoqda. mustahkamlashga qaratilgan.