O’quv adabiyoti


-rasm. I va II bo’yin umurtqalarining birlashuvini ust tomondan ko’rinishi



Download 43,86 Mb.
bet57/72
Sana04.06.2022
Hajmi43,86 Mb.
#637183
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   72
Bog'liq
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 1

42-rasm. I va II bo’yin umurtqalarining birlashuvini ust tomondan ko’rinishi.
1-lig.transversum;
2-cavum articulare;
3-dentes axis;
4-tuberculum anterius;
5-for. transversarium;
6- fovea articularis superior;
7-tuberculum posterius.

Umurtqa pog’onasi
Umurtqa pog’onasi (columna vertebralis) barcha umurtqalarning umurtqalararo disklar, bo’g’imlar va boylamlar vositasida ustma-ust birlashishidan hosil bo’ladi. Umurtqa pog’onasi o’q skeletni hosil qilib ko’krak, qorin bo’shliqlari va chanoqning orqa devorini hosil qilish, hamda orqa miyani saqlab turish vazifasini bajaradi. Vertikal holatda umurtqa pog’onasi bo’yin, ko’krak qafasi va qorin bo’shlig’i a’zolari uchun tayanch vazifasini bajaradi. Umurtqa pog’onasiga tushayotgan og’irlik kuchi yuqoridan pastga ko’paygani uchun, uni hosil qiluvchi umurtqalarning o’lchamlari pastga tomon kattalashib boradi.
Katta odam umurtqa pog’onasining uzunligi erkaklarda 60-75 sm, ayollarda 60-65 sm. Eng keng o’lchami (11-12 sm) dumg’aza suyagi asosida. Katta odamning umurtqa pog’onasi to’g’ri bo’lmay fiziologik egriliklar hosil qiladi. Unda ikki xil egrilik: oldinga qarab yo’nalgan egrilik lordoz va orqaga qarab yo’nalgan egrilik kifoz bor. Mo’’tadil holatda bo’yin va bel lordozi, hamda ko’krak va dumg’aza kifozi tafovut qilinadi.
Yangi tug’ilgan bolaning umurtqa pog’onasi to’g’ri bo’lib, o’rtacha uzunligi 22,1 sm yoki tana umumiy uzunligini 40% tashkil qiladi. Emizikli va erta bolalik davrlarida uning o’sishi tezlashib, ikki yoshda o’rtacha uzunligi 47,1 sm ga etadi. Keyingi davrlarda umurtqa pog’onasi o’sishi bir tekis davom etib o’smirlik davri oxirida 59,7 sm ga yetadi.
Yangi tug’ilgan bolada umurtqa pog’onasining egriliklari yaxshi bilinmaydi. Uning bo’yin qismi uzun, ko’krak va bel qismlari qisqa. Bola hayotining 3-oyida bo’yin orqa sohasi mushaklarini ta’siri ostida bo’yin lordozi paydo bo’ladi. Bola o’tiraboshlagan davrda (6-oy) ko’krak kifozi hosil bo’ladi. Birinchi yilning oxirida orqa mushaklari ta’siri ostida bel lordozi hosil bo’ladi. Bolalikning birinchi davrida umurtqa pog’onasini bo’yin qismi nisbati kamayib, ko’krak va bel qismlari uzayadi. Umurtqa kanali kengayadi. Umurtqa pog’onasi egriliklari kuchayadi. Bolalikning birinchi davri oxirida umurtqa pog’onasi qismlari o’rtasida kattalarnikiga o’xshash nisbat hosil bo’ladi. Dumg’aza kifozi paydo bo’ladi. Keyingi davrlarda umurtqa pog’onasi qismlari bir xil o’sib, bel lordozi hosil bo’lishi davom etadi.
Yosh ulg’aygan sari suyaklarning va umurtqalararo disklarning kichrayishi hisobiga umurtqa pog’onasining uzunligi 5 sm gacha kamayadi.
Umurtqa pog’onasining harakati har taraflama bo’lib, bu harakat ayrim umurtqalar o’rtasidagi harakatlarning yig’indisidan iborat. Umurtqa pog’onasi frontal o’q atrofida oldinga bukish va orqaga yozish. Sagital o’q atrofida o’ng va chap tomonga uzoqlashishi va yaqinlashishi asosan bel qismida bo’ladi. Bo’ylama o’q atrofida burama va aylanma harakatlar sodir bo’ladi.



Download 43,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish