O’quv adabiyoti



Download 43,86 Mb.
bet1/72
Sana04.06.2022
Hajmi43,86 Mb.
#637183
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Bog'liq
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 1


TIBBIYOT INSTITUTLARI TALABALARI
UCHUN O’QUV ADABIYOTI


AXMEDOV A.G’.
ODAM ANATOMIYASI
(Pediatriya fakulteti talabalari uchun darslik)

Toshkent 2005


Taqrizchilar: Tibbiyot fanlari doktori,


professor Yu.N. Nishonov

Tibbiyot fanlari doktori


professor Sh.M.Axmedov


So’z boshi

Odam anatomiyasi odam organizmini shaklini, tuzilishini, uning rivojlanish jarayonini o’rganadigan fandir. Anatomiya fani tibbiyotning poydevori bo’lib, birinchi bosqichdan boshlab I, II va III semestrlarda o’qitiladi. Ushbu darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim vazirligi va Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan umumiy shifokorlar tayyorlash o’quv dasturi asosida tuzilgan. Darslik pediatriya fakulteti talabalari uchun mo’ljallangan. Unda kattalar anatomiyasi bilan birga bolalar organizmida ayrim yosh davrlarida bo’ladigan o’zgarishlar haqidagi asosiy ma’lumotlar, hamda a’zolarning rentgenoanatomiyasi haqidagi ma’lumotlar ham kiritilgan. Lotin atamalari 2004 yil 7-8 oktyabrda Samarqand shaxrida o’tkazilgan O’zbekiston Respublikasi morfologlarining III s’ezdida tasdiqlangan O’zbek anatomik nomenklatura atamalariga mos. Kitobda keltirilgan rasmlar mavjud anatomiya darsliklaridan, shuningdek kafedra xodimlarining ilmiy ishlaridan olindi va muallif tomonidan tayyorlandi. O’zbek tilida chiqarilgan odam anatomiyasi atlasi bo’lgani uchun biz rasmlarni ozroq kiritishni lozim topdik. Ushbu darslik lotin alifbosida birinchi marta chiqayotgani uchun kamchiliklardan holi emas, shuning uchun bildirilgan fikr va mulohazalarni minnatdorlik bilan qabul qilamiz.




Kirish


Odam anatomiyasi odam organizmining shakli va tuzilishini uning taraqqiyoti va vazifasiga bog’lab o’rganadigan fandir. Bu fan har bir a’zoni yoshga qarab o’zgarishi, jinsiy tafovuti, shuningdek atrof muhitning a’zolar tuzilishiga ta’sirini o’rganadi Anatomiya so’zi grekcha (anatome-kesaman) so’zidan olingan. Odam tanasining tuzilishida yoshga xos, jinsiy va shaxsiy xususiyatlar ajratiladi. Bolalik va o’smirlik davrlarida organizm to’liq etilmagan bo’lib, to’qima elimentlari takomillashayotgan bo’ladi.


Anatomiya odam organizmini bir butun qilib o’rganadi, chunki organizm ko’p sonli a’zolardan iborat bo’lib, ular nerv va qon tomirlar tizimi bilan bog’langan.
Tibbiyot ta’limida anatomiyani bilish zarur. Moskva universiteti professori E.O.Muxin (1766-1850) «anatomiyani bilmagan shifokor, foydasizgina emas, balki zararlidir» deb yozgan. Odam tanasini tuzilishini bilmagan shifokor bemorga foyda keltirish o’rniga, zarar keltirishi mumkin. Anatomiya fiziologiya bilan birgalikda tibbiy bilimni poydevorini tashkil qiladi.
Odam organizmining alohida a’zolar yoki a’zolar tizimini tuzilishini oddiy ko’z bilan makroskopik anatomiya (macros- grekcha katta) o’rganadi.
Mikroskopik anatomiya (micros-grekcha kichik) a’zolarning nozik tuzilishini, tarkibiy elimentlarini mikroskop yordamida o’rganadi.
Sistematik anatomiya odam organizmini tizimlarga bo’lib (suyak, mushak, ovqat hazm qilish a’zolari va boshqalar) o’rganadi, shuning uchun uni mu’tadil anatomiya ham deb ataladi.
Topografik anatomiya odam gavdasini sohalar bo’yicha, a’zolarning joylashishi, bir-biriga va skeletga munosabatini o’rganadi.
Patologik anatomiya a’zo va to’qimalarning turli kasalliklardagi o’zgarishini o’rganadi.
Yoshga doir anatomiya organizmni tug’ilganidan boshlab, to hayotining oxirigacha bo’lgan davrni o’rganadi.


Anatomiyani o’rganish usullari


1.Kesib preparatlar tayyorlash usuli.
2.In’ektsiya usulida ichi kavak a’zolar va qon tomirlarni ichiga turli xil rangli moddalar yuborib o’rganiladi.
3.Palpatsiya usuli tirik odamda a’zo va to’qimalarni ushlab ko’rib o’rganish.
4.Perkussiya usuli a’zo va to’qimalarni urib ko’rib o’rganish.
5.Auskultatsiya usuli a’zolardan chiqayotgan tovushlarni eshitib o’rganish.
6.Antropometriya tanani qismlarini o’lchab ularning yoshga qarab o’zgarishi o’rganiladi.
7.Rentgenoskopiya va rentgenografiya usullarida rentgen nuri vositasida a’zo va to’qimalarni holatini ko’riladi yoki tasvirga olish bilan o’rganiladi.
8.Korroziya usulida a’zolarni ichini tez qotuvchi moddalar bilan to’ldirilib, to’qimasi kislota ta’sirida eritiladi va a’zolarning shakli o’rganiladi.
Anatomiya fanining qisqacha tarixi
Qadimgi sharq mamlakatlari Assuriya, Xindiston, Misr, Vaviloniya, Xitoyda murdani yorish man etilgan. Uni buzish o’lim jazosi bilan teng edi. Qadimgi yunonistonda anatomiya boshqa fanlar kabi rivojlandi. Yunonistonda Kos va Knidos tibbiyot maktablari ochilib, unda ko’pchilik yunon olimlari taxsil olganlar.

Download 43,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish