O’quv adabiyoti


Kalla suyaklarining birlashuvi



Download 43,86 Mb.
bet53/72
Sana04.06.2022
Hajmi43,86 Mb.
#637183
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   72
Bog'liq
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 1

Kalla suyaklarining birlashuvi

Kalla suyaklari o’zaro uzluksiz birlashmalarning bir turi bo’lgan choklar vositasida birlashadi. Kalla suyaklaridan faqat birgina pastki jag’ suyagi chakka suyagi bilan bo’g’im hosil qilib birlashadi.


Kalla tomi suyaklari o’zaro tishli choklar (sutura serrata) hosil qilib birlashadi. Chakka suyagining palla qismi tepa suyagi bilan tangasimon chok (sutura squomosa) hosil qilsa, yuz suyaklari o’zaro silliq choq (sutura plana) hosil qilib birlashadi. Kalla asosida esa sinxondrozlar ham uchraydi.
Yangi tug’ilgan bolada kalla tomi suyaklari choklar hosil qilmaydi. Bo’lajak choklar o’rnida, suyak chekkalari o’rtasida qon tomirlarga boy va suyak hosil qiluvchi hujayralari bo’lgan 6 mm kenglikdagi biriktiruvchi to’qima qatlami yotadi. Bu qatlamdan keyinchalik choklar paydo bo’ladi. Emizikli davrda suyaklarning chekkalari paydo bo’laboshlaydi. Bo’lajak choklar o’rnidagi biriktiruvchi to’qimali qatlam torayib suyak chekkalari bir-biriga yaqinlashadi. Erta bolalik davrida choklar kattalarnikiga o’xshash ko’rinishga ega bo’la boshlaydi. Keyingi davrlarda choklarning tishlarini soni, kengligi va balandligi oshib borib, balog’at davrida choklarning tuzilishi tugallanadi. Bolalar kalla tomi suyaklari o’rtasida beshta chok bor: I. Bo’ylama chok (sutura sagittalis) peshona chokidan boshlanib, ensa suyagi pallasigacha boradi. 2.Tojsimon chok (sutura coronalis) peshona va tepa suyaklari o’rtasida, bo’ylama chok bilan kesishib o’tadi. 3. Lambdsimon chok (sutura lambdoidea) tepa suyaklari va ensa suyagi pallasi o’rtasida. 4 va 5. tangasimon choklar (sutura squamosa) tepa suyagi va chakka suyagi pallasi o’rtasida.
Yangi tug’ilgan bola kallasi asosi suyaklari o’rtasida tog’ay to’qima bilan to’la. Ponasimon suyak tanasi va katta qanoti, ensa suyagi pallasi, yon qismlari va asosiy qismlari o’rtasida vaqtinchalik sinxondrozlar bor.

Chakka-pastki jag’ bo’g’imi (articulatio temporomandibularis) juft, hamkor bo’g’im. U tuzilishi jihatidan ellipssimon bo’g’im turkumiga kirib, pastki jag’ suyagi boshchasi bilan chakka suyagi pastki jag’ chuqurchasi o’rtasida hosil bo’ladi. Suyaklarning bo’g’im yuzalari fibroz tolali tog’ay bilan qoplangan. Bo’g’im diskining (discus articularis) chekasi bo’g’im xaltasiga birikib ketganligi uchun, bo’g’im bo’shlig’ini ikki qavatga ajratadi. Diskning ikki cheti baland, o’rtasi chuqur bo’lib, suyaklarning bo’g’im yuzalarini bir-biriga moslab turadi. Bo’g’im xaltasi chakka suyagiga old tomondan bo’g’im do’mbog’i, orqa tomondan esa toshsimon-nog’ora tirqishi sohasida yopishadi. Pastki jag’ suyagi bo’g’im o’simtasini old tomondan boshchasining chekkasi bo’ylab biriksa, orqa tomondan boshchaning orqa chekkasidan 0,5 sm pastroqqi birikadi. Bo’g’im xaltasi old tomonda orqaga nisbatan yupqaroq. Bo’g’im xaltasini tashqi tomondan yonoq o’simtasi asosidan boshlanib, bo’g’im o’simtasi bo’ynini orqa lateral yuzasiga birikadigan yelpug’ich shaklidagi lateral boylam (lig. laterale) mustahkamlaydi. Bundan tashqari bo’g’imni mustahkamlashda ponasimon suyak qanotsimon o’simtasidan boshlanib pastki jag’ tilchasiga birikadigan ingichka fibroz tizimcha shaklidagi ponasimon-pastki jag’ boylami (lig. spenomandibulare) va bigizsimon o’simtadan boshlanib pastki jag’ shoxining orqa chekkasini ichki yuzasiga birikadigan bigizsimon-pastki jag’ boylami (lig. stylomandibulare) ham ishtirok etadi. Bo’g’imda harakat uch o’q atrofida sodir bo’ladi: 1.Og’izni ochib yopilishiga mos ravishda pastki jag’ pastga tushadi va ko’tariladi. 2.Pastki jag’ni oldinga va orqaga surilishi. 3.Pastki jag’ni o’ng va chap tomonga harakati.


Yangi tug’ilgan bola chakka-pastki jag’ bo’g’imida bo’g’im do’mbog’i yaxshi bilinmagan, bo’g’im chuqurchasi yuza va yassi.

Download 43,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish