Askorbin kislotasi tarkibidagi yot moddalarni qog‘oz xromatografiyasi usulida aniqlash. Askorbin kislotasi tabiiy meva va o‘simliklar sharbatlarida saqlanadi.
Askorbin kislotasi saqlagan suyuqlikka (yoki o‘simlik sharbatiga) xromatografik qog‘ozga o‘tkazishdan oldin metofosfat kislotasi, sirka kislotasi yoki shavel kislotasi stabilizator sifatida qo‘shiladi.
Zarur (kamera o‘lchamiga mos) xromatografik qog‘oz tasmasi kesib olingach, uni nam kamerada osib namlik bilan to‘yintiriladi.
So‘ng qog‘oz lentalarida start nuqtasi belgilanib, stabilizator qo‘shilgan o‘simlik meva sharbati kapillyar naycha yordamida tomiziladi. Shu chiziqda 2 sm masofada toza askorbin kislotasi eritmasi tomiziladi. Namlik ketgach xromatografik tasma pastdan yuqoriga ko‘tarilishiga moslab, n-butanol: sirka kislotasi:suv (4:1:5)-nisbatdagi aralashmasi bilan to‘yintirilgan kameraga joy-lashtiriladi. Qog‘ozlar kameradan olinib, havoda quritiladi hamda reaktivlar bilan purkaladi.
Qog‘ozni AgNO3ning ammiakli eritmasi bilan purkalsa askorbin kislotasi
Rf = 0,37 ga teng sariq-qo‘ng‘ir dog‘ beradi. Digidro askarbin kislotasi Rf=0,41 ga teng qo‘ng‘ir dog‘ hosil qiladi.
Erituvchi sistemasi sifatida boshqa sistemalar ham taklif etilgan.
Askorbin kislotasi tez oksidlanadi, shuning uchun tahlillarni tez bajarish talab qilinadi.
Mustaqil holda xar bir talaba yuqorida ko‘rsatilgan dori vositalaridan birortasini (o‘qituvchi ko‘rsatmasi bo‘yicha) qog‘oz xromatografik tahlil usuli yordamida sofligi aniqlanadi va xromatogramma natijasi o‘qituvchi tomonidan ko‘rib tasdiqlangach,ish daftariga tahlil natijasini yozib qo‘yiladi.
TALABALAR BILIMINI TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR Xromatografik jarayon uchun qo‘llaniladigan qog‘ozlar qanday talablarga javob berishi kerak?
Xromatografik qog‘ozlar qanday reaktivlar bilan ishlanadi? Maqsad nimalardan iborat? Misollar keltirib tushuntiring.
Maxsus xromatografik qog‘ozlar bo‘lmasa, qanday qog‘ozlarni qo‘llash mumkin?
Sanoatda qanday xromatografik qog‘ozlar chiqariladi? Ulardagi belgilar nimani ko‘rsatadi?
Xromatografik qog‘ozlar sifati qanday aniqlanadi?
Gidrofil xususiyatli xromatografik qog‘oz qanday aniqlanadi va qanday moddalar tahlili uchun yaroqli xisoblanadi?
Gidrofob xususiyatli xromatografik qog‘ozni qanday tayyorlash mumkin?
Xromatografik qog‘ozlar qanday atsetirlanadi?
Xromatografik qog‘ozning gidrofobligi qanday tekshiriladi?
Gidrofoblangan xromatografik qog‘ozlar qanday moddalar tahlili uchun qo‘llanadi?
Xromatografik qog‘ozda moddalar taqsimlanish mexanizmini qanday izohlaysiz?
Qog‘oz xromatografiyasida qaysi modda qo‘zg‘almas faza sifatini bajaradi?
Xromatografik tahlilda «start nuqtasi, yoki «start» chizig‘i qanday belgilanadi?
Tekshiriluvchi numunalar xromatografik qog‘ozdagi «start» belgisiga qanday o‘tkaziladi?
Xromatografik tahlilida qo‘llaniladigan qo‘zg‘aluvchi fazani izohlang. Ular qanday tanlanadi?
Rf - koeffitsienti nima? Uni qanday aniqlanadi?
Rf - ko‘rsatkichi qanday ko‘rsatkich?
Qog‘oz xromatografiyasining qanday variantlarini bilasiz?
Bir tomonlama xromatografik jarayonlar qanday variantlarini bilasiz?
Ikki tomonlama xromatografik jarayonlar variantlarini izohlang?