Tajribalar sharoitida eritmaning nur yutish to‘lqin uzunligi maksimumi maxishlatilayotgan fotoelementning sezgirlik maksimumiga to‘g‘ri kelmasa, u holda svetofiltr tajriba yo‘li bilan tanlanadi. Buning uchun har gal svetofiltr bilan eritmaning optik ko‘rsatkichi o‘lchanadi. Berilgan rangli eritmaning qaysi svetofiltrdagi optik ko‘rsatkich qiymati eng yuqori bo‘lsa, shu svetofiltr fotometriya usulida aniqlash uchun to‘g‘ri keladi.
3-tutqich (fotoelement sezgirligi) 1,2,3 raqamlariga o‘rnatilganda eritma rangiga qarab 315-540 nm to‘lqin uzunligidaishlashuchun qora rangga moslanadi, 590-980 nm to‘lqin uzunligida o‘lchanadigan eritmalar uchun qizil rangga moslanadi.
Mikroampermetr o‘chganligini bilish uchun 5-6 chi tutqichlar to‘xtaguncha chapga buralgan bo‘lishi lozim.
Qurilma yoqiladi (tarmoqqa ulanadi,orqa devorning pastki chap burchagidagi tumbler yoqiladi). Bunda cho‘g‘lanma lampa yonadi.
Qurilma 15-20 daqiqa davomida qizdirilishi lozim.
II. Eritma optik zichligini o‘lchash. Solishtiruvchi eritma solingan kyuvetani tahlil bajaruvchidan uzoqdagi kyuveta joylashtiruvchi joyga joylanadi.Tekshiriluvchi eritma solingan kyuvetani esa tahlil bajaruvchi o‘ziga yaqin joyga joylaydi.
Erituvchi solingan kyuvetani 2- tutqichni chapga burish orqali nur oqimiga to‘g‘rilanadi.
Kyuveta bo‘lmasi qopqog‘i yopiladi.
Mikroampermetr strelkasi 5-tutqich yordamida pastki shkala bo‘yicha 0 ga keltiriladi. Zarurat tug‘ilgan hollarda 6-tutqichdan foydalaniladi.
2- tutqichni oxirigacha o‘ngga burish orqali nur oqimidan solishtiruvchi eritma solingan kyuvetani tekshiriluvchi eritma solingan kyuvetaga almashtiriladi.
Mikroampermetrning pastki shkalasi bo‘yicha o‘lchangan Optik zichlik kattaligini yozib olinadi.
Mikroampermetr o‘chiriladi.(5-6 chi tutqichlar chapga buraladi)
Eslatma. Agar mikroampermetr strelkasini 0 ga keltirishni iloji bo‘lmasa fotoelement sezgirligini oshirish lozim. Buning uchun:
a) Mikroampermetr o‘chiriladi (5-6 chi tutqichlar oxirigacha chapga buraladi)
b) Fotoelement sezgirligini o‘zgartirish tutqichi (3 )ni mos rangdagi 2 raqamiga o‘zgartiriladi.
v) mikroampermetr strelkasi pastki shkala bo‘yicha 0 ga keltiriladi.(ya’ni 4- bo‘limdagi ish takrorlanadi.)
Agar shu holatda ham mikroampermetr strelkasi 0 ga kelmasa fotoelement sezgirligi yana bir bor ko‘tariladi. Ya’ni a,b,v punktlardagi ishlar takrorlanadi, biroq bu safar 3- tutqich mos rangdagi 3 raqamiga to‘g‘rilanadi.