2.17-rasm. Nasos ishchi g‘ildiragining aylanish chastotasini o‘zgartirish bilan nasos uskunasining ish parametrlarini rostlash:
Nasos ishchi g‘ildiragi aylanish chastotasining o‘zgarishi uning butun ish parametrlari o‘zgarib ketishiga sabab bo‘ladi. Bunda nasos tavsiflarining holati o‘zgaradi. Nasos tavsiflarini boshqa chastotaga qayta hisoblash quyidagi asosiy formulalar yordamida amalga oshiriladi7:
bu yerda Q
1 — uning ishchi g‘ildiragining nominal (nasos pasportiga ko‘ra)
aylanish
chastotasida nasos uzatishi, m
3/s; Q
2 — ishchi g‘ildiragining aylanish chastotasi pasayganidan so‘ng nasos uzatishi, m
3/s;
n1 — nasos ishchi g‘ildiragining
nominal aylanish chastotasi, ayl/daq;
n2 — nasos ishchi g‘ildiragining aylanish chastotasi, u chastota o‘zgartirgichi yordamida pasaytirilganidan so‘ng, ayl/daq;
H1 — ishchi g‘ildiragining nominal aylanish chastotasida nasosning to‘liq dami, m; H
2 — ishchi g‘ildiragi aylanish chastotasi pasayganidan so‘ng nasosning to‘liq dami, m; NPSHR
1 — ishchi g‘ildiragining nominal uzatishi va aylanish chastotasida nasos kirishidagi talab darajasidagi
kavitatsiya usti dami, m; NPSHR
2 — uning ishchi g‘ildiragining aylanish chastotasini kamaytirilganidan so‘ng nasos uzatishidagi nasos kirishidagi talab darajasidagi kavitatsiya usti dami, m (NPSHR to‘g‘risida batafsil qar. 2.5.3 b.).
Keltirilgan formulalar suyuqlikning nasosdagi faqat turbulent harakatlanishi uchun to‘g‘ri.
Nasos uskunasining ish parametrlarini muvofiqlashtirishning anchagina
sodda va tejamkor usuli nasos ishchi g‘ildiragining diametrini o‘zgartirishdan iborat. Nasos ishchi g‘ildiragining diametrini uni yo‘nish yoki boshqa diametrli ishchi g‘ildiragiga almashtirish bilan o‘zgartiradilar. Ishchi g‘ildiragining diametrini kichraytirish mumkin bo‘lgan chegaraviy kattalik, tezyurarlik koeffitsientiga (
ns) bog‘liq bo‘lib, ishchi g‘ildiragi nominal diametrining 20% dan ortmaydi.
Nasoslar ishlab chiqaruvchi zavodlar bir modelli nasos uchun turli diametrli bir necha xil ishchi g‘ildiraklari
ishlab chiqaradilar, shu sababli nasoslarning ishchi g‘ildiraklarini ulardan foydalanish joyida yo‘nishga kamdan-kam hollarda murojaat qilinadi.
Turli diametrli ishchi g‘ildiraklari bilan jihozlangan nasos tavsiflari nasosning texnik hujjatlarida keltiriladi.
𝐻2 = (
𝐷2)
bu yerda Q
1 — nominal diametrli (nasos pasporti) ishchi g‘ildiragi bo‘lgan
nasosning uzatishi, m
3/s; Q
2 — kichraytirilgan diametrli ishchi g‘ildirakli nasosning uzatishi, m
3/s; D
1 — nasos ishchi g‘ildiragining nominal diametri, m; — D
2 — nasos ishchi g‘ildiragining
kichraytirilgan diametri, m;
H1 — nominal diametrli ishchi g‘ildiragi bo‘lgan nasosning to‘liq dami, m; H
2 — kichraytirilgan diametrli ishchi g‘ildiragi bo‘lgan nasosning to‘liq dami, m.
Ishchi g‘ildiragining diametri o‘zgarishi bilan nasos FIKi deyarli o‘zgarmaydi.