Suv ta’minoti tizimlari nasos stansiyalarining texnologik parametrlarini aniqlash Birinchi ko‘tarish nasos stansiyalarining uzatilishi va to‘liq damini aniqlash
O‘quv qo‘llanmada kurs va diplom loyihalashtirish maqsadlarida eng keng
tarqalgan nasos stansiyalari tipi — I ko‘tarish nasos stansiyalarining uzatishi va to‘liq damini aniqlash xususiyatlari keltirilgan.
I ko‘tarish nasos stansiyasining uzatishi QA, m3/s, suv tayyorlash inshootlari mavjud hollarda quyidagi formulaga binoan aniqlanadi.
𝐴 𝑚𝑎𝑥
𝛼𝑄𝑠𝑢𝑡
𝑄 =
𝑇
bu yerda α — suv tayyorlash inshootlarining o‘z ehtiyojlariga suv sarfini hisobga oladigan koeffitsient (9.6-b. SP 31.13330 ga muvofiq qabul qilinadi); Qsutmax — sutkalik maksimal suv iste’moli, m3/sut; T — nasos stansiyasining bir sutkadagi ishlash davomiyligi, s (bir tekis ishlashda T = 24 s deb qabul qilinadi).
Suv tayyorlash inshootlari bo‘lmagan tizimlardagi I ko‘tarish nasos stansiyasining uzatishini suv bir tekis iste’mol qilinganida bir soatdagi o‘rtacha suv iste’moliga teng deb olinadi (QA = Qo’rtsoat). Agar bir sutka davomidagi suv iste’moli notekis bo‘lsa, bu holda muvofiqlashtiruvchi idishlar mavjud bo‘lmaganida nasos stansiyasining uzatishi bir soatdagi maksimal suv iste’moliga (QA = Qsutmax), muvofiqlashtiruvchi idish bo‘lganida esa — bir soatdagi o‘rtacha suv iste’moliga teng (QA = Qo’rtsoat) deb qabul qilinadi.
I ko‘tarish nasos stansiyasining uzatishini HA kurs va diplom loyihalashtirish maqsadlarida quyidagi tartibda belgilab oladilar:
Suv olish inshooti, I ko‘tarish nasos stansiyasining, suv tayyorlash inshootlari va ana shu inshootlar orasidagi ulanish kommunikatsiyalarining (so‘ruvchi va dam quvurlari, dam suv yo‘llari) balandligiga ko‘ra joylashish sxemasi tuziladi (3.1- rasm).
Dam suv yo‘l (o‘tkazgich)lari soni va diametri aniqlanib, ana shu nasos stansiyasining ishonchlilik toifasini hisobga olgan holda ana shu suv yo‘llari orasidagi ko‘prikchalar (peremichkalar) soni belgilab olinadi.
Nasos stansiyasining to‘liq damining taxminiy qiymati HtA hisoblab topiladi. 43-rasmdagi sxema uchun H(A, m, hisobi quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ht,A=Hstat+HJ1+HJ2+HJ3+HJ4+HJ5
bu yerda Hstat — statik dam (napor), m; Hj — nasos stansiyasi ichida o‘rnatiladigan nasos agregatining so‘ruvchi quvuridagi gidravlik dam yo‘qotishlari; H, — nasos stansiyasining ichida o‘rnatiladigan nasos agregatining dam quvuridagi gidravlik dam yo‘qotishlari, m (H, va H umumiy qiymati, hisob- kitoblarning ushbu bosqichida dastlab 1,5-2 m ga teng deb olinadi); H} — sarf o‘lchagich-hisoblagichdagi gidravlik dam yo‘qotishlari, m (0,5-1,5 m deb olinadi); H} — nasos stansiyasidan suv tayyorlash inshootlarigacha bo‘lgan dam quvuridagi (suv yo‘llaridagi) gidravlik dam yo‘qotishlari, m (3.5-b.ga muvofiq aniqlanadi); H}
suv tayyorlash inshootlari aralashtirgichi to‘kilishga gidravlik dam yo‘qotishlari, m (0,5-1 m deb olinadi).
Statik dam (napor) Hstat suvga aralashtirgich keltiradigan quvurning yuqori qismi belgisi z2, va nasos stansiyasining qabul qilish kamerasidagi suvning minimal darajasi belgisi z1 orasidagi farqdan iborat:
Hstat=z2-z1
Belgi z1 manbadagi (daryo, suv ombori va b.) suvning minimal darajasi belgisidan suv qabul qilish qurilmalarida (panjaralar va to‘rlar) gidravlik dam yo‘qotishlari kattaligiga teng ravishda kamroq olinadi. Bu yo‘qotishlar 0,15-0,2 m deb qabul qilinadi. Manbadagi suvning minimal darajasi belgisi kurs va diplom loyihalashtirish uchun vazifada keltiriladi.
Belgi z2 ham shuningdek kurs yoki diplom loyihalashtirish vazifasida keltiriladi.
HtA ni aniqlashning keltirilgan formulasini faqat inshootlar va quvur tarmoqlarining ko‘rib chiqilayotgan balandlik sxemasi uchungina qo‘llash mumkin. Manbadan suv olish boshqa variantlar bo‘yicha tashkillashtirilganida va uning suv tayyorlash inshootlarga yoki bevosita iste’molchilarga uzatilishi balandlik sxemasi va hisob-kitob formulasi HtA farqlanishi mumkin.
QA va HtA ning topilgan qiymatlariga ko‘ra nasos uskunalarini ishlab chiqaruvchi zavodlar va etkazib beruvchi firmalari kataloglari bo‘yicha nasos
agregatlari tipi tanlanib, ishchi va rezerv nasos agregatlarining soni qabul qilinadi. Rezerv nasos agregatlari sonini tanlashda nasos stansiyasining ishonchlilik toifasi ham hisobga olinadi.
Nasos stansiyasining ishonchliligi toifasini hisobga olgan holda nasos agregatlarini (manba suv sathidan past yoki undan yuqori) o‘rnatish usuli tanlanadi.
Nasos stansiyasida o‘rnatilgan nasos agregatlarining so‘ruvchi va dam quvurlarining shartli o‘tish qiymati va diametri aniqlansin. Bunda nasos stansiyasining ishonchliligi toifasi hisobga olinadi.
Nasos agregatlari, so‘ruvchi va dam quvurlari, dam suv quvurlari va boshqa kerakli belgilar oqlari balandliklari aniqlansin.
Nasos agregatlarini tasvirlaydigan nasos stansiyasining sxematik rejasini tuzilsin.
NPSHA qiymatini hisoblab topib, nasos agregatlarining ishlashi paytida kavitatsiyaning yuzaga kelish ehtimolini baholaydilar (bu to‘g‘rida 2.5.3-b.da batafsil). Kavitatsiya xavfi yuzaga kelganida nasos agregatlarining manbadagi suyuqlik sathiga nisbatan joylashish balandligi bo‘yicha holatini o‘zgartiradilar va (yoki) o‘zgacha kavitatsiya tavsiflariga ega bo‘lgan nasos agregatlarini tanlab olib, yana NPSHA qiymati bo‘yicha kavitatsiya paydo bo‘lish ehtimolini baholaydilar.
Nasos stansiyasining uzatishi QA va to‘liq dami HtA qiymatlari nasos (nasoslar) va suv o‘tkazgich (suv o‘tkazgichlar) birga ishlashi grafiklarini qurish yo‘li bilan aniqlashtiriladi. Bu kabi grafiklarni qurish uslubiyoti 2.1-bandda va o‘quv adabiyotlarida berilgan
3.1-rasm. I-ko’taruv nasos stantsiyasining umumiy bosimini aniqlash uchun balandlik sxemasi: Ht,A – nasos stantsiyasining to’liq bosimi; Hstat – static dam; Hj1…Hjn – gidravlik bosim yo’qolishi; z1, z2 – balandlik belgilari.
Do'stlaringiz bilan baham: |