)
٤١
(
ْﺾُآْرا
َﻚِﻠْﺟِﺮِﺑ
ٌباَﺮَﺷَو ٌدِرﺎَﺑ ٌﻞَﺴَﺘْﻐُﻣ اَﺬَه
)
٤٢
(
«(Ey Muhammad (s.a.v)), bandamiz Ayyubning Parvardigoriga nido qilib: «Darhaqiqat, shayton meni
balo va azob bilan ushladi», degan paytini eslang! (Shunda unga aytildi): «Oyog‘ing bilan ostingdagi
yerni tepgin!»
U Allohning amrini bajargan edi, o‘sha yerdan bir chashma otilib chiqdi. So‘ng unga aytildi:
«Mana shu muzdek ichiladigan va cho‘miladigan suvdir. (Qachonki Ayyub u suvda cho‘milib, so‘ng undan ichgach
uning barcha zohiriy va botiniy dardlari darhol davo topdi)». (Sod, 41-42.)
Ayyub (a.s.)ning xotinlari yolg‘iz Rahimagina bu uzoq muddatli sinov paytida eriga vafo qilib, sadoqat bilan
xizmat qildi, ham erining, ham Allohning roziligini topdi.
Ayyub (a.s.)ning kasallari shu darajada og‘ir ediki, go‘shtlari chirib, to‘kilib ketgan, faqat suyaklari va
paylarigina qolgan edi. Ayyubning xotinlari qum olib kelar va qoq suyakning ostiga to‘shardi. Rahimaning eriga
juda rahmi kelganidan, bir kuni: «Rabbingizga duo qilsangiz, sizga o‘zi shifo berardi» - dedi. Shunda Ayyub
(a.s.): «Axir yetmish yil ne’matda va farovonlikda yashadim. Alloh uchun men ham yetmish yil azob cheksam,
bu juda oz-ku!» - dedilar. Buni eshitgan Rahima biroz og‘ringan bo‘lsa-da, erining xizmatida astoydil davom
etdi.
Ahli kitoblarning rivoyat qilishicha, odamlar Ayyubni shahardan tashqariga axlatxonaga chiqarib tashlashdi.
Chunki, u yara-chaqaning ko‘pligi va og‘irligidan sasib ketgan edi. Hamma undan yuz o‘girgan, faqat xotini
Rahimagina avvalgi yaxshi kunlarini qadrlab, eriga vafo va sadoqat bilan xizmat qilardi. Molining va
xizmatkorlarining hisobiga yetib bo‘lmaydigan Ayyub shunday qashshoqlashib ketdiki, Rahima birovlarning
uyida xizmatkorlik qilib, topgan puliga Ayyub (a.s.) uchun taom sotib olardi.
Nihoyat odamlar, erining kasalini yuqtirib qo‘yadi, deyishib Rahimani ishga ham aytmay qo‘yishdi, undan
ham hazar qiladigan bo‘lishdi. Nochor qolgan vafodor xotin bir o‘rim sochini tagidan qirqdirib boylardan birining
qiziga sotdi va puliga Ayyub uchun yegulik taomlar oldi. Ayyub (a.s.) taomni nari surib, buni qaerdan olganini
so‘radi. Rahima, bu taomni odamlarning uyida ishlab topgan pulga olganligini aytdi. Ertasi kuni ham uni hech
kim ishga aytmadi. Nochorlikdan ikkinchi o‘rim sochini ham qirqtirib, bir boyning qiziga sotdi va puliga Ayyub
uchun taom sotib oldi. Ayyub (a.s.) bugun ham taomni yemasdan surib qo‘ydilar va uni qaerdan olganini
xotinlaridan so‘radilar. Rahima, eriga taomni bemalol yeyishini, qaerdan olganini esa albatta tushuntirishini
qasam ichib aytdi va ro‘molini olib, boshini ochib ko‘rsatdi. Ana shundagina Ayyub (a.s.):
«Parvardigorim, menga musibat yetishdi. O’zing rahmlilarning rahmlirog‘isan» - deb duo qildilar.
Abdulloh ibn Ubayd ibn Umayr aytadi: «Ayyub (a.s.)ning ikki yaqin birodarlari bor edi. Boshqalar yuz o‘girib
ketgan bo‘lsa ham, ikkovi kelib, Ayyubdan xabar olib turishardi. Bir kuni kelishib, Ayyubning yaqiniga
borolmasdan, uzoqdan salomlashishdi-da, keyin o‘zaro gaplashishib, biri ikkinchisiga dedi: «Agar Alloh taolo
Ayyubni yaxshilar qatoriga qo‘shganda, uni bunchalik og‘ir kasalga mubtalo qilmasdi» - dedi. Bu gap
Ayyubning quloqlariga yetib, qattiq ranjidilar va Allohning huzuriga iltijo qildilar: «Ey, parvardigor, men biror
odamning ochligini bila turib, o‘zim to‘q yotmaganimni bilsang, meni tasdiq etgin!». Osmondan uni tasdiqlagan
ovoz keldi va bu ovozni ikki birodari ham eshitdi.
«Ey, parvardigorim, muhtoj-yalang‘och odamni bilganim holda, o‘zim ikkita kiyim kiymaganimni bilsang,
meni tasdiq etgin!». Osmondan tasdiq ovozi keldi va bu ovozni ikkovi ham eshitdi. Keyin Ayyub: «Ey
parvardigorim, sening aziz zotingdan najot so‘rayman, agar mendan bu baloni aritmas ekansan, men boshimni
abadiy ko‘tarmayman!» - dedilar va sajdaga bosh qo‘ydilar. Alloh taolo barcha dardlaridan xalos qildi».
Anas ibn Molik (r.a.) shunday rivoyat qiladilar: «Payg‘ambarimiz (s.a.v) dedilar:
«Allohning payg‘ambari Ayyubning sinovi o‘n sakkiz yil davom etdi. Ayyubning yaqinlari ham, uzoq
tanishlari ham undan yuz o‘girishdi. Faqat doim Ayyubning yoniga chopadigan ikki qadrdonlarigina kelib-ketib,
xabar olib yurishardi. Ularning biri ikkinchisiga dedi: «Bilasanmi, nima uchun o‘n sakkiz yildan buyon Alloh
Ayyubga najot bermayapti, chunki u kechirilmaydigan katta gunoh qilib qo‘ygan, shuning uchun Alloh unga
rahm qilmayapti» - dedi.
Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
77
Sherigi bu gapni sir saqlay olmasdan, Ayyubga aytib qo‘ydi. Ayyub (a.s.) qattiq iztirobga tushdilar va: «Nima
deyapsan?! Alloh biladi, men bir kuni ikki kishining janjallashayotganini eshitdim. Ular tinmay Allohning nomini tilga
olishardi. Men ularga, Allohning nomini faqat haq bo‘lsanggina tilga ol, deb tanbeh bergan edim. Keyin uyga kelib, qilgan
ishimga pushaymon yedim va kafforat berdim. Bundan boshqa xato qilganimni bilmayman» - dedilar. (Ibn Kasir. Qisasul-
anbiyo. Qohira. 205-bet.)
Ayyub (a.s.) agar hojatga chiqmoqchi bo‘lsalar, Rahimaning yetagida chiqar edilar. Bir kuni zarur bo‘lib,
xotinlarini chaqirdilar, ammo u kelavermadi. Alloh taolo shu onda Ayyub (a.s.)ga vahiy yuborib:
Do'stlaringiz bilan baham: |