Меҳнат иқтисодиёти


Mehnat munosabatlarini davlat tomonidan muvofiqlashtirish nazariyasini yaratishda I. SHumpeter, J.M. Keyns va yangi klassik



Download 0,55 Mb.
bet7/119
Sana28.05.2022
Hajmi0,55 Mb.
#614320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   119
Bog'liq
Ìå íàò è òèñîäè¸òè-1

Mehnat munosabatlarini davlat tomonidan muvofiqlashtirish nazariyasini yaratishda I. SHumpeter, J.M. Keyns va yangi klassik


sintezlarning qarashlari
Avstraliyalik iqtisodchi va sotsiolog olim Iozef SHumpeter iqtisodiy ta’limotlar tarixida alohida o‘rniga ega. Uning qarashlarida klassik nazariya bilan institutsionalizm nazariyasidagi iqtisodiy jarayonlar tahlilini turli ijtimoiy munosabatlar: huquqiy, ijtimoiy va boshqa munosabatlar tahlili bilan bog‘laydigan nazariyaning elementlari qo‘shilib ketgan edi. Y. SHumpeter «Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi» deb nomlangan asarida (1912) tadbirkorning rolini ishlab chiqarishning eng muhim omili, bozor iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatida asoslaydi.
Yozef Alois SHumpeter (1883-1950) – Amerika iqtisodchisi. Tresht (Moraviya)da 1883 yilning 8 fevralida tug‘ilgan. Vena universitetini tugallagan, Grats va Bonn universitetlarida o‘qituvchilik qilgan (1925-1932), keyin Garvardda dars bergan (1932-1950), bunda u kapitalizm nazariyasi va amaliy faollik davrlariga oid tadqiqotlari tufayli keng tanildi. “Xo‘jalik rivoji nazariyasi” (Theorie der wirtschaflichen Entwicklung, 1912); “Amaliy faollik davrlari: kapitalizmning nazariy, tarixiy va statistik tahlili”, “Kapitalizm, sotsializm va demokratiya” (1942) kabi asarlar uning eng yirik asarlari sirasidandir.
YUqorida J.B. Sey ham ishlab chiqarish omillari bo‘lgan mehnat, kapital va er to‘g‘risidagi nazariyani bayon qilganligi va tadbirkorning ishlab chiqarish tashkilotchisi sifatidagi rolini yuqori baholaganligi ko‘rsatib o‘tilgan edi. Lekin Y. SHumpeter iqtisodiy tafakkur tarixida birinchi bo‘lib tadbirkorning ishlab chiqarish omili sifatidagi barcha xususiyatlarini ochib berdi. U bunday deb yozgan edi: «Biz vazifasi yangi kombinatsiyalarni amalga oshirishdan iborat bo‘lgan va uning faol elementi sifatida ishtirok etadigan... xo‘jalik sub’ektlari tadbirkorlar deb ataladi»4, odatda korxonaning egasi hisoblanmaydigan tadbirkor vazifasiga ishlab chiqarishga yangiliklar, ya’ni quyidagi maqsadlarga erishish uchun resurslar – buyum va kuchlarni kombinatsiyalashni joriy qilish kiradi:

  1. iste’molchilarga ma’lum bo‘lmagan yangi ne’matni ishlab chiqarish yoxud u yoki bu ne’matga yangi sifatni joriy etish;

  2. tegishli tovarni ishlab chiqarishning yoki undan tijorat yo‘lida






4Шумпетер Й. Теория экономического развития/Пер. с нем. В.С. Автономова и др. - М., 1982, 169-б.
foydalanishning yangi usulini joriy etish;

  1. avval ham mavjud bo‘lgan yoki bo‘lmaganligidan qat’i nazar mazkur mamlakatning sanoat tarmog‘i hali qatnashmagan yangi sotuv bozorini o‘zlashtirish;

  2. ushbu manba ilgari mavjud bo‘lganligi yoki bo‘lmaganligidan qat’i nazar xomashyo yoki yarim tayyor mahsulotlar yangi manbaiga etishish;

  3. o‘z korxonasining monopol mavqeini ta’minlash bilan boshqa korxonaning monopollik mavqeiga putur etkazish5.

Y. SHumpeter tadbirkorlikni insonning ijtimoiy kelib chiqishiga bog‘liq bo‘lmagan alohida iste’dod deb hisoblaydi. Bushaxsning, avvalo, o‘z kuchi va o‘z mustaqilligiga ishonib ish tutishi, tavakkalchilik qila olishi, yangiliklar kiritish hisobiga muvaffaqiyatlarga erishishga intilishdan iborat bo‘lgan xususiyatidir.
Keyns, Jon Meynard (1883-1946) – ingliz iqtisodchisi. Kembrijda 1883 yilning 5 iyunida Kembrij universiteti bosh boshqaruvchisining oilasida tug‘ilgan. Keyns Itonda o‘qidi, keyin Kembrij universitetining Kingz-kollejida ta’lim oldi, uni 1905 yilda tugalladi va universitetining iqtisodiyot fakultetida dars bera boshladi.
1920-yillarda Keyns iqtisodiy muammolarni tadqiq qilish bilan shug‘ullandi, bular uning “Pul to‘g‘risida ta’limot” (1930) va “Ish bilan bandlik, foiz va pul to‘g‘risida umumiy nazariya” ( 1936) deb nomlangan asarlarida o‘z ifodasini topdi. Keyns o‘zini-o‘zi tartibga soladigan iqtisodiyot to‘g‘risidagi konsepsiyaning behudaligini isbotlar va kreditlash, pul muomalasi va aholining ish bilan bandligi borasida amalga oshirish kerak bo‘lgan qator chora-tadbirlarni taklif etgan edi. U iqtisodiyotni tartibga solish omillarini rivojlantirdi. 1943-1944 yillarda u Xalqaro Valyuta Fondi va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (Jahon banki)ni tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni tayyorlash va qabul qilishda qatnashdi.
Samarali talab, bir tomondan, shaxsiy iste’mol darajasi bilan, ikkinchi tomondan esa, ishlab chiqarish iste’molining miqdori – investitsiyalar bilan belgilanadi. Talabning oshishini ta’minlashda, birinchidan, davlat ta’sirida kredit foizlarini kamaytirish, bu investitsiyalarning oshishiga olib keladi (kredit mexanizmi); ikkinchidan, investitsiyalarga davlat sarf-xarajatlarini oshirish va tovarlarni davlat tomonidan xarid qilinishini ko‘paytirish (byudjet mexanizmi) vosita xizmatini o‘tashi mumkin. Har ikki chora-tadbir ham ishlab chiqarishni kengaytirishga aholining ish bilan bandligini oshirish va ishsizlikni kamaytirishga qaratilgan.
Keyns ta’kidlashicha, ish haqining pastligi, yangi klassik nazariyaning qoidasiga zid tarzda, ishsizlikning kamayishiga ko‘maklashmaydi. Aholining ish





5Шумпетер Й. Теория экономического развития/Пер. с нем. В.С. Автономова и др. - М., 1982, 159-б.
bilan bandligi, avvalo, multiplikatsiyalash (ko‘paytirish) samarasiga olib keladigan investitsiyalarning miqdoriga bog‘liq.
Atoqli amerikalik iqtisodchi, Nobel mukofotining laureati P. Samuelson klassik siyosiy iqtisod, yangi klassik nazariya, yangi keynschilik, yangi liberal nazariyalar uyg‘unlashishidan iborat bo‘lgan iqtisodiy nazariyalar sintezini zamonaviy iqtisodiy nazariyalarning «yangi klassik sintezi» deb nomladi. U ushbu g‘oyalarni Rossiya va O‘zbekistonda ko‘p marta qayta nashr qilingan «Ekonomiks» darsligida (1948) bayon etgan.
Samuelson Pol (1915-2005) – Amerika iqtisodchisi. U 1970 yilda iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotini olishga sazovor bo‘ldi. Geri (Indiana shtati)da tug‘ilgan. 1935 yilda CHikago universitetini tugallagan. Garvard universitetida ishlagan, 1940 yildan e’tiboran esa Massachuset texnologiya universitetida mehnat qilgan. 1941 yilda Garvardda fan doktori darajasini oldi, 1947 yilda esa Massachuset texnologiya institutining professori bo‘ldi. Qator davlat muassasalarida, shu jumladan, moliya vazirligida rejalashtirish masalalari bilan shug‘ullandi. 1960-yillarning boshida J. Kennedining maslahatchisi bo‘ldi. Massachuset texnologiya institutidan iste’foga chiqqanidan keyin u faol ravishda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishni davom ettirdi. Samuelsonning asarlari iqtisodiy muvozanatlilikning tahliliga, iste’mol tarkibiga, samaradorlik va maqbullik masalalariga bag‘ishlangan. U “foydalilikni maksimallashtirish”, “muvofiqlik tamoyili”, “yashirin xush ko‘rishlar” konsepsiyalarining muallifidir. U “Iqtisodiy tahlil asoslari” (1947); “Liniyaviy dasturlashtirish va iqtisodiy tahlil” (1958), “Makroiqtisodiyot” (1995);
“Mikroiqtisodiyot” (1995) kabi asarlarning muallifidir.
YAngi klassik sintez atamasini turli mualliflar turlicha talqin qilishgan, ammo bunday talqinlarni tizimlash asosida yangi klassik sintez konsepsiyasining uchta taxminiy talqinini ko‘rsatish mumkin. Ulardan birining mohiyati zamonaviy iqtisodiy nazariya xo‘jalik yuritishning iqtisodiy liberalizm prinsiplari bilan barcha bozor mexanizmi elementlaridan ham, erkin bozor stixiyasini cheklaydigan keynscha konsepsiyaning elementlaridan ham bir yo‘la foydalanilganda ish bilan to‘la bandlik va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashi mumkinligi to‘g‘risidagi g‘oyani asoslashdan iborat.
Iqtisodiy nazariyaning markazidagi mehnat iqtisodiyoti nazariyasining rivojlanishi to‘xtovsiz jarayondir, u hozir ham davom etmoqda. Unda hali aslo nazariy masalalarning barchasi ham etarlicha oydinlashtirilganicha yo‘q. Lekin uning istiqboli insoniyatning yangi ijtimoiy va iqtisodiy larzalarni chetlab o‘tish va uning tobora rivojlanishi, odamlarning moddiy va ma’naviy farovonligini ta’minlashga imkon beradigan yo‘nalishdagina porloq bo‘lishi ayon bo‘lib turibdi. Bunday yo‘l dunyodagi ko‘p mamlakatlar, xususan, O‘zbekistonda ham amalga
oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning markazida turibdi.



    1. Download 0,55 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish