Mehnat to‘g‘risidagi fanning yuzaga kelishida islom iqtisodiyoti mafkurachilari va SHarq iqtisodiy tafakkurining o‘rni
O‘rta Osiyo xalqlarining iqtisodiy bilimlarini egallashlarida islom dinining tarqalishi, uning iqtisodiy g‘oyalari ijobiy ahamiyatga ega bo‘lgan. Ma’lumki, islom iqtisodiy g‘oyalari musulmonlarning muqaddas kitobi «Kur’oni Karim»da, Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallam (570-632) Xadislarida, mashhur «Muhtasar» deb nomlangan kitobda va boshqa ko‘plab tarixiy kitoblarda o‘z ifodasini topgan.
«Kur’oni Karim»da iqtisodiyotga oid juda ko‘p ko‘rsatmalar bilan bir qatorda mehnat qilish va mehnat orqali hayot kechirishga da’vat qilingan. Mehnat har bir musulmon uchun ham bu dunyo, ham u dunyoda halovat ko‘rishning manbai deb tushuntiriladi.
Inson jamiki boyliklari, hayot quvonchlarini mehnat, faqat mehnat orqali yaratadi. «Islom iqtisodiyoti» mafkurachilari ham mehnat va mehnatkashlikni ulug‘laydilar, uning ildizlarini islom ko‘rsatmalari bilan bog‘laydilar. Mehnatni musulmon odamning muqaddas vazifasi, ijtimoiy taraqqiyotning so‘zsiz sharti deb biladilar. Masalan, Muhammad ash-SHarani «Islomda ijtimoiy kafolat» degan kitobida shunday yozadi: «Mehnat – muqaddas ish bo‘lib, islom unga jiddiy munosabatda bo‘lishga da’vat etadi. Inson mehnati uning aqli va tanasining faoliyatidir. Ko‘pincha inson mehnatdan zavq-shavq oladi. Mehnat ijtimoiy zulmga qarshi yo‘ldir»6.
Amir Temurning iqtisodiy g‘oyalari uning «Temur tuzuklari» asarida bayon etilgan. Unda sohibqironning mamlakatni boshqarish, uni rivojlantirish qoidalari, yo‘l-yo‘riqlari o‘z ifodasini topgan. Asarda iqtisodiyotni tashkil etish, barqarorlashtirish, tartibga solib borish, mehnat va uni tashkil etish masalalariga keng o‘rin berilgan.
Sohibqironning iqtisodiy siyosati zamirida inson, uning manfaati, farovon va tinch hayot kechirish tashvishlari yotadi. U odamlarga kasb-hunar o‘rgatish, ularni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik va tijorat ishlari bilan mashg‘ul bo‘luvchilarga etarli sarmoya berish, nogironlarga uy-joylar qurib berish yo‘l- yo‘riqlarini bayon qiladi. «Temur tuzuklari»da quyidagilarni o‘qish mumkin:
«Kasb-hunar va ma’rifat ahillariga saltanat korxonalaridan ulush berilsin, bilagida kuchi bor faqir-miskinlar esa o‘z ahvoli va kasbkoriga qarab yo‘l tutsinlar»,
6Азимов А. Ислом ва ҳозирги замон. - Т.: Ўзбекистон, 1991, 56-б.
«sarmoyasi qo‘lidan ketib qolgan savdogarga o‘z sarmoyasini qaytadan tiklab olish uchun xazinadan etarli miqdorda oltin berilsin», «kuchi etmaydigan dehqonlarga ekin-tikin uchun urug‘lik va asbob-uskunalar tayyorlab berilsin», «fuqarolardan uy- joyi buzilib tuzatishga qurbi etmaganlarga kerakli narsalarni etkazib berib, ularga yordam berilsin»7. Sohibqironning yuqoridagi iqtisodiy qoidalari bozor iqtisodiyotini shakllantirish, yangicha iqtisodiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish ishlarida biz uchun muhim yo‘llanma, tarixiy yo‘l-yo‘riq bo‘lib xizmat qiladi.
Ayniqsa, kasb-hunar o‘rganish, yoshlarni tarbiyalashda ma’naviyat va ma’rifat ishlarini rivojlantirish kabi masalalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan milliy dasturda o‘z ifodasini topmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |