Raqobatning turli sharoitlarida ish haqining shakllanishi
202
muqobil ish o’rinlariga ega bo’ladilar. Masalan, ular bir hududdagi boshqa ishlab
chiqarish sanoatlarida ishlashlari mumkin yoki boshqa shaharlarda yoki shtatlarda
o’z mutaxassisliklari bo’yicha kasblarda faoliyat ko’rsatishlari mumkin yoki ular
boshqa kasblarda faoliyat ko’rsatishlari ham mumkin.
Bu ishchilarni ishga oluvchi korxonalar (bizning misolimizda, duradgorlar
)
ularga o’zlarining mavjud muqobil ish o’rinlarida olayotgan ish haqlaridan
yuqoriroq maosh to’lashlari kerak bo’ladi. Shuningdek, ular hozirda ishlamayotgan
ishchilarni yuqoriroq ish haqi to’lash orqali ham jalb etishlari kerak. Qisqa qilib
aytadigan bo’lsak, boshqa mehnat bozorlarida ish haqlari o’zgarmas deb oladigan
bo’lsak, ma’lum mehnat bozoridagi yuqori ish haqi ko’proq ishchilarni ayni shu
mehnat bozorida faoliyat yuritishlariga qiziqtiradi
5
.
Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasida ayrim mualliflar (jumladan,
«Ekonomiks» darsliklarida, V.D.Kamaev rahbarligida nashr etilgan «Iqtisodiyot
nazariyasi» darsligi va boshqalarda)
6
ish haqini
mehnat narxi
sifatida, ayrimlari
esa
7
mehnat bozoridagi talab va taklifning muvozanat narxi
sifatida talqin
etadilar. Bunda ular asosan bozorda mehnat sotiladi degan bizningcha noto’g’ri
tushunchaga
asoslanishadi.
Mehnat
ishchi
kuchining
funktsiya qilishi, uning ma’lum maqsadga qaratilgan faoliyat
jarayoni bo’lib, uning na qiymati, na narxi yo’qligi, bu
jarayonni bozorga olib chiqib sotib bo’lmasligi fanda ham,
real hayotda ham, iqtisodiy amaliyotda ham hammaga ayon
bo’lgan va allaqachon isbotlangan masaladir. Shuning uchun
buni isbotlashga harakat qilmasak ham bo’ladi. Lekin bu
g’oyaning negizida bir ijobiy tomon borki, uni albatta hisobga
olish zarur. Bu ham bo’lsa ular mehnatni ishchining malakasi,
intensivligi va natijasi bilan bog’lashga harakat qilganlar. Ish haqining mazmuni
to’g’risidagi turli nazariyalarni, (turli mamlakatlardagi va o’z mamlakatimizdagi
amaliyotni) umumlashtirib, quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin.
1.
Ish haqi to’g’risidagi nazariyalarda unga bir tomonlama yondashish
xususiyati mavjud bo’lib, uning murakkab va ko’p qirrali iqtisodiy jarayon ekanligi
ma’lum darajada e’tibordan chetda qolgan. Lekin bu nazariyalarning har birida ish
haqining u yoki bu tomoniga to’g’ri baho berilgan bo’lib, ularda foydalanish
mumkin bo’lgan ijobiy mazmun mavjuddir.
5
Economics : principles, problems, and policies / Campbell R. McConnell, Stanley L. Brue.– 17th ed. 250 b
6
Qaralsin: Makkonnell K.R., Bryu S.L. Ekonomiks: Printsipi, problemi i politika. T.2. – M.: Respublika, 1992, 156-
b.; Ekonomicheskaya teoriya: Ucheb. dlya stud. vissh. ucheb. zavedeniy/ Pod red. V.D.Kamaeva. M.: Gumanitar.
izd. tsentr VLADOS, 2004, 175-b.
7
Qaralsin: Kurs ekonomicheskoy teorii. Ucheb. posob. pod red. Chepurina M.N., Kiselevoy E.A. Kirov, izd-vo
«ASA», 1995, 233-b.; Tojiboeva D. Iqtisodiyot nazariyasi: Oliy o’quv yurtlari talabalari uchun o’quv qo’llanma. –
T.: «O’qituvchi». 2002, 227-b.
Do'stlaringiz bilan baham: |