Mavzu:Empirik tadqiqot usullari
Hozirgi taraqqiy etgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim o’zgarishlarni, kishilar o’rtasidagi munosabatlarni empirik tadqiqotlarsiz ilmiy asosda o’rganib bo’lmaydi. Jamiyatni ilmiy boshqarish doimo empirik tadqiqot natijalariga tayanmog’i zarur. Mavjud ijtimoiy, siyisiy va ma’naviy sohalardagi muammolarni hal etib borishda, jamiyatning ijtimoiy rivojlanishida va unga rejali prognoz berish bilan uni ilmiy asosda boshqarishda empirik tadqiqot natijalari muhim vazifalarni bajaradi.
Empirik so’zi qadimiy yunoncha bo’lib, tajriba ma`nosini anglatadi. Empirik tadqiqot deganda, yangi dastur va uslubiyat bilan amaliy asosda hayot, hodisa va jarayonlar to’g’risida olingan empirik ma`lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish asosida zarur amaliy takliflar, tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Empirik tadqiqotda ilmiy faktlarni izlash, tasnif qilish, to’plash muhim ahamiyatga ega. Ilmiy fakt deganda, ilmiy asoslangan, muayyan vaqt davomida real voqelikning alohida jihatlarini tasnif qilish orqali olingan ma`lumotlarga aytiladi.
Dastlabki empirik tadqiqotlar XVII asrdayoq o‘tkazilgan bo‘lsada, XX asrning birinchi yarmida AQShda ommalashdi. Empirik tadqiqotlar deyilganida, bilimlarni tajriba orqali olish tushuniladi. Empirik sotsiologik tadqiqotlarning ob’yekti – ijtimoiy hayotning mikrojaaryonlari, insonlarning harakatlari, tafakkur tarzi, fikri va munosabatlari. Ularning asosiy maqsadi sotsial guruhlar, individlar, tashkilotlar muammolarini, ya'ni jonli sotsial muammolarni bevosita o‘rganishdan iborat. Empirik tadqiqotlarni sotsiologiyaning muhim qismi sifatida empirizm konsepsiyasi bilan solishtirish mumkin emas, chunki empirizm konsepsiya sifatida nazariy bilimlarni butkul inkor qiladi.
Hissiy idrokning bevositaligi empirizm konsepsiyasida fanning asosini tashkiil etadi. Empirik tadqiqotlarning ob’yekti mikrojarayonlar, predmeti esa individlar, sotsial guruhlar, sotsial tashkilotlar, mehnat faoliyatining sermahsulligi, shaxs xususiyatlari va hk. Ularning vazifasi kuzatish, eksperiment, hujjatlarni o‘rganish va so‘rov metodlari orqali sotsial jarayonlar borasida faktlar va ma'lumotlar yig‘ishdan iborat. Empirik tadqiqotlar natijalarini ham amaliy, ham nazariy maqsadlarda ishlatish mumkin. Tarixiy rivojlanishga nazar tashlasak, empirik tadqiqotlarni o‘tkazish chog‘ida ko‘plab metodologik xarakterga ega bo‘lgan muammolar: sotsial faktning mohiyati, nazariy bilimning empirik ma'lumotlar bilan o‘zaro munosabatlari, so‘rov, kuzatish va ma'lumotlarni qayta ishlash jarayonida sub'ektiv omilning roli kabilar paydo bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |