7-mavzu. ILMIY IJOD TIZIMIDA FAKT
7.1. Fakt ilmiy tadqiqotning zarur elementi sifatida.
Fanning har qaysi sohasida ilmiy bilish va ijodning maqsadi haqiqatning tagiga yetish, ilmiy tadqiqot obyektining mohiyati, sifati va xossalari haqida haqqoniy va sifatli axborot olishdan iborat. Ilmiy ijod metodologiyasi yangi, haqqoniy (yani toʻgʻri, mantiqan ziddiyatsiz) ilmiy bilim olishning shart-sharoitlari va usullarini koʻrib chiqadi. Fan metodologiyasi va epistemologiyasining maqsadi fanda ilmiy
ijod, bilishning falsafiy-mantiqiy apparatini ishlab chiqishdan iborat.Murakkab, dialektik jihatdan ziddiyatli, ammo juda qiziqarli, baʼzan xatto dramatik va fojiali ilmiy ijod jarayoni yagona, alohida va umumiy, sabab va oqibat, mohiyat va hodisa,zaruriyat va tasodif, qism va butun, ichki va tashqi va hokazolarni tadqiq qilishni oʻz ichiga oladi. Obyekt, hodisa, jarayonni teran, har tomonlama, obyektiv, ijodiy va qiziqish bilan oʻrganishgina olimlarga ilmiy haqiqatni kashf etish, olingan
ilmiy bilimdan insonning amaliy ehtiyojlari uchun foydalanish imkonini beradi.
Faktlar fanda bilim negizini tashkil etadi. Ilmiy faktlarda oʻrganilayotgan hodisa haqida maʼlumotlar oʻz ifodasini topadi. Ilmiy faktlar ilmiy bilimlar, ilmiy farazlar.
Qonunlar va qoidalarni shakllantirish uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Ilmiy bilishda faktlar ichki va tashqi aloqalar hamda qonuniyatlarni aniqlaydi, ilmiy bilimning oʻsishiga koʻmaklashadi.Ilmiy ijod uzluksiz jarayon boʻlib, faktlarni topish, olish va anglab yetish uning zarur elementidir. Soʻnggi yillarda ilmiy ijodning turli sohalarida, masalan, eksperimental fizikada eksperimental moslamada «faktlar yoki hodisalarning tayyorlanishi, ilmiy fakt ilmiy tadqiqot mahsuli boʻlgani holda, imkon qadar koʻprok maʼnoli axborot yukiga ega boʻlishi,
olimlarning ijodiy izlanishlarida yoʻlchi yulduz boʻlib xizmat qilishi uchun maxsus shart-sharoitlar yaratish haqida koʻp gapirilmokda “Fakt”atamasi lotincha “factum” soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, kamalga oshirilgan», «sodir etilgan» degan maʼnoni
bildiradi. Binobarin, ilmiy bilishda fakt deganda real amalga oshgan, oʻzining mavjud borligini roʻyobga chiqargan ayrim hodisani nazarda tutish oʻrinli boʻladi. Avvalambor,empirik, tajriba oʻtkazish yoʻli bilan, yani kuzatish va uning natijalarini tavsiflash orqali olingan qoidalar ilmiy fakt hisoblanadi. Ilmiy bilim, ilmiy ijod real faktlarga asoslanadi, bunda faktlarning oʻzi toʻgʻri va tulik boʻlishi kerak. Ilmiy fakt - bu obyektiv-xakkoniy deb isbotlangan va kaysi bilim tizimiga kiritilganidan qatʼi nazar,Oʻzining bu mazmunini yoqotmaydigan faktdir. Binobarin,bir variantlilik va obyektivlik ilmiy faktning muxim xos-
sasidir.
Faktlar toʻplash ilmiy izlanishning muxim kismidir.
ammo faktlar olinishi bilan ilmiy bilishning ijodiy, ev-
ristik kismi fakat boshlanadi. Yangi faktlarni fan binosi-
ga muvofik ravishda kiritish, insonni kiziktirgan hodisa
yoki jarayonni toʻgʻri tushunish va tushuntirish zarur. faktlar
ilmiy farazlar, taxminlar, gipotezalar tuzishga faol yor-
dam beradi.
Fakt haqida epistemologik tushuncha sifatida gapirganda,
mazkur tushuncha (ilmiy fakt») bilish faoliyatining uzida bi-
lish obyektining u yoki bu xossalari xakida xakkoniy axborotni
mujassamlashtirgan va barcha odamlar tomonidan bir xil tu-
shunilishi mumkin boʻlgan ayrim obyektiv natijasini ifoda
etishini kayd etib utish kerak.
Ilmiy bilish tizimida faktlar kuyidagi funksiyalarni ba-
jaradi:
- tavsiflash;
- tushuntirish;
- asoslash;
- tushunish;
-bashorat kilish.
Ilmiy faktlar ilmiy bilish obyektini toʻgʻri va obyektiv
tavsiflaydi. Fakt kurinishida olingan bilim va faktlarni
tavsiflash asosida fan ilgari unga maʼlum boʻlmagan, olingan
72faktlar natijasida ilmiy bilim arsenalidan oʻrin olgan yangi
bilimni tushuntirish va asoslashga oʻtadi.
Ilmiy faktlarni tushuntirish, asoslash, talkin kilish
asosida mazkur faktlarni tushunish, anglab yetish sodir bula-
di. Bu yerda Gegel uzining «Mantik fani» asarida kayd et-
gan kuyidagi soʻzlarni keltirish oʻrinli buladi: <predmetni anglab yetish fakat shundan iboratki, Men bu pred-
metni oʻziniki kilib oladi, u predmetning moxiyatiga kirib
boradi va unga oʻz shaklini, yani barchaga baravar taalluq-
lilik shaklini beradi ¹. Gegelning fikrini xozirgi zamon
nemis faylasufi, falsafa va psixologiya germenevtikasi-
ning asoschilaridan biri V. Diltey kam takrorlaydi. Bi-
lishda tushunish deganda u obyektni sezish asosida yalpi an-
glab yetish va uni kayta tuzish ni tushunadi. Ilmiy fakt
obyektni sezish», uning asl moxiyatini tushunib yetishga
koʻmaklashadi. Faktlar olim narsalarni maʼlum nuktai na-
zardan, ijodiy kurishiga yordam beradi. Ilmiy faktlarni
analizdan oʻtkazish, ularni talkin kilishga oʻziga xos yond-
shuvni tanlay olishda olimning ijodiy saloxiyati namoyon
boʻladi. Mana shunday ijodiy faollikda olimning miyasida
atokli fizik N. Bor kayd etgan «telbanamo goyalar» tugila-
di. Aynan mana shunday goyalar kupincha ilmiy kashfiyotlar-
ga olib keladi. Ilmiy faktlarni kayta ishlash bilan bog-
lik epistemologik vaziyat mazkur faktlarni tushunish va ta-
lkin kilishni zarur komponent sifatida oʻz ichiga oladiki,
bu teran ilmiy abstraksiyalar, umumlashtirishlar va pro-
gnozlarga yoʻl ochadi.
Ilmiy faktning evristik kudrati uning ilmiy bilishda-
gi prognostik rolida oʻz ifodasini topadi: fanda bashorat
ilmiy faraz va intuyitsiya faktlarga tayanadi. Masalan, kush-
lar va xasharotlar, yani xavodan ogir obyektlar fazo muxi-
tida uchishga kodirligi buyuk mexanik N.E. Jukovskiy to-
monidan xozirgi zamon aerodinamikasining negizini tash-
kil etuvchi kutarma kuch nazariyasining yaratilishiga olib kel-
di. Barcha eng yangi aviatsiya va kosmonavtika vositalari -
raketalar, samolyotlar, vertolyotlar, dirijabllarni loyi-
G. Gegel. Nauka logiki. - M.: Mыsl, 1972. T. 3. S. 18.
73xalash Jukovskiy kashf etgan aerodinamika asosida amal-
ga oshiriladi.
Jamiyatning iktisodiy tizimi, xoʻjalik yuritish mexaniz-
mi, shu jumladan marketing - ayirboshlash asosida odam-
larning talab va extiyojlarini kondirishga yoʻnaltirilgan
inson faoliyati turining rivojlanishi faktlarini oʻrganish
koʻp sonli iktisod nazariyalarining (F. Kottler, A. Mar-
shall, D. Keyns, U. Maslou va boshkalar) negizini tashkil
etadi.
7.2. Ilmiy tadkikot tizimida fakt
Ilmiy faktlarni olish va topish maxsus tashkil etilgan
ilmiy tadkikot faoliyati, ilmiy bilishning har xil metodla-
ridan ongli va ijodiy foydalanishning natijasidir. Bu ja-
rayon rivojlanayotgan, oʻsib borayotgan ilmiy bilim tizimi bi-
lan belgilangan boʻlib, ilmiy ijod tuzilishida muhim oʻrin
egallaydi.
Epistemologik nuktai nazardan fakt deganda fanda real
mavjud deb kayd etilgan obyektiv vokelikning bir parchasi tu-
shuniladi. Bilinmagan vokelik fakt boʻlolmaydi, chunki u xakda
biror gap aytish mumkin emas. Ilmiy ijodda, ilmiy tadkikot-
larni analizdan oʻtkazish va prognoz kilishda kul ostimizdagi
faktlardan kelib chikishimiz zarur.
Fan faktlarni shunchaki stixiyali ravishda tuplamaydi,
ularni rejali va ongli ravishda, izchil topadi. Shunday
kilib, fan faktlarining majmuyi-bu xaos, bilimlar va ax-
borotlarning betartib uyumi emas, balki ichki mantikka ega
boʻlgan katʼiy tizimdir. U oʻzini yaratgan va undan ilmiy tad-
kikoti faoliyatida foydalanadigan odamlar uchun teran ev-
ristik maʼnoga ega.
Faktlarni topishga kirishishdan oldin olim oʻz niyatini:
kaysi fan soxasidan kanday faktlarni, kaysi usullarda, kan-
day shartlarda, nima maksadda oʻrganmokchi ekanligini anik-
lab oladi.
Boshkacha aytganda, ilmiy fakt unga maʼno va muayyanlik baxsh
etuvchi maʼlum fan tizimi bilan belgilanadi. Oʻziga kerakli
faktlar yukligi ayon boʻlgan hodisalarni olim ilmiy izlanish
74doirasidan oldindan chikaradi. Fanda kizikarli va muxim fak-
tlarning yangi manbalarini topish, kashf etish olim ijodiy ta-
fakkurining yorkin koʻrinishi boʻlib, ilmiy kashfiyot uning chukki-
sini tashkil etadi.
Odatda olim ilmiy faktlarni biron-bir ishchi gipoteza ski
aniklangan ilmiy nazariya asosida toʻplab boradi. Olingan fak-
tlar yo mazkur nazariya xakidagi bilimlarimizni chukurlashti-
radi, yo uning zaif jihatlarini koʻrsatib beradi, baʼzan esa
uni tulik inkor etadi. Soʻnggi xolat ilmiy ijodda juda mu-
xim, chunki u fanning rivojlanishiga turtki beradi: nazariya-
ga zid boʻlgan faktlar ilmiy ijodning eng inkilobiy elemen-
ti, ilmiy tafakkurni kuchaytirish vositasi, ilmiy bilimni
ustiruvchi kuchlir.
Ilmiy faktlar oʻrganish, analizdan oʻtkazish, takkoslash,
ular oʻrtasidagi alokalarni aniklash, bulardan xulosa chika-
rish va yangi faktlarni izlash uchun olinadi. Faktlar, taʼbir
joiz bulsa, olimning ijodIY MUHITINI yaratadi, ular olim
nafas oladigan xavodir. Olim faktlarga, mantikka va intu.
itsiyaga tayanib nazariya yaratadi. Oʻz navbatida, har kanday il-
miy nazariya faktlar orkali reallik bilan boglanadi, fakt-
lar orkali va faktlarda inson oʻzini kurshagan olamni oʻrga-
nadi. Ilmiy faktlar xakikatni isbotlash va ilmiy xatoni
inkor etishda eng ishonchli dalildir. Nazariyalar va gipote-
zalar yoʻkka chikadi, ilmiy paradigmalar (T. Kun) va tadki-
kot dasturlari (I. Lakatos) bir-birini almashtiradi, fakt-
lar esa koladi.
Bir soxaga yeki bitta predmetga taallukli faktlar koʻp boʻla-
di, baʼzan ular bir-biriga zid keladi, zotan, vokelikning oʻzi
ziddiyatlidir. Shuning uchun xam ilmiy faktlar olishda tadki-
kotchi juda eʼtiborli, tirishkok, vijdonli va mutlako obyek-
tiv bulishi kerak, aks xolda u xakikatning tagiga yetish oʻrniga
faktlarni eski, oʻlik bilimga sxolastik moslashtirish bilan
mashgul boʻlib koladi. Bu yerda olimning ijodiy kobiliyatlari-
gina emas, dunyokarashi, prinsipialligi, halolligi, kasbiy eti-
kasi namoyon boʻladi. Mukaddas inkvizitsiya sudi G.Galiley va
J.Brunodan oʻz ilmiy eʼtikodlaridan voz kechishni talab kil-
di, ammo bu buyuk mutafakkirlar, ijodkorlar va xozirgi zamon
fanining asoschilari ilmiy xakikatga sodik kolishga oʻzlarida
matonat va kuch topa bildilar. G. Galiley zamondoshlarining
75taʼkibiga duchor buldi, J. Bruno esa gulxanda tiriklayin kuy-
dirildi. Prinsipiallik, ilmiy xalollik, vijdonlilik, non-
konformizm-olimning, tom maʼnoda ijodkor shaxsining oʻziga
xos jixatlaridir.
Yukorida aytilganlar ilmiy fakt ilmiy ijodning muhim
tarkibiy elementi sifatida kuzatilayotgan xodisalarning maʼ-
lum jixatlarining ratsional ifodasi ekanligini yetarli dara-
jada koʻrsatadi. Modomiki, zamon va makondagi bir tuzilma
yoki xodisa turli ilmiy konsepsiyalar doirasida xar xil talkin
kilinar ekan, biz bu yerda fanning turli faktlari haqida gap
ketyapti deb aytishimiz mumkin.
Fakt murakkab tabiatga ega ekanligini eʼtiborga olib, maz-
kur tabiatga mos keluvchi nazariyaning xakkoniyligi va ziddiyat-
sizligi ilmiy faktlarning xakkoniyligining zarur shartidir
dob xulosa chikarish mumkin. Tegishli faktlarning talkini aso-
sida yotuvchi gipotezalar va nazariyalarning soxtaligi nobotlan-
gan takdirda, ilmiy faktlar xato deb xisoblanadi. K. Popper
buni fan epistemologiyasidagi falsifikatsiya prinsipi deb ata-
gan. Masalan, I. Kant Yevklid geometriyasining xakkoniyligi-
ni matematikada rad ETIB BOʻlmaydigan fakt deb idrok etgan,
ammo N. Lobachevskiy, A. Baoli, L.Eyler, B. Riman va hozirgi
zamon noyevklid geometriyasining boshka bunyodkorlari oʻz ishla-
ri bilan bunday karash notoʻgʻri ekanligini, amalda geometriya-
lar juda koʻpligini isbotlab berdi.
Faktlarning konseptual talkin kilish tipiga, ularni il-
miy tushunchalar, konsepsiyalar va paradigmalarning maʼlum
tizimiga jalb etish usuliga boglikligi shunga olib keladiki,
ilmiy fakt tabiati u element sifatida kiruvchi bilim katla-
mining oʻziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Ilmiy bi-
lim ikki-empirik va nazariy tip yoki darajadan tashkil topa-
di, shuning uchun ham faktlarning ikki tipi mavjud deb eti-
rof etish kerak.
Empirik tushunchalar va konunlar doirasida talkin etila-
digan maʼlum xodisalarni bilish natijasini empirik ilmiy
fakt deb ataylik. Binobarin, maʼlum ilmiy nazariya Doirasi-
da talkin etiladigan faktni fanning nazariy fakti deb hisob-
lash lozim. Ilmiy faktlarni empirik va nazariyga bunday tur-
kumlash obyektiv voqelikni tavsiflashning ikki usuli oʻrta-
76sidagi jiddiy farkni aks ettiradi xamda ilmiy bilimning
rivojlanishini tushuntirishda muxim evristik axamiyatga ega-
dir. Empirik faktlarni puxta tanlab olish, ulardan toʻgʻri
xulosalar chikarish va ularni ilmiy bilimga-ilmiy faraz-
lar, taxminlar, gipotezalar yoki aniklangan ilmiy nazariyalar
katoriga kiritish ilmiy ijodning kup sonli jixatlaridan
biridir.
Ilmiy nazariyalarning rivojlanishini analizdan oʻtkazish-
da ilmiy fakt» tushunchasining metodologik ahamiyati toʻla
namoyon boʻladi. Bu yerda fakt ilmiy nazariyaning xakkoniyligi
va toʻlikligini, uning xodisalarni tushuntirish va bashorat
kilish kobiliyatini baholash mezoni boʻlib xizmat kiladi. Naza-
riy tafakkurning tarakkiyoti mukammal ilmiy nazariyalar oʻrni-
ga yanada mukammal, teran va toʻlik nazariyalar kelishi bilan
belgilanadi. Tabiiyki, obyektiv voqelikka mos keluvchi fakt-
larni kuprok aks ettirish»ga kodir boʻlgan nazariyani eng yaxshi
nazariya deb aytish mumkin. Shunday kilib, ilmiy bilimning
oʻsishi, ilmiy nazariyalar va paradigmalarning almashishi biz-
ning borlik konunlari haqidagi amaliy bilimlarimizning uz-
luksiz oʻsishi demakdir.
7.3. Fakt ilmiy tadqiqot va ijodni
asoslash mezoni sifatida
Ilmiy muammoni kuyish, uning yechimini topish, ilgari su-
rilgan koidalarni tekshirish uchun obyektiv xakikiyligi
aniklangan bilim zarur. Bu xakkoniy ilmiy bilim ilmiy
ijodda tayaniladigan fakt xisoblanadi. Hozirgi zamon fa-
nida ilmiy kuzatishlar, eksperimentlar va tajribalarning
natijalari xam, xakkoniyligi amaliyotda isbotlangan naza-
riy konunlar ham faktlar deb eʼtirof etiladi. Bilimning
haqqoniyligi, toʻgʻriligi uning faktga aylanishining zarur
shartidir, shuning uchun ham faktlarni - ular maʼkulmi, no-
maʼkulmi, tadkikot uchun kulaymi, nokulaymi, katʼi nazar,
kabul kilish kerak.
Faktning kolgan barcha belgilari, masalan, uning bir va-
riantliligi, yaʼni oʻzi tarkibida boʻlgan tizimdan maʼlum da-
rajada erkinligi uning haqqoniyligi mahsulidir. Fakt -bu
77
. obyektiv-xakkoniy deb isbotlangan va kaysi bilim tizimiga
kiritilishidan katʼi nazar, shunday bulib koladigan xodisa-
dir. Gipotezalar, farazlar, taxminlar amaliyot sinoviga dosh
berolmay parchalanib ketishi mumkin, ammo ularga asos boʻlgan
faktlar koladi va bir bilim tizimidan boshkasiga oʻtadi. Fakt
ilmiy bilim elementi sifatida obyektiv olamning yanada anik,
muvofik obrazlarini shakllantirishga yordam beradi. CH. Dar-
vin ilmiy ijod jarayonida faktlar katta rol oʻynashini kursa-
tib: «Fan faktlarni guruhlash va buning asosida ularning
umumiy konunlari yoki xulosalarini chikarishdan iborat, deb
kayd etgan edi.
Yukorida aytilganlar jamiyatni iktisodiy rivojlanti-
rishga oid faktlar bilan ish koʻradigan, ularni analizdan
oʻtkazadigan, iktisodiy sxemalar, modellar va prognozlar tu-
zadigan iktisod nazariyasining rivojlanishiga ham toʻla da-
rajada taalluklidir. Iktisod fanining faktlari ktovar»,
«kiymat», «ayirboshlash», «taksimlash>>, <>, <>
singari atamalar va tushunchalar bilan tavsiflanadi. Yi-
rik iktisodchi olimlar iktisodiy tadkikotlarning faktla-
riga tayanib, ularni ijodiy ishlab chikib oʻz nazariyalari va
konsepsiyalarini yaratadilar.
Masalan, Avstriya iktisod maktabining asoschisi Karl Men-
ger uz ilmiy ijodida subyektiv-psixologik metodni iktisodiy
faktlar va hodisalarni koʻrib chikishga nisbatan birinchilar-
dan bulib koʻlladi. U oʻz iktisodiy karashlarida inson iktiso-
diy xayotning asosiy omili ekanligi, shuning uchun ham iktisod
nazariyasi insonni, uning extiyojlari va talablarini oʻrganishi
kerakligidan kelib chikdi.
Kembrij iktisod maktabining asoschisi, ingliz iktisodchisi
A. Marshall oʻz ilmiy ijodini klassik iktisod nazariyasi va-
killari-D.Rikardo, A. Smit, A. Sen-Simon, K. Marks, J.S.
Mill asarlarini chukur tankidiy analizdan oʻtkazish va umum-
lashtirishga bagishladi. Qiymat mexnat nazariyasi, foydalilik
va unumdorlikning eng katta mikdori nazariyasi asosida uta-
lab va taklif iktisodiy nazariyasini yaratdi. Bu nazariyaga aso-
san, tovarning bozor kiymati uning foydaliligining eng yuqori
1 CH. Darvin. Soch. T. 9. M., 1959. S. 196.
78darajasi (talab) va xarajatlarning eng katta mikdori (taklif)
bilan belgilanadi.
A. Marshallning shogirdi J. Keyns yaratgan iktisodning
rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solish nazariyasi
iktisod fanining yangi yoʻnalishi-makroiktisodga asos soldi.
U iktisodiy rivojlanishning umumiy talab va umumiy taklif,
milliy daromad, jamgarish, investitsiyalar, omonatlar singari
omillarining oʻzaro taʼsirini analizdan oʻtkazdi, tadqiq qilish-
ning matematik metodlaridan keng foydalandi.
Iktisod soxasida Nobel mukofoti laureati (1974-yil) F.
fon Xaysk neoliberalizmning yirik nazariyotchilaridan biri
boʻlib, iktisodda maksimal erkinlik, rakobat, erkin tadbir-
korlik, bozor mexanizmining ishiga davlatning mutlako ara-
lashmasligi prinsiplarini himoya kildi. Bozor mexanizmiga nis-
batan u katallaktika» degan maxsus atamani kulladi. Fon
Xayekning fikricha, kishilik jamiyatida ilmiy bilimning oʻsi-
shi erkin rakobat, fukarolarning shaxsiy tashabbusi va ijodiy
tavakkalchiligi asosida bozor iktisodining rivojlanishiga
mutlako tengdir.
Iktisod nazariyasida axoli oʻrtasida daromadlarning note-
kis taksimlanishi faktini analizdan oʻtkazishda Lorens egri
chizi i metodi juda samaralidir (grafikka karang).
Daromad salmogi (56)
Nazariya
Pears
k
Grafik: Loreni zeri
100
Ourarap carrozu (%)
Jamiyatda daromadlarni teng taksimlash nazariy imkoniya-
ti rasmda chizikli bogliklik bilan ifodalangan boʻlib, u oila-
79larning maʼlum foizi daromadlarning tegishli foizini oli-
shini aks ettiradi (masalan, oilalarning 20% daromadlarning
20% ni, oilalarning 40% daromadlarning 40% ni oladi va
h.k.). Real egri chizik real daromadlarni taksimlashda teng.
sizlik katta ekanligini koʻrsatadi. Absolyut tenglik nazariy
chizigi bilan Lorensning real egri chizigi oʻrtasida tafovut
kancha katta boʻlsa, tengsizlik xam shuncha katta boʻladi. Real
daromadlardagi tengsizlikni kuyidagi sabablar bilan tushun-
tirish mumkin:
• odamlarning kobiliyatlari, kasbiy didlari va moyillik-
laridagi farklar;
• maʼlumot va malaka darajasidagi farklar;
• meros va jamgarilgan boylikning mavjudligi;
• shaxsiy mulkka egalik.
Yukorida keltirilgan misollar iktisod nazariyasi, fanning
boshka soxalari singari, faktlar bilan yashashi, ular bilan ozik-
lanishi, oʻz bilish va metodlari va vositalarini yangi fak-
tlar va ular xakidagi bilimlar bilan boyitib borishini kursa-
tadi. Hakkoniy ilmiy fakt ilmiy tadkikot va ijod natijala-
rini asoslash mezoni bulib xizmat kiladi.
Hakikatning tagiga yetishdkor olim tirishkok ta-
fakkurining katʼiyat bilan, tinimsiz intilishi ilmiy ijod-
ning maqsadidir. Inson amaliyoti ilmiy bilimlar va tasav-
vurlarning xakkoniyligi mezoni bulib xizmat kiladi. U bir
tomondan, olimning ixtiyoridagi ilmiy faktlarning
xakkoniyligi va teranligi darajasini kursatsa, ikkinchi to-
mondan, mavjud ilmiy tasavvurlar va nazariyalarning
xakkoniyligi darajasini, mavjud faktlarga ularning mu-
vofikligini namoyon etadi.
Tadkikotchining tafakkuri faktlarni analizdan oʻtkazishi
natijasida oʻrganilayotgan hodisalarning umumiy va xususiy,
alohida jihatlari ajratiladi. Olimning tirishkok tafakku-
rn obyektning moxiyatini aynan faktlar, hodisalar orkali tu-
shunib yetadi. Jon Lokk XVII asrdayok faktga «Yakka bir narsa-
ning mavjudligi, deb taʼrif bergan. Ilmiy fakt bilimning
D. Lokk. Izbrannыe filosofskiye proizvedeniya v 2-x tomax. T. 1. M.,
1960, C. 640.
80elementi boʻlib, unda predmetni individuallashtiruvchi, uni
boshka xodisalar va jarayonlardan ajratuvchi belgi aks etadi.
Fakt hamisha axborot singari bir maʼnoli va bu jixatdan
xakkoniydir.
Fakt haqqoniyligi ilmiy nazariyaga kiritilib, mazkur
faktga tayanuvchi va moxiyat eʼtibori bilan nazariy koidalar-
ni tashkil etuvchi, barcha mushohadalarga koʻchib oʻtuvchi asosga
aylanadi.
Ilmiy fakt shunday gnoseologik, epistemologik tabiat-
ga egaki, u fanda bilimning eng oddiy shakli boʻlgani holda,
bilish obyektining tabiatidan kuplab jixatlari, xossala-
ri va tuslarini oladi. Faktlarni bilish, ijodiy oʻrganish
orkali olim tadkik qilinayotgan predmetning moxiyatini
asta-sekin tushunib boradi. Aloxida, parokanda faktlarni
toʻplash bilan boshlangan bilim asta-sekin bu faktlarni
umumlashtirish, mavjud faktlarning ikkinchi darajali
jixatlarini mavxumlashtirishdan ularning muxim, asosiy
jixatlarini ajratish, jamlash pogonasiga koʻtarilib bora-
di. Teran, sermazmun ilmiy abstraksiyalar, tushunchalar va
kategoriyalar shunday vujudga keladi. Ilmiy nazariya mav-
jud faktlarning mazmuni va maʼnosi xakida toʻgʻri tasav-
vur beradi.
Shunday kilib, faktlar teran nazariy ilmiy bilimning ne-
gizini tashkil etadi, mavjud nazariya mavjud bilimni toʻgʻri
tushuntirishga kodir boʻlsa, uni tasdiklaydi, real faktlar es-
kirgan nazariy sxemalar va dogmalar doirasiga sigmasa, ular-
ga zid boʻlsa, bu nazariyani inkor etadi. Ikkala xolda xam fakt-
lar ilmiy ijod, ilmiy bilimni oʻstirish, mavjud bilimlardan
jamiyatning amaliy hayotida foydalanish uchun bitmas-tuganmas
saloxiyatga egadir.
TAYANCH TUSHUNCHALAR
Bir variantlilik - maʼlum ifoda bilan boglik oʻzgaruvchi-
larni maʼlum tarzda oʻzgartirishda ifodani oʻzgarishsiz koldi-
ruvchi konsepsiya.
Konseptualizatsiya - toʻplangan empirik bilimlarga ularning
nazariy uyushkokligini taʼminlovchi ontologik tasavvurlarni
81kiritish; oʻrganilayotgan obyektlarning tabiati xakidagi tushun-
chalarning alokalari sxemasi.
Asoslash mezoni - ilmiy bilimning muxim komponenti; bi-
lish faoliyati jarayonida maʼlum bilimlar, normalar va kursat-
malardan foydalanishga asoslangan fikrlash jarayoni
Paradigma-ilmiy vazifalarni xal kilishda namuna sifa-
tida olingan nazariy, metodologik va aksiologik koʻrsatmalar
TIZIMI.
fakt (ilmiy)-obyektiv-xakkoniy dob isbotlangan va mazmu-
ni xamisha oʻzgarishsiz koladigan xodisa xakidagi ilmiy bi-
lim.
MAVZUGA DOIR SAVOLLAR
1. «Fakt» nima va ilmiy bilishda u qanday rol oʻynaydi?
2. Faktning kaysi turlarini bilasiz?
3. Fakt ilmiy ijodni asoslash mezoni boʻlib xizmat qiladi-
mi? Nima uchun?
4. Mashhur iktisodchi F. fon Xayek kiritgan «katallakti-
ka» atamasi nimani bildiradi?
5. Ijodiy tadqiqotda ilmiy faktning gnoseologik, epis-
temologik tabiatining moxiyati nimada?
Do'stlaringiz bilan baham: |