TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
Sharq va G‘arb davlatlari о‘rtasidagi diplomatik aloqalarning rivojida Amir Temur va
Temuriylar davri о‘ziga xosligi va takomillashganligi bilan ajralib turadi. Bevosita Amir Temur
hukmronligi davrida Yevropaning yirik davlatlari – Angliya, Fransiya, Ispaniya kabi davlatlar
bilan hamkorlik aloqalari olib borilgan
1
. Bunda Angliya qiroli Genrix IVning 1403-yilda Amir
Temur va uning о‘g‘li Mironshohga maktublar yо‘llagani yuqoridagi fikr-mulohazaga misol
bо‘la oladi
2
. О‘sha davrda, Yevropada yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy shart-
sharoit mintaqa xalqlari qatori inglizlarning ham Sharq mamlakatlari bilan aloqa о‘rnatishini
taqozo etdi. Zero, buyuk Amir Temur vujudga keltirgan ulkan saltanat nafaqat Osiyoning,
balki Yevropaning ham diqqat markazida turardi. Oradan qariyb olti asr о‘tib, ikki mintaqa
xalqlarining avlodlari yana bir-biri bilan о‘zaro aloqalarni tikladi. Ikki mintaqa о‘rtasida
siyosiy, madaniy hamkorlik yо‘lga qо‘yildi.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari ichida Buyuk Britaniya о‘zining
iqtisodiy salohiyati va
jahonga mashhur firma va kompaniyalar faoliyati bilan ajralib turadi. Buyuk Britaniya
О‘zbekiston mustaqilligini 1991-yil 31-dekabrda tan olgan va 1992-yil 18-fevralda diplomatik
munosabatlar о‘rnatildi
3
. О‘zbekiston bilan Buyuk Britaniya о‘rtasidagi hamkorlik 1993-yil
22-25-noyabrda О‘zbekistonning birinchi Prezidenti I. A. Karimovning
Buyuk Britaniyaga
qilgan tashrifi chog‘ida imzolangan “Savdo-iqtisodiy hamkorlik tо‘g‘risida”, “Kapital
qо‘yilmalar sarflanishini rag‘batlantirish va о‘zaro himoya qilish haqida” hamda “Ikki
yoqlama soliq solinishiga yо‘l qо‘ymaslik tо‘g‘risida”gi shartnomalarga asoslanadi
4
.
Hamkorlikning izchil davom etayotganligini 2016-yil dekabr oyida Buyuk Britaniya tashqi
ishlar vaziri Alan Dunkanning О‘zbekistonga rasmiy tashrifida kо‘rish mumkin. Tashqi ishlar
vaziri Alan Dunkan О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev bilan uchrashib, ikki
tomonlama aloqalarning bugungi ahvoli tahlil etildi va istiqbol rejalar kelishib olindi.
Markaziy Osiyodagi yirik davlat - О‘zbekiston bilan kо‘p sohalarda
manfaatli hamkorlikni
rivojlantirishdan rasmiy Londan ham juda manfaatdor ekanligini Alan Dunkan alohida
ta’kidlab о‘tdi. 2017-yil holatiga ko‘ra ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalarni
rivojlantirishga 22ta huquqiy shartnomalar asos bо‘lib xizmat qilmoqda. Ayniqsa, iqtisodiy
aloqalarda yildan yilga о‘sish bо‘lganligini kо‘rish mumkin. 2009-yil yakunlariga kо‘ra ikki
tomonlama savdo – tovar aylanmasi 37,3 mln. AQSH
dollarini tashkil etgan
5
. Bu kо‘rsatgich
Buyuk Britaniyaning О‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan tovar aylanmasi
hajmi bо‘yicha 2-о‘rinda
turishini anglatadi
6
. Buyuk Britaniya raqamli iqtisodiyot hamda
sun’iy intellektni rivojlantirish va amaliyotga tadbiq etish bо‘yicha jahondagi eng ilg‘or
davlatlardan biri hisoblanadi. Buyuk Britaniyaning ushbu sohadagi yutuqlari bilan tanishish
maqsadida 2019-yil 29-31-oktabr kunlari “О‘zbekistonda
hukumatning raqamli
1
Хидоятов Г.А. Г. История дипломатии. С древнейших времен до ХХ века. Том I. Ташкент.: “Зар қалам”,
- 2004. – С. 130-131., МИД РУз //Цель и задачи внешнеполитического курса Узбекистана. http: //
www.mfa.uz
2
МИД РУз //Цель и задачи внешнеполитического курса Узбекистана. http: // www.mfa.uz
3
Давлатлар ва халқаро ташкилотлар. (Маъсул муҳаррир ф.ф.д. Қ.Н. Назаров). Тошкент, “Академия”,
2005. – Б. 163.
4
Ғуломов Х.Г. Холлиев А.Г. Международные связи Республики Узбекистан с Великобританией и
США(1991
-2001гг). Ташкент, “Университет”, 2002. – Б. 23.
5
Ўзбекистон Республикаси Ташқи иқтисодий алоқлар, инвестициялар ва
савдо вазирлиги жорий
архиви. Европа Иттифоқи билан савдо
-иқтисодий, инвестиция ҳолати ҳақида маълумот. – Б. 3;
6
Ўзбекистон Республикаси билан ўзаро савдо-товар айланмаси бўйича Европа Иттифоқи давлатлари
ичида 2009 йил якунларига кўра Германия 1
- ўринни эгаллади.
224