TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
darslarida eshitishda nuqsoni bo‘lgan 1-2-sinf o‘quvchilar bilan ishlash usullarini keltirib
o‘tamiz.
Bunda 1-2-sinf o‘quvchilariga og‘zaki hisoblashlarni o‘rgatish, didaktik o‘yinlar va
mashqlarni qo‘llash, topshiriqli kartochkalar va o‘quvchilarning matematikaga bo‘lgan
qiziqishlarini oshiruvchi topshiriqlar bilan ishlash, og‘zaki hisoblash jadvallari kabilar o‘rin
olgan.
Didaktik o‘yinlar boshlang‘ich sinflarda ta’limning samarali bo‘lishiga,
o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini muvaffaqiyatli boshqarishga, matematikadan
nazariy bilimlarni oson egallashlariga, ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini
orttiradi.
Quyidagi namunalar maxsus maktab o‘qituvchilarining matematika darslarini turli xil
usullardan foydalanilgan holda tashkil etishiga yordam beradi. Bu didaktik materiallar va
o‘yinlardan har bir boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi ijodiy foydalanishi mumkin.
1
“Qaysi son yo‘q”. Didaktik topshiriq: 20 gacha bo‘lgan son qatori haqidagi miqdoriy
tushunchani mustahkamlash. O‘yin topshirig‘i: son qatorini tahlil qilib, o‘zi yo‘q son bilan
qo‘shni sonlarni ajratib tashlab, o‘sha sonni aytish. O‘yinning borish: o‘qituvchi boshlovchi
vazifasini bajaradi.
— Men sonlarni qatorasiga yozib boraveraman, sizlar diqqat bilan qarab o‘tiringlar,
biron joyi noto‘g‘ri bo‘lsa, aytasizlar, — deydi. O‘qituvchi doskaga quyidagicha qilib sonlarni
yoza boshlaydi: 10, 11, 12, 13, 14, 16 va hokazo. Bolalar tushirib qoldirilgan sonni darhol
payqaydilar va o‘qituvchi “yodidan chiqardi”, deb o‘ylaydilar. Chaqirilgan o‘quvchi xatoni
“tuzatadi” — doskada qaysi raqam “tushirib qoldirilgan” bo‘lsa, o‘sha yerdan boshlab
yozilgan narsalarni o‘chirib, o‘sha yerdan boshlab yozib ketadi (yoki nima yozilishi
kerakligini aytadi).
Misol istalgancha o‘zgartirilishi mumkin, masalan, 10 dan boshlab, 11, 12, 9, 13 va
hokazo deb yozish mumkin. Bolalar raqamlar to‘g‘ri yozilmaganini sezadilar, o‘qituvchi
ulardan qaysi son qaysi son ketidan yozilishi kerakligini so‘rab oladi. Sinfdagi
o‘quvchilarga baravariga hisoblatish mumkin, bunda o‘qituvchi raqamlarni ko‘rsatib
turadi.
Birinchi o‘nlik doirasidagi son tarkibi malakalarini mustahkamlovchi o‘yinlar.
“Buyumlarni 10gacha sanash”. Didaktik o‘yin: “Jimjitlik”
Didaktik topshiriq: bolalarning oddiy sanoq haqidagi tushunchalarini aniqlash va
mustahkamlash. O‘yin topshirig‘i: aniq buyumlarni “xayolda” sanab, kerakli sonni
barmoqlar bilan ko‘rsatish. O‘yinning borishi: o‘qituvchi boshlovchilik vazifasini bajaradi.
O‘qituvchi:
— Bolalar, “Jimjitlik” o‘yinini o‘ynaymiz. Men sizlarga hozir har xil narsalarni
ko‘rsataman. Siz ularning sonini topshingiz kerak bo‘ladi. Bolalar birdan gapga tushib
ketadilar.
— Yo‘q, bolalar. Javob qaytarishdan oldin qo‘l ko‘tarish kerak. O‘qituvchi bolalarga
doira va cho‘plarni sanatadi.
— Endi men sizlarga narsalarni ko‘rsataman. Sizlar ovoz chiqarmasdan sanab,
qancha bo‘lganini barmoqlaringiz bilan ko‘rsatasiz. O‘qituvchi 4ta qo‘g‘irchoqni
1
Abdullayeva B. Matematikadan didaktik materiallar.
220
Do'stlaringiz bilan baham: |