Iqtisodiy statistika



Download 27,89 Mb.
bet47/203
Sana01.09.2022
Hajmi27,89 Mb.
#848017
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   203
Bog'liq
Iqtisodiy statistika (H.Nabiyev, D.Nabiyev)

Aholi soni, Yosh inter- Kishi - yosh
Yoshi, yili
ming kishi valining o'rtasi soni
1 2 3 4 = 2 x 3
0 -4
442,0 2,5 1105,0
5-9
401,0 7,5 3007,5
10-14
431,4 12,5 5392,5
15-19
426,8 17,5 7469 ,0
20-25
451,8 22,5 10165,5


100 yosh va
0,4 103,5 41 ,4
undan katta
Jami 5728,6 - 17185,8


Yechim: Jadval m a’lumotlariga qaraganda tum an aholi­ sining o'rtacha yoshi teng:
V = 17185,8:5728,6=30,0 yosh.


4 -§. Aholining tabiiy harakati statistikasi

H ar qanday hududning aholi soni uning tuzilishi, tug'ilishi, vafot etishi va migratsiyasi hisobiga o'zgarib turadi.




Aholi sonini tug‘ilishlar va vafot etishlar hisobiga o'zgarishi aholining tabiiy harakati deb ataladi.
Aholining tabiiy harakati, aw alo mutloq ko'rsatkichlar bilan ifodalanadi: tug'ilishlar soni — T, vafot etganlar soni — VE, tabiiy o'sish soni — (T-VE). Shular qatoriga nikohdan o'tganlar soni — N O T va nikohdan o'chganlar soni — N O 'C H ko'rsatkichlari ham kiradi.
Aholining tug'ilishi, vafot etishi va tabiiy o'sish darajasi va o'zgarishi kishilar hayotining ijtimoiy-iqtisodiy shart- sharoitlariga bog'liq. Bu ko'rsatkichlar, aw alo ma’lum davr (masalan, bir yil) uchun mutloq miqdorlarda aniqlanadi va shu jarayonlar haqida ma’lum fikr yuritish imkoniyatini bersa ham, lekin ular bunday tabiiy harakatlarning intensivligi (tezligi) darajasini ifodalab bera olmaydi, chunki m am lakatlar aholisi soni har xil. Masalan, ikkita mamlakatning har birida bir yilda 20 mingdan aholi tug'ilgan bo'lib, u mamlakatlar- ning o'rtacha yillik aholi soni birinchisida 40,0 mln, ik- kinchisida 60 mln. kishiga teng. Tug'ilish darajasi qaysi mamlakatda yuqori yoki past ekanini aniqlash uchun bu jarayonlarning nisbiy darajalari aniqlanadi. Buning uchun tug'ilish, vafot etish va tabiiy o'sish absolut sonini m am ­ lakatning o'rtacha yillik aholi soniga bo'lish kerak. Statisti- kada bunday ko'rsatkichni har bir ming kishiga nisbatan (promilleda) ifodalanadi.
Aholining tabiiy harakatini ifodalovchi nisbiy ko'rsatkichlarga quyidagilar kiradi:
Birinchi guruh — aholi tabiiy harakatining um um iy ko'rsatkichlarini aniqlash uchun demografik hodisalar sonini aholining o'rtacha yillik soniga bo'lib aniqlanadi.
1. Tug'ilishning umumiy koeffitsiyenti m a’lum hududdagi
aholining har 1000 tasiga nechta tug'ilish to 'g 'ri kelishini ifodalaydi


Tug‘ilish umumiy Kt= T x 1000%/A;
«А» shahrining o 'rtacha yillik aholi soni 400 ming kishi.
2004-yilda 5,6 ming kishi tug‘ilgan.
Umumiy tug‘ilish Kt= 5,6/400 x 1000%= 14%o;
Demak, shahardagi har ming kishiga 14 bola tug‘ilganini ifodalaydi. Bu ko‘rsatkichni ham vaqt bo'yicha, ham hudud- lar bo'yicha solishtirish mumkin.
2. Vafot etishning umumiy koeffitsiyenti har ming kishi- dan nechtasi vafot etganini ifodalaydi.
Umumiy vafot etish Kt=VE/A x 1000%
«А» shahrida 2004-yilda 4,0 ming kishi vafot etgan. Umumiy vafot etish К 1=4,0/400х1000% =10% о
Demak, shahardagi har ming kishidan 10 tasi vafot et­ ganini ifodalaydi.
3. Aholining tabiiy o'sish koeffitsiyenti har 1000 kishiga to 'g 'ri kelgan tabiiy o'sish darajasini ko'rsatadi.
Tabiiy o'sish Kl=T-V E/A x 1000%
«А» shahri uchun tabiiy o'sish koeffitsiyenti Tabiiy o'sish Kt= 5 ,6 -4 ,0/400 x 1000%=4%o yoki Tabiiy o'sish К 1=14-10= 4%
Demak, shahardagi har ming kishiga 4ta tabiiy ko'payish to 'g 'ri kelgan.
O'zbekiston mustaqilligi yillarida yangicha demografik holat yuz berdi: bular, ayniqsa, aholi tug'ilishi, tabiiy takror paydo bo lishi, migratsiya va urbonizatsiya sohalarida yuz berdi.
Um um an, o'sish darajasi va aholi sonining mutloq o'sishi ancha pasaydi.
Keyingi o 'n yil ichida (1991—2000-yy.) O'zbekiston aholisi 3,9 mln. kishiga ortdi va 25,0 mln. kishini tashkil etdi. O 'rtacha har yil aholi l,8% ga ortdi yoki o'rtacha yillik
absolut oSish — 390 ming kishini tashkil etdi.


Awalgi o ‘n yillikda (1981 —1990-yy.) O'zbekiston aholisi 4,1 mln. kishiga yoki har yili 410 ming kishiga ortgan, o'rtacha o'sish tempi 2,5%ni tashkil etgan.
Undan awalgi o'n yilda (1959—1970-yy.) esa mamlakat aholisi o'rtacha 3,8%ga ortgan.
Aholining o'sish tezligining kamayishi asosan migratsiya hisobiga va tug'ilishning kamayishi hisobiga amalga oshgan. Qishloqda tug'ilish 25,5%oga tenglashib, respublika bo'yicha o'rtacha ko'rsatkichga tenglashib qoldi va yana pasayish ten- densiyasiga ega.
«Ijtimoiy fikr» nomli markaz ma’lumotlariga qaraganda pasayish 2010-yilgacha davom etadi. 2001 —2010-yillar davomida o'rtacha o'sish darajasi l,4% ni tashkil etib, 2010- yilda aholi soni — 27,9 mln. kishini tashkil etadi. Tug'ilish Kt-17,6% gacha pasayadi, vafot etish Ю ortadi. 2010-yildan boshlab ijtimoiy-iqtisodiy m uhitni yaxshilanishi hisobiga tug'ilish biroz ortadi va 2025-yilda O'zbekiston aholisi — 34,7 mln. kishiga yetadi.
4. Yashash koeffitsiyenti tug'ilish va vafot etish orasidagi nisbatni ifodalaydi:
Yashash Kf=T/V E x 100%0; yoki
Yashash Kt= Umumiy tug'ilish KVUmumiy vafot etish K1 Yuqoridagi misolda «А» shahrida yashash koeffitsiyenti
= 1,4 (tug'ilganlar soni vafot etganlar sonidan 1,4 m arta ko'p)ga teng.
Nikohdan o'tish va nikohdan o'chish koeffitsiyentlari ham shularga o'xshab aniqlanadi.

Download 27,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish