Iqtisodiy statistika



Download 27,89 Mb.
bet45/203
Sana01.09.2022
Hajmi27,89 Mb.
#848017
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   203
Bog'liq
Iqtisodiy statistika (H.Nabiyev, D.Nabiyev)

a - _______________________ 2 ____

M amlakat aholisi uning hududi bo'yicha joylanishi nuq-




tai nazardan shahar aholisi va qishloq aholisiga bo'linadi. Shahar aholisiga shaharlarda va shahar ko‘rinishidagi posyol- kalarda yashovchi, qishloq aholisiga esa qishloq joylarida ya­ shovchi barcha shaxslar kiradi. (Aholini bunday shahar va qishloq aholisiga ajratishni, ularni ishlab chiqarish belgisi bo'lgan m ehnat xarakteriga qarab: qishloq xo'jaligida va unda bo'lm agan aholiga ajratish bilan almashtirmaslik lozim). U yoki bu aholi punktini shaharga kiritish qonun bilan belgila- nadi.
O'zbekiston aholisi soni 2004-yil 1-aprelda 25 670 ming kishini tashkil etdi. Ularning 60 foizdan ortig'i qishloq ahol­ isi tarkibiga 40 foizga yaqini esa shahar aholisi tarkibiga kiritilgan.
Aholi umumiy soni bo'yicha O^zbekiston M D H davlat- lari ichida Rossiya va Ukrainadan so'ng uchinchi o'rinda turadi. Aholi zichligi 1 km 2 ga 54,4 kishini (2004 y.) tashkil etdi. O'zbekistonda Markaziy Osiyo mintaqasining 40 foiz aholisi yashaydi.
O'zbekistonning o'ziga xos demografik xususiyati shun- daki, bu yerda aholining o'sish sur'atlari yuqori. Keyingi yil- larda aholi tabiiy o'sishining bir qadar pasayishiga qaramas- dan, respublikamizda bu ko'rsatkich M D H davlatlari orasida eng yuqori ko'rsatkichlardan biri bo'lib qolmoqda.
Shunday qilib: DA=MA-VYa+VY
MA=DA+VYa-VY
DA — doimiy aholi soni M A — mavjud aholi soni
VY — vaqtincha yo'q bo'lgan aholi soni VYa — vaqtincha yashayotgan aholi
soni.
M asalan, «А» shahri bo'yicha quyidagi m a’lumotlar
mavjud (ming kishi):


1) yil boshida mavjud aholi soni — 315
2) shulardan vaqtincha yashayotgan shaxslar soni — 11
3) vaqtincha yo'q bo'lgan shaxslar soni — 19
4) yil oxirida shaharda doimiy yashovchilar soni — 307
5) shulardan vaqtincha yashayotganlar soni — 12
6) yil oxirida vaqtincha yo‘q bo'lganlar soni — 18
U holda: 1) DA yil boshida= 315-15+ 19= 323 ming kishi
2) DA yil oxirida= 307-12+ 18= 313 ming kishi
3) DA soni o'zgarishi = - 10 ming kishi
4) MA yil boshida= 323 + 11-19=315 ming ki­
shi
5) MA yil oxirida= 307 + 12-18=301 ming kishi
6) MA soni o'zgarishi = - 14 ming kishi Bunda aholining yil boshi va oxiridagi ikki xil sonini
hisoblashdan maqsad, har xil ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsat- kichilarni aniqlash hisoblanadi: ularga uy-joy, bog'cha-yasli, o'quv yurtlari binolari va kasalxonalarni qurishda har bir aholi yashaydigan punktning doimiy aholisi sonidan, shahar trans- portini to'xtovsiz ishlashini va kunlik oziq-ovqat bilan ta’minlash maqsadida mavjud aholi sonidan kelib chiqishi kerak. Ijtimoiy-iqtisodiy sharoit aholining hududlar bo'yicha tarqalishini va ayrim hudud yoki ma’muriy birliklar bo'yicha soni va zichligi aniqlanadi. Zichligini aniqlash uchun shu hududda yashovchi aholi sonini hudud kengligiga (km 2) bo'lib aniqlanadi. Masalan, O'zbekiston bo'yicha bu ko'rsat-kich 2004-yilda o'rtacha 54,4 kishi (25,6 ming kishi/447,300 km 2)ga teng bo'lgan. Lekin bu ko'rsatkich mamlakatning ay­
rim hududlari bo'yicha bir-biridan keskin farq qiladi.



Download 27,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish