Iqtisodiy statistika



Download 27,89 Mb.
bet43/203
Sana01.09.2022
Hajmi27,89 Mb.
#848017
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   203
Bog'liq
Iqtisodiy statistika (H.Nabiyev, D.Nabiyev)

IV bob. AHOLI STATISTIKASI


l - § . Aholi statistikaning o'rganish obyekti

Aholi (demografiya) statistikasi — ijtimoiy-iqtisodiy sta­ tistikaning eng qadimgi va muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u aholi yashash sharoitida yoki hayotida yuz bergan demografik hodisa va jarayonlarni statistik hisobga olish va tahlil qilish usullarini ishlab chiqadi va amaliyotda qo‘llaydi.


U ijtimoiy fan bo‘lib, o'zining bilish jarayonida um um insoniy falsafa va iqtisodiyot nazariyasi fanlariga su- yanadi va aholini yashash qonuniyatlarini m iqdor va sifat jihatlarini ifodalaydi. Bular aholining tabiiy va mexanik harakati, m am lakat hududlari bo'yicha joylanishi, takror paydo bo'lishi va uning ijtimoiy tuzilishi haqidagi qonunlardir. Ilmiy ta ’limotga asosan bu qonunlar zam inida jam iyatning ishlab chiqarish munosabatlari — iqtisodiy tu- zum i yotadi. Shuning uchun bu qonunlar iqtisodiy tuzum bilan birgalikda o'rganilishi kerak.
H ar qanday davlat (tuzum)ning aholisi o 'z tarkibi bo'yicha har xil bo'ladi va vaqt o'tishi bilan o'zgarib turadi. Shuning uchun aholining rivojlanish qonununiyatlari, uning tarkibini o'zgarishi va uning ko'p tomonlari aniq tarixiy sharoitlarni hisobga olgan holda o'rganilishi kerak.
M amlakatimizning bozor iqtisodiyotiga o'tishi tufayli aholini, jam iyatda ro'y berayotgan jarayonlarni, turm ush sharoitlarini statistik o'rganishga qiziqish yanada ortib bor­
moqda, chunki aholi birinchidan ishlab chiqarish jarayoni-


ning bevosita ishtirokchisi va ikkinchidan bu jarayon nati- jasining iste’molchisi ham hisoblanadi.
Aholi statistikasining o‘rganish obyekti ma’lum hududda yashovchi odamlar jamoasi hisoblanib, ular tug‘ilishi va vafot etishi hisobiga o‘zini-o‘zi tiklab turadi. Bunda kuzatish birligi alohida odam, oila yoki uy xo'jaliklari bo'lishi mumkin. Aholi statistikasida statistik kuzatish obyekti bo'lib, odamlaming har xil to'plamlari bo'lishi mumkin: barcha aholi (mavjud yoki doimiy yashovchi), aholining ayrim guruhlari (mehnatga layo­ qatli aholi, ishsizlar, nafaqaxo'rlar, shahar yoki qishloq aholisi, erkak yoki ayollar va h.k.), yoshlar yoki aksincha, yoshi ulug'lar, yil davomida tug'ilganlar (yoki boshqa davr orasida) yoki vafot etganlar va h.k. Odatda, kuzatish obyekti va birligi tadqiqot maqsadiga bog'liq holda tanlanadi.
Aholi statistikasining ma’lum ot manbalari quyidagilardan iborat: aholi ro'yxati — aholi haqidagi m a’lumotlam ing bi­ rinchi va asosiy manbai bo'ib, u aholi haqida har tom onlam a to 'liq va aniq m a’lumotlarni beradi. Lekin umumiy aholi ro'yxatini o'tkazish — katta m ehnat va mablag' talab qiladi- gan jarayon bo'lgani uchun BMT statistik hay'ati uni har o ‘n yilda bir marta amalga oshirishni taklif qilgan.
Ro'yxatga olishlar orasida esa mamlakatda yuz bergan demografik va ijtimoiy jarayonlar haqidagi m a’lum otlarni joriy hisob yoki tanlama kuzatish m a’lumotlaridan olish mumkin. Aholining tabiiy va mexanik harakati haqidagi m a’lum otlar asosida har bir hududdagi yillik aholi sonini hisoblash mumkin.
Aholini statistik o'rganish natijalari asosida turli xil ijti­ moiy-iqtisodiy masalalar yechiladi va aholi statistikasining vazifalari quyidagilardan iborat:
— aniq hudud, moment va sharoitda aholi sonini
aniqlash;


— aholini mamlakatning ayrim hududlari bo'yicha joy- lanishini (zichligini) tahlil qilish;
— aholi tarkibini (jinsi, yoshi, millati, ijtimoiy holati, m a’lumoti, bandligi va h.k.) o'rganish;
— aholini takror paydo bo'lishi (tug'ilish, vafot etish, tabiiy o'sish, nikohdan o‘tish va uni bekor qilish) jarayonlarini o'rganish;
— aholi migratsiyasi (ko'chib kelishi, ko'chib ketishi) jarayonlarini o'rganish;
— aholi soni va tarkibi kelajagini bashoratlash va h.k.



Download 27,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish