72
ko’payib ketishining oldini oladi. Juda to’g’ri fikr. Buning qanday amalga oshishini esa
kelgusi hayot ko’rsatadi.
Naqd pulsiz oborot quyidagi turlarga bo’linadi. To’lov maqsadiga qarab: tovar va
xizmatlar uchun (to’lov varaqasida yanada ham aniqroq yoziladi. Agar to’lov
varaqasining o’sha punkti to’ldirilmasa, bank uni oborotga qabul qilmaydi), tovarsiz
operatsiyalar (kredit uchun soliqlar, jarimalar va h.k.); mablag’ni o’tkazish joyiga qarab
bir xududda; xududlararo; mamlakatlararo hisob-kitoblar; to’lovni amalga oshirish
usullariga qarab: kafolatlangan (oldindan to’lovlar uchun pul ajratilgan) va
kafolatlanmagan hisob-kitoblar; hisob raqamlariga pul o’tkazish yoki o’zaro qarzlardan
kechish orqali hisob-kitoblar; to’lov kechiktiriladigan hisob-kitoblar; maxsulotni sotish
usuliga qarab: bevosita va bilvosita hisob-kitoblar.
Naqd pulsiz oborot ishlarini tashkil qilish va olib borish bilan banklar
shug’ullanadi. Banklar korxona va tashkilotlarning arizasiga binoan naqdsiz
operatsiyalarni amalga oshirish uchun: hisob raqami, joriy raqam, ssuda raqami, byudjet
schyoti, korrespondentsiya raqamlarini ochadi. Bunday raqamni ochib, ish boshlagan
korxona va tashkilotlarga naqdsiz operatsiyalarning quyidagi shakllaridan foydalanish
taklif etiladi: aktsept shakli; topshiriqnomalar orqali; akkredetiv; cheklar; o’zaro talab va
majburiyatlarni kechish asosida hisoblar; rejali to’lovlar va boshqalar. Shuni ta’kidlash
zarurki, naqdsiz operatsiyalarning biron-bir shaklini tanlash bank mijozining shaxsiy ishi.
Bu ishga bankning aralashishi mumkin emas. Bank maslaxatchi sifatida qatnashishi
mumkin.
Pul sifatida ko’riladigan eng yuqori likvidli aktivlardan biri, hozirgi kunda
qimmatli qog’ozlardir (ularning kelib chiqishi, turlari va samaradorligiga darslikda
alohida bob ajratilgan).
Jaxon bozorining paydo bo’lishi va rivojlanishi jahon pulining paydo bo’lishiga
olib keladi. Jahon pulining birinchi shakli oltin bo’lgan. XX asrga oltin o’rnini
rivojlangan davlatlar banknotlari egalladi – valyuta. Bugungi kunda oltin-valyuta
zaxiralari qo’llaniladi. Bu ko’rsatkichlardan to’lov disbalanslarini tugatishda
foydalaniladi. Umumiy zaxira, odatda, CDR – Special Drawing Rights –
o’zlashtirmaning maxsus xuquqi. O’MH – hisob-kitob valyutasi sifatida 4 (AQSh dollari,
Evro, F.sterling va ien) ta valyuta asosida hisoblanadi, XVF tomonidan u milliy
valyutalarning qiymatini taqqoslanishini (o’lchovdoshligini) ta’minlovchi vosita sifatida
emas, balki to’lov balansining saldosini boshqarish va rasmiy xalqaro zaxiralar va
hisoblarini to’ldirishga mo’ljallangan. O’MH bilan bir qatorda oldin Evropada EKYu,
hozirgi kunda Evro qo’llaniladi. Ohirgilar mintaqaviy pul – hisob birligi hisoblanadi.
Statistikaning eng muhim vazifasi pul massasini va aylanishi tezligini o’rganishdir.
Zamonaviy banklarning qobiliyatlilik darajasi belgilaydigan ko’rsatkichlardan biri
bo’lib, ularga mablag’ni (naqdsiz) kelib tushish xajmidir. Pul multiplikatori ushbu
qobiliyatni xarakterlovchi ko’rsatkich hisoblanadi va u zaxiralash normasini teskari
miqdori bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: