Ilm sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’izlik


 Pul massasining kupyuralilik ko’rsatkichlari



Download 6,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/260
Sana25.01.2022
Hajmi6,07 Mb.
#408770
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   260
Bog'liq
Moliya statistikasi darslik

3.4. Pul massasining kupyuralilik ko’rsatkichlari 
 
 
O’zbekistonning o’z milliy puli (so’m) 1994 yil 2 iyuldan boshlab mavjud. Hozirgi 
kunda  respublikada  so’m  kupyuralarini:  1,  3,  5,  10,  25,  50,  100,  200,  500  va  1000 
so’mlar  tashkil  qiladi.  Muomalada  qog’oz  pullar  bilan  bir  qatorda  tangalar  ham 
qo’llaniladi.  Kupyuralar  har  xil  ekan,  ularni  tuzilishini  o’rganish  va  tahlil  qilish  pul 
muomalasini  boshqarishda  zarur  ko’rsatkichlardan  biridir.  So’mni  kupyurlilik  tuzilishi 
deganda  bir  birliklarni  umumiy  pul  massasidagi  hissasiga  aytiladi.  Bu  ko’rsatkich 
kupyuralar  soni  va  ularni  summalari  bo’yicha  ham  hisoblanishi  mumkin.  Uni  hisoblash 
va  bilish  banklar  tomonidan  korxona  va  tashkilotlarga  ish  haqi  uchun  naqd  pul  berish, 
muomalaga  pul  chiqarish,  pulni  zaxira  fondlariga  joylashtirish  paytlarida  muhim 
axamiyat  kasb  etadi.  Chunki  kupyura  tuzilishini  yaxshi  bilmasdan  turib,  unga  ta’sir 
qiluvchi  omillarni  o’rganib  bo’lmaydi.  So’mning  kupyura  tuzilishiga  aholini  pul 
daromadlarini  o’zgarishi  tovarlar  va  xizmatlarga  bo’lgan  baholarni  o’zgarishi,  chakana 
tovar  obarotining  tarkibini  o’zgarishi,  aholi  talabini  qondirilishi  darajasi  va  boshqa 
omillar  ta’sir  qiladi.  Bu  omillarni  statistika  o’rganadi  va  o’lchaydi.  Shuni  ta’kidlash 


 
67 
lozimki,  inflyatsiya  kupyura  tuzilishiga  juda  katta  ta’sir  ko’rsatadi,  ya’ni  inflyatsiyani 
o’sishi  umumiy  tovar  oboroti  hajmida  qimmat  baholi  tovarlar  xissasini  ortishiga  olib 
keladi, bu  o’z navbatida katta kupyuralar soni ortishini talab qiladi.  
 
So’mning  kupyuralik  tuzilishi  yuqorida  ta’kidlanganidek  ikki  usulda  aniqlanishi 
mumkin: 
 
a) muomaladgi kupyuralar soni bo’yicha: 


f
f
d
:
 
 
b) kupyuralar summasi bo’yicha 


xf
xf
d
/
 
Bu  erda: 

–  muomaladagi  kupyuralar  soni  (qadr-qiymat  bo’yicha); 

f
–  barcha 
kupyuralar soni; 
x
 – kupyuralar qadr-qiymati. 
 
Pul massasini kupyura tuzilishidan, yuqoridagilardan tashqari, yana pul belgilarini 
tayyorlashda ularning optimal tarkibini va territoriya bo’yicha bank muassasalar o’rtasida 
taqsimlashda ham foydalaniladi. 
So’mning kupyura tuzilishini dinamikasini xarakterlash uchun va uni vaqt bo’yicha 
o’zgarishi  tendentsiyasini  aniqlash  maqsadida  o’rtacha  kupyura  hajmi  to’g’risida 
ma’lumotlar kerak. Bu ko’rsatkich quyidagi formula bilan hisoblanadi: 
,



f
хf
Х
  
 
3.1-jadvalda pul massasi kupyura tuzilishi (shartli raqamlarda) keltirilgan.  
 
 
 
3.1-jadval 
Kupyuraning qadr-
qiymati, so’m 
Kupyuralar soni, 
mln.dona 
Kupyuralar 
summasi, 
mln.so’m 
Kupyuralar tarkibi, % 
Soni bo’yicha 
Summasi bo’yicha 


xf 


100
/


f
f
 


100
/


xf
xf
 



10 
25 
50 
100 
200 
500 
1000 
120 
95 
78 
61 
40 
15 
12 
10 


120 
285 
390 
610 
1000 
750 
1200 
2000 
4500 
8000 
26,8 
21,2 
17,4 
13,6 
9,0 
3,3 
2,7 
2,2 
2,0 
1,8 
0,6 
1,5 
2,1 
3,2 
5,3 
4,0 
6,4 
10,6 
23,9 
42,4 
Jami  
448 
18855 
100,0 
100,0 
 
3.1 – jadvaldagi ma’lumotlar ko’rsatishicha kupyuralar soni va summasi bo’yicha 
hisoblangan  ulushlar  farqi  juda  katta.  Masalan,  eng  past  qadr-qiymatga  ega  bo’lgan  (1 


 
68 
so’m) kupyurani kupyuralar soni bo’yicha hissasi 26,8%, summasi – 0,6% tashkil qilgan. 
Shu paytni o’zida 1000 so’mlik kupyuraniki tegishli ravishda 1,8 va 42,4%. 
Ko’pchilikning  fikriga  ko’ra,  amaliyot  uchun  kupyuraning  summasi  bo’yicha 
hisoblangan ulushlarni ahamiyati katta emish. Ularning fikri bo’yicha ushbu ko’rsatkich 
asosida  naqd  pul  oborotida  kupyura  tuzilishini  kuzatish  va  tegishli  prognozlarni  ishlab 
chiqish mumkin emish (xulosani o’quvchi chiqarsin). 
O’rtacha kupyuralilik darajasi teng:  
.
1
,
42
448
18855
сўм
f
xf
X





 
 
Bu  ko’rsatkichni  faqatgina  muomalaga  chiqarilgan  pul  soni  bo’yicha  emas,  balki 
muomaladan qaytarib (turli sabablarga ko’ra) olingan kupyuralar bo’yicha ham hisoblash 
mumkin.  Muomaladan  qaytarib  olingan  kupyuralar,  agarda  ular  jismoniy  tomondan 
yaroqsiz deb topilmasa yana muomalaga qaytariladi. Xozirgi paytda muomalada qancha 
pul  bor  degan  savolga  javob  berish  uchun  muomaladagi  pul  hajmini  hisoblash  kerak. 
Muomaladagi pul hajmi muomalaga chiqarilgan va undan qaytarib olingan pul massasini 
farqiga tengdir. Bu ko’rsatkich pul muomalasini tashkil qilishda muhim ahamiyatga ega, 
chunki  mavjud  pul  muomalada  zarur  bo’lgan  normadan  oshib  ketsa,  u  qadrsizlana 
boshlaydi  va  aksincha  bo’lsa  buning  teskarisi.  Demak,  bu  ko’rsatkich  o’lchagich  rolini 
bajaradi. 
 
O’rtacha  kupyuralik  darajasini  hisoblash  bilan  pul  massasining  kupyuralilik 
tuzilish qanchalik naqd pul oboroti ehtiyojiga mos kelishi aniqlanadi, aholi qo’lida turib 
qolgan pul xajmi kuzatiladi va pul belgilarini yaroqsizlilik darajasi hisoblanadi. 
 
Kupyuralarni  o’rtacha  darajasi  dinamikasini  o’rganishda  indekslar  tizimidan 
foydalanish mumkin. 
 
 
O’zgaruvchan tarkibli indeks: 
 
 
 





0
0
0
1
1
1
:
f
f
x
f
f
x
J
X
 
 
 
O’zgarmas tarkibli indeks: 
 
 
 








1
0
1
1
1
1
0
1
1
1
:
f
x
f
x
f
f
x
f
f
x
J
X
 
 
 
Tarkibiy siljish indeksi: 
 
 
 





0
0
0
1
1
0
.
:
f
f
x
f
f
x
J
C
T
 
 
 
Ushbu indekslar o’zaro bog’liq indekslardir: 
 
 
 
C
T
X
X
J
J
J
.


 


 
69 
Pul  massasi  faqatgina  muomalaga  va  muomaladan  harakat  qilmasdan,  u 
territoriyalararo  ham  harakatda  bo’ladi.  Pul  massasini  bir  territoriyadan  ikkinchisiga 
harakati  pul  migratsiyasi  deb  ataladi.  Pul  migratsiyasi  ikki  hil  shaklda  uchraydi:  naqd 
pulsiz va naqd pulli. Masalan, bir viloyatni oladigan bo’lsak, biz ma’lum bir davr uchun 
(masalan,  bir  yil)  shu  viloyatga  kelib  tushgan  (banklar,  aloqa  organlari  orqali)  pul 
summasidan  chiqib  ketgan  (yuqoridagi  kanallar  orqali)  summani  ajaratamiz.  Agarda 
hisoblanadigan  davr  uchun  tushgan  summa  ketgan  summadan  yuqori  bo’lsa  bu  ijobiy 
migratsiya, teskarisi bo’lsa – salbiy migratsiya deyiladi. 
 
Pul  migratsiyasi  naqd  pul  shaklda  ham  amalga  oshiriladi.  Masalan,  Toshkent 
shahrini oladigan bo’lsak (oddiy kuzatish natijasida ham aniqlash mumkin), bu shaharda 
naqd  pulni  migratsiyasi  ijobiy  bo’ladi.  Buni  isbot  qilib  o’tirishning  keragi  yo’q  deb 
hisoblaymiz. Naqd pul bo’yicha  migratsiya summasini aniqlash mumkinmi degan savol 
tug’ilishi  tabiiy.  Mumkin,  birinchidan,  shu  territoriya  bo’yicha  (masalan  viloyat) 
muomalaga  chiqarilgan  puldan  muomaladan  qaytarib  olingan  summa  ajratilib,  kelib 
chiqqan  summaga  aholini  qo’lida  qolgan  pul  massasi  qo’shiladi.  Bu  summani  pul 
migratsiyasi sabablari bo’yicha ham aniqlash mumkin: a) qishloq xo’jalik mahsulotlarini 
shaharda  sotish;  b)  mavsumiy  ish  migratsiyasi;  v)  davolanish  va  dam  olish;  g)  xizmat 
safari  bilan  bog’liq  bo’lgan  xarajatlar;  d)  boshqa  sabablar  orqali.  Bu  sabablar  orqali 
amalga  oshgan  pul  migratsiyasi  summasi  odatda  maxsus  statistik  kuzatishlar  o’tkazish 
orqali aniq hisoblanishi mumkin. 
 

Download 6,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish