5.4. Bank normativlari, barqarorligi
va reytingi ko’rsatkichlari
O’zbekiston respublikasining Markaziy banki to’g’risidagi qununiga (52-modda)
muvofiq Respublika markaziy banki qolgan banklar uchun normativlar o’rnatish
huquqiga ega.
Nopmativlapning qo’llanilishi respublika banklarini barqarorligini ta’minlash va
ularni oldi olinishi mumkin bo’lgan yoki asossiz risklardan saqlab qolishdir. Asosiy
risklardan biri kredit riskidir. Normativ bo’yicha yirik kreditlar summasi bank kapitalidan
8 barobardan ko’p bo’lmasligi kerak, kapitalni etarliligi koeffitsienti (bank kapitalini
risk aktivlariga nisbati) 10 foizdan oshmasligi ko’zda tutilgan, bir zumda likvidlik
koeffitsenti minimal razmeri 0,25; joriy likvidlik-0,3; qisqa muddatli likvidlilik
ko’rsatkichni maksimal darajasi – 1,0 va boshqalar; bitta qarzdorga yoki o’zaro bog’liq
guruhiga risk darajasining maksimal darajasi birinchi darajali bank kapitali darajasidan
25 foizdan yuqori bo’lmasligi kerak, bank kreditlarini maksimal riski razmeri bank
kapitalidan 5 foizdan yuqori bo’lmasligi kerak; umumiy bank kapitalini etarlilik
koeffitsient (riskga asoslangan kapitalni umumiy summasini bank aktivlari umumiy
summasiga nisbati 0,1(10%) teng); birinchi darajadagi kapitalni etarlilik koeffitsenti
(oddiy aktsiyalar; kommulyatsiyativ - imtiyozli aktsiyalar, qo’shilgan kapital,
taqsimlanmagan foyda qiymatini umumiy aktivlariga nisbati). Bu erda minimal qiymat
0,05 (5 foiz). Umumiy kapitalda birinchi darajali kapital razmeri 50 foizdan oshmasligi
kerak.
Leveraja koeffitsenti. Bu ko’rsatkich birinchi darajali kapitalning aktivlarning
umumiy summasiga nisbati bilan hisoblanadi. Lekin bu ishni bajarishdan oldin umumiy
aktivlar summasidan nomoddiy aktivlar va Gudvill summasi chiqariladi. Gudvill
summasi bankni sotib olishda uni sof aktivlari qiymatidan ortiqcha to’langan summa.
Statistikaning vazifasi ana shu normativlarni bajarilish darajasiga baho berishdir.
131
Normativlarni hisoblashda bir qancha ko’rsatkichlar qo’llaniladi. Ularga:
1. Banklarning xususiy kapitali. U o’z ichga to’langan ustav fondi, bank zaxiralari
va taqsimlangan foydani oladi.
2. Normativlarni hisoblashda qo’llaniladigan xususiy kapital summasini
olishdan oldin, u summadan tugallanmagan kapital, qurilishga qo’yilgan mablag’lar va
qoplash muddati 30 kundan ortiqga kechikadigan kreditlar chiqariladi.
3. Likvid aktivlar. Ular tijorat banklarning Markaziy bankda saqlanadigan
zaxiralari; sotib olingan davlat obligatsiyalari qiymati; boshqa banklar schetidagi
mablag’lar; qoplash vaqti xali to’lmagan berilgan kredit summalar (1yilgacha muddatda).
4. Banklar iqtisodiy opratsiyalarni bajarish uchun ma’lum bir riskga boradilar.
Shuning uchun ham bank kapitali riskni hisobga olgan holda aniqlaniladi. U bank
aktivlari bilan mumkin bo’lgan darajada qo’ldan chiqarilgan mablag’ o’rtasidagi farqqa
teng
Endi moliyaviy barqarorlikni baholovchi bank normativlarini ko’rib chiqaylik.
1. Koeffitsent Kuka (H
1
) yoki kapitalni etarliligining normativi-bank xususiy
kapitalini risk bilan bog’langan aktivlar summasiga nisbati. Norma-5 foizdan yuqori.
2. Joriy likvidlilik normativi (N
2
) likvidli aktiavlarning hisob bo’yicha talab
qilinadigan bank majburiyatlariga nisbati. Norma – 30 % ortiq.
3. Bir zumda likvidlilik (N
3
)-yuqori likvidli aktivlarni bank majburiyatlariga (talab
qilinadigan) nisbati. Norma-20 foizdan ortiq.
4. Uzoq muddatli kreditlarning risk normativi (N
4
)-uzoq muddatli kreditlarning
xususiy kapital va uzoq muddatli depozitlarga nisbati. Norma- 120 % past.
5. Likvid aktivlar va netto-aktivlari nisbati (N
5
). Norma-10 % ortiq.
6. Bir qarzdorga bo’lgan risk normativi (N
6
)-qarzdorga berilgan kredit va
kafolatning bank xususiy kapitaliga nisbati. Norma-25 % oshmasligi kerak.
7. Yirik kreditlar xatari normativi (N
7
)-yirik kredit va hamma kafolatlarni 50 %
summasini bank xususiy kapitaliga nisbati. Norma-8 martadan yuqori bulmasligi kerak.
8. Bankning bir kreditori risk normativi (N
8
)-bir kreditor qo’yilmasining bank
xususiy kapitaliga nisbati. Norma 60 % dan past.
9. Bank aktsionerlariga kredit normativi (N
9
)-bir aktsionerga berilgan kredit
summasini bank xususiy kapitaliga nisbati. Norma 60 % dan ortiq emas.
10. Insayderlarning (bankni boshqarish bilan bog’liq bo’lgan jismoniy shaxslar)
qarzdorlik normativi (N
10
) - bitta insayderga berilgan kredit, kafolat va kafillik
summasini bank xususiy kapitaliga nisbati. Norma 10 foizdan past.
11. Aholi qo’yilmalari normativi (N
11
) - qo’yilmalarni xususiy kapitalga nisbati.
Norma-100 foizdan oshmasligi kerak.
12. Bank qatnashuvi normativi (N
12
) - bir yuridik shaxsning sotib olgan aktsiyalari
qiymatini bank xususiy kapitaliga nisbati. Norma - 45 foizdan oshmasligi kerak.
Qimmatli qog’ozlar bo’yicha operatsiyalar normativlari: qimmatli qog’ozlarga
investitsiyani bir emitentga maksimal miqdori – 0,15; ustav kapitaliga va barcha
emitentlarni boshqa qimmatli qog’ozlarga investitsiyani maksimal miqdori – 0,50; sotish-
sotib olish uchun qimmatli qog’ozlarga investitsiyani maksimal miqdori – 0,25.
Insayderlar (shaxslar bilan bog’liq operatsiyalar) ko’rsatkichlari: bir insayderga
yoki bog’liq shaxslar guruhiga berilgan kredit summasi (ta’minlangan kredit/lizing) – bir
insayderga eng yirik kredit (ta’minlangan)ni birinchi darajali kapitaliga nisbati – 0,25;
132
ta’minlanmagan kredit/lizing – 0,05; bankdan barcha insayderlarga berilgan kredit
summasi – barcha insayderlarga berilgan kredit summasini birinchi darajali kapitalga
nisbati – 1,00.
Bu keltirilgan normativlarning ko’pchiligi Respublika ma’muriy idoralari
tomonidan tasdiqlanmagan. Lekin jahon moliya bozorida ko’pchilik amaliyotchi-olimlar
tomonidan qo’llab-quvvatlanadagan va ishlatib kelinayotgan ko’rsatkichlardir.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, bu ko’rsatkichlarni hisoblash va ularga bo’ysinish
banklarning shaxsiy ishi. Statistika esa bu normativlar bo’yicha faqatgina ularni
bajarilishi va bajarilmasligini nazorat qilmasdan, umumiy o’rtacha ko’rsatkichlarni
hisoblaydi va ular asosida normativlardan chetlanish muammolari bilan shug’ullanadi,
ya’ni variatsiya kengligi, chiziqli chetlanish, kvadrat chetlanish va variatsiya koeffitsienti
va boshqalarni aniqlaydi.
Yuqorida keltirilgan va boshqa ko’rsatkichlar hisoblanilib va tahlil qilingandan
keyin, olingan natijalar asosida bankni banklar o’rtasida tutgan o’rni (reytingi)
aniqlaniladi. Reyting deganda ma’lum bir yoki bir necha natija bo’yicha o’rganilayotgan
ob’ektlarni taqqoslashga aytiladi. Bu ishni Respublika Markaziy banki yoki boshqa
tashkilotlar bajarishi mumkin. Agarda bu ish bank nazorati tashkilotlari tomonidan
bajarilsa (nazorat tashkilotlari bu ishni faqat rasmiy hisobot ma’lumotlari asosida emas,
balki sinetik va analitik uchet, joylardagi tekshirish va tanishish ma’lumotlari asosida
professional darajada bajaradi) natijalar matbuotda e’lon qilinmaydi, agarda bu ish ozod
agentliklar (markazlar, agentliklar, jurnallar va h.k. ) tomonidan bajarilsa (ular: 1) faqat
chop qilingan ma’lumotlar asosida bu ishni bajaradi; 2) ular bank ishini haqiqiy
mutaxasislari emas) ochiq matbuotda e’lon qilinadi. Bank reytingini aniqlash bo’yicha
chet elda boy tajriba to’plangan, shu tajriba bilan qisman tanishaylik.
Xalqaro amaliyotda reytingni aniqlash ikki tipdagi ko’rsatkichlar bo’yicha amalga
oshiriladi: miqdoriy (hajmiy) va sifat ko’rsatkichlari. Miqdoriy ko’rsatkichlarga: aktivlar
hajmi, depozitlar, kreditlar, xususiy kapital va foyda hajmi kiradi. Bular ichida eng
muhimi bank aktivlaridir.
Reytingning ikkinchi tipi bankning ishonchlilik darajasini aniqlash. Ishonch
darajasi likvidlilik, foydalilik, kapitalni etarliligi, aktivlarni risk darajasi, menejment
darajasi va boshqa ko’rsatkichlarni har tomonlama tahlil qilish natijasida aniqlanadi.
Chet elda tijorat banklarining ishonchlilik darajasini aniqlash davlat nazorati
darajasiga ko’tarilgan. Tijorat banklarining ishonchliligini ta’minlash bo’yicha ularga
qo’yiladigan talablar, banklar barqarorligini ta’minlashga hizmat qiluvchi nazorat
organlari qonun bilan tasdiqlangan. Bu organlar o’z ma’lumotlarini juda keng reklama
qilmaydi.
Tijorat banklarining reytingini aniqlash AQShda ancha rivojlangan. Bu erda
banklar faoliyatini baholashning reyting tizmi – SAMELga chuqurroq to’xtalamiz. Bu
tizim bo’yicha banklar faoliyati 5 balli tizim bilan baholanadi. Eng ishonchli banklar 1
ball oladi, bankrotga yaqinlari - 5. Tijorat bankining ishonchliligini mezonlari: kapitalni
etarliligi, aktivlar sifati, menejment, boshqaruvni sifat ko’rsatkichi hisoblanuvchi
daromadlilik, likvidlilik. Bu yo’nalishlarni har biri 5 balli tizim bilan baholanadi.
Bu ko’rsatkichlar har tomonlama o’rganilib va baholanib bo’lingandan so’ng,
tijorat bankining umumiy ishonchliligi 5 balli tizim bo’yicha baholanadi.
Agarda, umumiy reyting 1 ga teng bo’lsa, demak bank har tomonlama sog’, tashqi
133
moliyaviy o’zgarishlarga bardosh bera oladi, u boshqarish tizimini almashtirmasligi
mumkin, bank ishiga nazorat organlarining aralashuviga xojat yo’q.
2 ball. Bank sog’lom. Ayrim kamchiliklar uning barqarorligiga ta’sir qilmaydi.
Boshqarish tizimi o’zgarmasligi mumkin. Nazorat organlari, faqat aniqlangan
kamchiliklarni tuzatishda ishtirok etishlari mumkin.
3 ball. Bankda moliyaviy muammolar mavjud va o’z vaqtida tegishli choralar
ko’rilmasa turli moliyaviy vaziyatlarda bank hamma narsadan ajralishi mumkin. Bank
ishiga, ayniqsa kamchiliklarni tuzatishga nazorat tashkilotlarini aralashuvi zarur.
4 ball. Bankda jiddiy moliyaviy muammolar mavjud, bankni xonavayron bo’lish
ehtimoli yuqori, nazorat organlari aralashuvi shart va kamchilmiklarni tuzatishning
muhim rejasini ishlab chiqish zarur.
5 ball. Hamma narsa aniq. Bankning o’zi bu ahvoldan chiqa olmaydi. Chetdan
(aktsionerlardan yoki boshqa manbalardan) yordam kerak. Agarda tubdan choralar
ko’rilmasa bank yopiladi yoki boshqa bankga qo’shiladi.
Reytingni hisoblash bo’yicha Rossiyada ham ancha tajriba to’plangan. Bu ish bilan
asosan reyting agentliklari shug’ullanadi. Ularga: ABI (agentstva bankovskoy
informatsii), «Kommersant-Daily», Orgbank, firma «PAKK», «Reyting» axborot
markazi, ATsFI va boshqalar kiradi.
Bu agentliklarda ham chet eldagiga o’xshab ko’rsatkichlar ikki guruhga bo’linadi.
Miqdoriy ko’rsatkichlar bo’yicha reytingni aniqlash bilan ABI shug’ullanadi. Miqdoriy
ko’rsatkichlardan eng xal qiluvchi ko’rsatkich sifatida ABI: real aktivlar hajmi (balans
summasi-netto); kapital va mutloq foyda miqdori ko’rsatkichlarini qabul qilgan.
Qolgan agentliklar reytingini bankning sifat darajasi orqali aniqlashadi. Bu
ko’rsatkich bittasi uchun «ishonchlilik» bo’lsa, ikkinchisi uchun «kredit qobiliyati»,
uchinchisi uchun «barqarorlik» bo’lishi mumkin. Bu ko’rsatkichlarni tushunish va qabul
qilishga qarab, banklarni baholash uchun tegishli ko’rsatkichlar tizimi qo’llanadi.
Masalan, «Kommersant’-Daily» metodikasi bo’yicha («‘» reytingi nomini olgan guruh)
ishonchlilik ko’rsatkichlari sifatida quyidagi koeffitsientlar qabul qilingan:
1. Ishonchlilikning general koeffitsienti - likvid aktivlarning, ular bo’yicha
aktivlarga nisbati;
2. Bir zumda likvidlik koeffitsienti - likvid aktivlarning, ular bo’yicha
majburiyatlarga nisbati;
3. Kross - koeffitsient - bankning barcha majburiyatlarini berilgan kreditlarga
nisbati;
4. Likvidlikning general koeffitsienti - likvid aktivlar va ximoyalangan kapitalning
bankning umumiy majburiyatlariga nisbati;
5. Himoyalangan kapital yoki shuxrat koeffitsienti - himoyalangan kapitalning
umumiy kapitalga nisbati.
6. Foydani kapitalizatsiya qilish koeffitsienti - xususiy kapitalning ustav fondiga
nisbati.
Moliyaviy axborotni analitik markazi bank barqarorligini reytingini baholashda 10
ta ko’rsatkichdan foydalanadi (instrumentar koeffitsient, moliyaviy koeffitsient,
balansning ishonchliligi darajasi, audit koeffitsienti, dinamik koeffitsient, samaradorlik
koefitsienti, servis koeffitsienti, texnologik koeffitsient, ekspert koeffitsienti, shuhrat
koeffitsient). «Reyting» axborot markazi esa banklarning kreditlash qobiliyatini baholash
134
uchun 7 guruh ko’rsatkichlardan foydalanadi.
Yuqorida keltirilgan ko’rsatkichlar yoki guruh ko’rsatkichlari hisoblangandan
keyin umumiy baholash vazifasi paydo bo’ladi. Bu vazifa turli metodlar bilan echiladi
(aniq retsept yo’q). Lekin ko’pchilik bu ishni koeffitsientlar metodini qo’llab bajaradi.
Masalan, «‘» reyting metodikasi bo’yicha, yuqorida keltirilgan ko’rsatkichlar (6 ta)
salmog’i quyidagicha taqsimlangan: K
1
-45 %; K
2
-20 %; K
3
-10 %; K
4
-15 %; K
5
-5 %; K
6
-
5 %.
Har bir ko’rsatkichning qiymati va vaznlari aniqlangandan so’ng, umumiy yig’indi
ko’rsatkich hisoblanadi. Ishonchlilikni (yoki barqarorlikni) umumiy yig’indi
ko’rsatkichni aniqlash uchun hisoblangan ko’rsatkichlar qiymatlarini ularga tegishli
vaznlarga ko’paytirib, olingan natijalar qo’shiladi.
Bu ishning oxirgi pog’onasi bankning banklar ichida tutgan o’rnini aniqlashdir. Bu
ishni reyting jadvallarini tuzish bilan bajarish mumkin. Bu jadvalda umumiy (general)
ko’rsatkich, odatda o’sib yoki pasayib borish tipida joylashtiriladi.
Banklar faoliyatini reyting bilan baholash va bu baholarni matbuotda e’lon qilish
bilan biz qisman bo’lsa ham aholini va mutaxassislarni banklar faoliyati to’g’risidagi
informatsiyaga bo’lgan talabini qondiramiz va ularga bu informatsiya katta moliya
bozorida yo’l-yo’riq ko’rsatishi mumkin. Lekin, shuni esdan chiqarmaslik kerakki,
birinchidan, bu baholar sub’ektiv baholardir, ikkinchidan, ko’p agentliklar ma’lumotlarni
etarli darajada to’play olmaydilar va aynan shu sababli olingan natijalar real hayotdan
uzoqroq bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |