Operatsion o‘yinlar. Bu o‘yinlar aniq operatsionlar masalan insho yozish, misollar yechish, targ‘ibot yuritish, tashviqot qilish kabi operatsiyalarni bajarish holatini ishlab chiqishga ko‘maklashadi .Operatsion o‘yinlarda ta’lim ma’lum jarayonlar modellashtiriladi.
Rolli o‘yinlar. Bu o‘yinlarda ma’lum bir insonning faoliyat jarayoni vazifa va majburiyatni bajarishga hatti- harakatlari, hokum intizomining texnikasi ishlab chiqildi. Bunda vaziyatlar rollarni taqsimlash vujudga keltiriladi va ularni bajarishga ixtiyoriy,erkin yondoshish yo‘lga qo‘yilib,samimiy muxit yaratiladi.
Ishchi teatr. Bu o‘yinda qandaydir vazifa va bu vaziyatda muayan bir insonnig qiyofasiga kirib, uning uning hatti- harakatlarini ruhiy xolatini , faoliyatga munosabatini namoyish etishning senarisi ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi . Bunda talabalar o‘z hattiharakati, hulqini obyektiv baxolashi, o‘zgalar imkoniyatini inobatga olish, ular bilan aloqa o‘rnatish, ularning qiziqishlari, ehtiyojlari, faoliyatlariga buyruqbozlikdan cheklangan holda tasir ko‘rsatish muhim hisoblanadi.
Psixo va sotsiodrama. Bu o‘yin ishchi teatrdan bo‘lib, ijtimoiy ba psixologik masalalarni yechishi nazarda tutiladi. Bunday masalalarga jamoada yashash,unga moslashish, o‘zini idora eta olish,muamodagi ruxiy holatini his qila olishi, to‘g‘ri munosabat bildirilishi va baholash, o‘zgartira olishi,u bilan unumli muloqotga kirishish masalalar kiradi.1
Rolli o‘yinlarda “ayollar o‘lkasiga sayohat”, “ Denish manular ko‘chasi”, “O‘quv yurti o‘rtoqlik sudi”, “Isquvarlar ko‘chasi”, “Jumboq ko‘chasi “, kabi mavzular bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish mumkin. Shunday qilib o‘yin texnologiayalari didaktik bilim faoliyati, prugazorini kengaytirish, bilim, ko‘nikma, malakalarni amalyotda qo‘llash, ummum o‘quv ko‘nikma va mehnat malakalarini rivojlantirish, tarbiyaviy (iroda mustaqillikni tarbiyalash, axloqiy, estetik, huquqiy va dunyoqarsh yo‘nalishidagi fazilatlarni shakllantirish, jamoatchillik, muloqotga kirisha olish komunikativ, hamkorlik faoliyatiga o‘rgatish va.h.k), rivojlantiruvchi (diqqat, xotira, nutq, tafakkurni rivijlantirish malakasiga ega bo‘lish, xayol, fantaziya, o‘xshatishni topa olish, ijodiy qobilyat, optimal variantini topa olish, o‘quv faoliyati motivlarini o‘stirish), ijtimoiy (ijtimoiy, qimmatli hayot me’yorlariga ega bo‘lish, tashqi muhit sharoitiga moslashish, o‘z-o‘zini idora qilish, muammoni o‘rganish, psixoterapiyasi) maqsadli yo‘naltiruvchi vazifalar bajariladi. Bilimlar chuqurlashadi, mukamallashadi, ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlarning uyushishi amalga oshadi, komil insonning fazilatlari tarkib topib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |