G. Q. Hasanova, Z. B. Jalilov


Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi



Download 1,07 Mb.
bet97/134
Sana27.06.2022
Hajmi1,07 Mb.
#710678
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   134
Bog'liq
G. Q. Hasanova, Z. B. Jalilov

Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi. XX asrning 30 -60 yillarda yaratilgan ko‘pgina psixologik, pedagogik adabiyotlarda rivojlantiruvchi ta’lim konsepsiyasi to‘g‘risida so‘z yuritilib, ta’lim bola rivojlanishining muhim manbai ekanligi qayd etiladi (A.S.Vigotiskiy, A.N.Leontev, S.A.Rubinshteyn, D.B.Elkoning, L.Ya.Galsring, E.V. Ilvinkov, L.V.Zankov, V.V.Davidov).
Ular g‘oyalariga ko‘ra inson va jamiyat ehtiyojlari asosida ta’lim shunday qurilmog‘i darkorki, u qisqa vaqtda maksimal rivojlanishni ta’minlasin. Shunga asosan rivojlantiruvchi ta’lim pedagogik ta’sir tizimida shaxs irsiy xususiyatlarining rivojlanishini tezlashtirish, yo‘naltirish, rag‘batlantirishning stimulidir. Masalaga shu nuqtai nazardan yondashganda rivojlantiruvchi ta’lim shaxsning qobilyatlarini, bilish kuchlarini, intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyasi hisoblanadi.
G‘oya mazmunida bolaning psixik rivojlanishi, bilim, ko‘nikma, malakaning samarasi yaxshi bo‘ladi. Shuning uchun o‘qitish jarayonida bolaning psixik xususiyatlari, ichki imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish lozim. Buning uchun o‘qitish jarayonida ta’lim oluvchilarni turli faoliyatga jalb qilish, har xil didaktik o‘yinlar, munozara usullaridan, bolalar tasavvuri, tafakkuri, xotirasi, nutqini rivojlantiruvchi metodlardan foydalanish darkor.
Bunda, asosan, pedagogik fanlarni o‘qitishda ta’lim
oluvchilarning fikrlash faoliyatlarini rivojlantiruvchi-ko‘rgazmaliharakatli, amaliy, ko‘rgazmali-tasvirli, mavhum-nazariy o‘qitish ishlarini qo‘llash, muammoli ma’ruza, evristik, tabaqalashgan, aqliy hujum usullaridan foydalanish talab etiladi.
Bumerang” texnologiyasi. Mazkur texnologiya bir mashg‘ulot davomida o‘quv materialini chuqur va yaxlit holatda o‘rganish, ijodiy tushunib yetish. Erkin egallashga yo‘naltirilgan. U turli mazmun va xarakterga (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bo‘lgan mavzularni o‘rganishga yaroqli bo‘lib, o‘z ichiga og‘zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi hamda bir mashg‘ulot davomida har bir ishtirokchining turli mashg‘ulotlarni bajarishi, navbat bilan o‘quvchi yoki o‘qituvchi rolida bo‘lishi, kerakli balni to‘plashiga imkoniyat beradi. “Buremang” texnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiqni shakllantirishga imkoniyat yaratadi: xotirani, g‘oyalarni, fikrlarni, dalillarni og‘zaki va yozma shakllarda bayon qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Ta’lim bilan bir qatorda mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:
-jamoa bilan ishlash mahorati;
-muomalalik;
-xushfe’llik ;
-ko‘nikuvchanlik;
-o‘zgalar fikriga hurmat;
-faollik;
-rahbarlik sifatlarini shakllantirish;
-ishga ijodiy yondashish;
-o‘z faoliyatining samarali bo‘lishiga qiziqish;
-o‘zini xolis baholash.
Asosiy tushunchalar quyidagilar:
Ochiq savollar – bu savollar muomala, so‘zlashuvni davom ettirishga imkon beradi. Ularga qisqa, bir xil javob berish mumkin emas.
Yopiq savollar – bu savollar oldindan “ha” yoki “yo‘q” tipidagi to‘g‘ri, ochiq javoblarni berishni ko‘zda tutadi.
Kondalang so‘roq – bir-biriga guruhlab beriluvchi qisqa savollar qatori bo‘lib, bu o‘ziga xos axborotlar izlash hamda dalillarni, opponentlar pozitsiyasini aniqlash va muayyan qarorlar qabul qilish uchun ajoyib imkoniyatdir. Ko‘ndalang so‘roq paytida munozaraga kirishish mumkin emas. Bu vaqtda faqat savollar beriladi, munozaraga kirishilmaydi.
Skarabey” texnologiyasi. “Skarabey” interaktiv texnologiya bo‘lib, u o‘quvchilarda fikriy bog‘liqlik, mantiq, xotiraning rivojlanishiga imkon yaratadi,qandaydir muammoni hal qilishda o‘z fikrini erkin va ochiq ifodalash mahoratini shakllantiradi. Mazkur texnologiya o‘quvchilarga mustaqil ravishda bilimning sifati va saviyasini xolis baholash, o‘rganilayotgan mavzu haqidagi tushuncha va tasavvurlarni aniqlash imkonini beradi. U ayni paytda, turli g‘oyalarni ifodalash hamda ular orasidagi bog‘liqliklarni aniqlashga imkon yaratadi. “Skarabey” texnologiyasi har tomonlama bo‘lib, undan o‘quv materialining turli bosqichlarini o‘rganishda foydalaniladi:
-boshida – o‘quv faoliyatini rag‘batlantirish sifatida (“Aqliy hujum”);
-mavzuni o‘rganish jarayonida – uning mohiyati, tuzilishi va mazmunini belgilash, ular orasidagi asosiy qismlar, tushunchalar, aloqalar xarakterini aniqlash, mavzuni yanada chuqurroq o‘rganish, yangi jihatlarini ko‘rsatish;
-oxirida – olingan bilimlarni mustahkamlash va yakunlash maqsadida.
“Skarabey” texnologiyasi o‘quvchilar tomonidan oson qabul qilinadi,chunki u faoliyatning fikrlash bilish xususiyatlari inobatga olingan holda ishlab chiqilga. U o‘quvchilar tajribasidan foydalanishni ko‘zda tutadi, reflektiv kuzatishlarni amalga oshiradi, faol ijodiy izlash va fikriy tajriba o‘tkazish imkoniyatlarga ega. Mazkur texnologiyaning ayrim afzalliklari sifatida idrok qilishni yengillashtiruvchi chizma shakllaridan foydalanishni ko‘rsatish mumkin.
“Skarabey “ alohida ishlarda,kichik guruhlarda hamda o‘quv jamoalarda qo‘lanilishi mumkin.
Ta’limdan tashqari mazkur metot tarbiyaviy harakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:
-o‘zgalar fikriga hurmat;
-jamoa bilan ishlash maxorati;
-faolik;
-xushmuomalalik;
-ishga ijodiy yondashish;
-imkoniyatlarini ko‘rsatish ehtiyoji;
-o‘z qobilyatlari va imkoniyatlarini tekshirishga yordam beradi;
-“men” ligini ifodalashga imkon beradi;
-o‘z faoliyati natijalarga masulyat va qiziqish uyg‘otadi. Asosiy tushunchalar quydagilar :

  • Assosiasiya – mantiqiy bog‘liqlik bo‘lib, sezgilar,tasavvurlar, idrok qilish, g‘oyalar va boshqalar orasida xosil qiluvchi mantiqiy aloqadir.

  • Zanjirlash (muayan tartib)- ahamiyati, muhimligi, mazmuni darajasiga qarab tartiblash.

O‘qituvchi va o‘quvchi talabaning maqsatli natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomoning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan, bunda o‘quvchi talabalarning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiy tanlanadi masalan,natijaga erishish uchun balki kompuyuter bilan ishlash lozimdir,balki film, tarqatma material,chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi kerak bo‘ladi, bular o‘qituvchi va o‘quvchi talabaga bog‘liq.
Shu bilan bir qatorda o‘qitish jarayoni oldindan loyihalashtirish zarur, bu jarayonda o‘qituvchi o‘quv predmetining o‘ziga xos tomonini joy va sharoitini, o‘quvchining imkoniyati va ehtiyojini hamda hamkorlikdagi faoliyatini tashkil eta olishni hisobga olishi kerak, shundagina kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin.
Qisqa qilib aytganda o‘quvchi- talabani ta’limning markaziga olib chiqish kerak.
Shuningdek, mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tuzimiga, ayniqsa oliy ta’lim muassasalarida, taraqqiyotning hozirgi bosqichida, “Tabaqalashtirilgan a’lim texnologiyasi”, “ Dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyasi”, “Bilish o‘yin texnologiyasi”, “Forstu texnologiyasi”, “Masofali o‘qitish texnologiyasi” “Indivudiallashtirilgan”, “Kompuyuterni o‘qitish” kabi texnologiyalar ham keng qo‘llaniladi.1
Shunday qilib, ko‘rib o‘tilgan zamonaviy o‘qitish texnologiyalari o‘zida zamonaviy ta’lim shakllari majmuasi sifatida ta’lim beruvchida va ta’lim oluvchilarning hamkorlikdagi o‘quv faoliyatlarini tashkillashtirish, mujassamlashtirishni yo‘lga qo‘yadi va amalga oshiradi. Shu asosida oliy ta’lim maktablarida o‘qitiladigan pedagogik turkum fanlarni o‘qitishni jadallashtirish, mahsuldor ( produktiv ) qilish asosida talaba – yoshlarda erkin va mustaqil fikrlash, bilim doirasini kengaytirish, o‘z fikrini erkin, mazmunli bayon etish, jamoada o‘zini tuta bilish, jamoa ishlarida faol ishtirok etish, nutqi va muomila madaniyatini rivojlantiradi hamda takomillashtiradi zamonaviy o‘qitish texnologiyalarini qo‘llash jarayonida, ta’limning interaktiv metodlarni tadbiq etish masala yechishni osonlashtiradi .

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish