G. Q. Hasanova, Z. B. Jalilov



Download 1,07 Mb.
bet15/134
Sana27.06.2022
Hajmi1,07 Mb.
#710678
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   134
Bog'liq
G. Q. Hasanova, Z. B. Jalilov

Darslikning asosiy matni – bu ta’lim oluvchi tomonidan o‘rganilishi va o‘zlashtirishi majburiy bo‘lgan o‘quv axborotining asosiy manbai vazifasini bajaradi. Matnning mohiyatini asosiy tushunchalar, qonunlar, qoidalar, nazariyalar, mezonlar, tamoyillar va faoliyat usullari haqidagi bilimlar tashkil etadi.
Darslikdagi qo‘shimcha materiallar. Bu matnlar – asosiy matnda bayon qilingan holatlarni mustahkamlab va chuqurlashtirishga, kasbiy qobiliyatlarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi o‘quv materialini o‘z ichiga oladi. Qo‘shimcha matnlarga belgilashlar, hujjatlar (xrestomatik) materiallar, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan mashqlar, xulosalar, tavsiyalar, ma’lumotlar kiradi. Qo‘shimcha matnlar o‘quv materialini o‘zlashtirishga yordam berish bilan birga ijodkorlikka undovchi va tarbiyaviy funksiyalarni bajarishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.
Darslikning tushuntirish matni – o‘quv materialini tushunishga va chuqurroq o‘zlashtirishga mo‘ljallangan xususiy yozma tuzilma. Bu matnlar ta’lim oluvchilarning mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil qilishda muhim ahamiyatga ega. Tushuntiruvchi matnlarga izohlar, ilovalar, tayanch iboralar, tushuntirishlar, lug‘atlar, ramzlar va ko‘rsatkichlar kiradi. Bu matnlar tushunarli, qisqa va ma’lum tushunchani aniq shakllantiradigan bo‘lishi kerak.1
4.2. Davlat ta’lim standarti
Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti
Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlari “Ta’lim to‘g‘risida”,“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to‘g‘risida” 1997-yil 6-oktabrdagiPF-1869-sonva “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to‘g‘risida” 1998-yil 10noyabrdagiPF-2107-sonfarmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida” 1998-yil 5yanvardagi5-son, “Davlat test markazi tarkibida Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risida” 1998-yil 11martdagi109-son,O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2004-yil 24iyundagi293-sonqarorlari va oliy ta’lim sohasini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan. “Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar”: kadrlar tayyorlash sifatiga, ta’lim mazmuniga qo‘yiladigan
umumiy talablarni; ta’lim oluvchilar tayyorgarligining zarur va yetarli bilim darajasi hamda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan umumiy malakaviy talablarni; o‘quv yuklamasining hajmini;
ta’lim muassasalari faoliyati va kadrlar tayyorlash sifatini
baholash tartibotlari hamda mexanizmini belgilaydi.
OT DTS o‘quv jarayonini, ta’lim muassasalari faoliyatini, kadrlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalari tayyorlash sifatini baholashni tartibga soluvchi tegishli normativ hujjatlar (ta’lim sohalarining davlat ta’lim standartlari, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun malaka talablari, o‘quv rejalari, o‘quv fanlari dasturlari va boshqalar) yaratish uchun asos hisoblanadi.
OT DTS oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashda idoraviy bo‘ysunishi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
OT DTSga Kadrlar tayyorlash milliydasturibosqichlarini amalga oshirish jarayonida, shuningdek mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining istiqbollari, jamiyat ehtiyoji, fan, texnika, texnologiya va madaniyat yutuqlari, kadrlar tayyorlash borasida jahon tendensiyalaridan kelib chiqqan holda tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Oliy ta’lim standartlari quyidagi toifalarga bo‘linadi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan oliy ta’lim standartlari:

— Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar; — Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori. • Oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan oliy ta’lim standartlari — ta’lim sohalarining davlat ta’lim standartlari;
Muayyan ta’lim sohasining davlat ta’lim standarti quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:

  • zarvaraq (titul);

  • mundarija;

  • muayyan ta’lim sohasi (soha tarkibi)ning umumiy tasnifi;

  • bitiruvchilarning soha bo‘yicha tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan umumiy talablar;

  • o‘quv reja tuzilmasi;

  • kadrlar tayyorlash sifatini baholash.

Ta’lim sohasining davlat ta’lim standarti ikkita (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari) qismdan iborat bo‘ladi.
Quyidagilar oliy ta’limning normativ hujjatlari hisoblanadi:

  • oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligining malaka talablari, o‘quv rejalari va o‘quv fanlari dasturlari;

  • oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan oliy ta’lim muassasalarining muayyan ish faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlar.

Oliy ta’limning birinchi bosqichida o‘quv rejalari va fanlar dasturlari umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan uzluksizlik va uzviylik ta’minlanishini inobatga olgan holda ishlab chiqilishi va talabaning quyidagi majburiy fanlar bloklarini o‘zlashtirishini nazarda tutishi zarur:

  • gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy;

  • matematik va tabiiy-ilmiy;

  • umumkasbiy;

  • ixtisosli;

  • qo‘shimcha.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga muvofiq ayrim oliy ta’lim muassasalari yoki ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha boshqa fanlar bloklari belgilanishi mumkin.
Kasb faoliyati ko‘nikmalarini egallash uchun malaka amaliyotlari o‘tilishi nazarda tutilishi shart. O‘quv rejalar majburiy o‘quv fanlari bilan bir qatorda talabalar tanlagan fanlarni ham o‘z ichiga olishi shart.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejalari va fanlar dasturini o‘zlashtirishda talabalarning o‘quv fanlariga oid bir qancha masalalar va muammolar bo‘yicha mustaqil bilim olishi nazarda tutilishi lozim.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uning o‘quv rejalariga muvofiq ravishda yakuniy davlat attestatsiyasi bilan tugallanishi shart.

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish