Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Energiya ta’minoti shartnomasini tuzish va muddatini uzaytirish



Download 0,5 Mb.
bet37/324
Sana31.03.2022
Hajmi0,5 Mb.
#520875
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   324
Bog'liq
Fuqorolik kodeksi 2 qism

469-modda. Energiya ta’minoti shartnomasini tuzish va muddatini uzaytirish
Oldingi tahrirga qarang.
Energiya ta’minoti shartnomasi energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tarmoqlariga qonunchilikda belgilangan tartibda ulangan energiya qurilmasi, shuningdek energiya iste’molini hisobga olish uskunalari va asboblari mavjud bo‘lgan abonent bilan tuziladi.
(469-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 256-son “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” qarori.
Energiya ta’minoti shartnomasiga muvofiq energiyadan turmushda foydalanadigan fuqaro abonent bo‘lgan taqdirda, abonent tarmoqqa belgilangan tartibda amalda birinchi marta ulangan paytdan boshlab u bilan shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Energiya ta’minoti shartnomasining muddati tugagach, taraflardan biri uni bekor qilish yoki o‘zgartirish haqida ariza bermasa, u shartnomada nazarda tutilgan muddatga va shartlarda uzaytirilgan hisoblanadi. Shartnoma yangi muddatga uzaytirilganida uning shartlari taraflar kelishuviga binoan o‘zgartirilishi mumkin.
Agar taraflardan biri shartnomaning amal qilish muddati tugashidan oldin yangi shartnoma tuzish haqida taklif kiritsa, taraflarning o‘zaro munosabatlari yangi shartnoma tuzilgunga qadar avval tuzilgan shartnoma bilan tartibga solib turiladi.
470-modda. Energiya miqdori
Energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tutashtirilgan tarmoq orqali abonentga energiya ta’minoti shartnomasida nazarda tutilgan miqdorda va taraflar kelishgan energiya berish tartibiga amal qilgan holda energiya berishi lozim. Energiya bilan ta’minlovchi tashkilot bergan va abonent qabul qilgan energiya miqdori o‘lchov asboblari ko‘rsatkichlari bilan aniqlanadi.
Energiya ta’minoti shartnomasida abonentning o‘zi qabul qiladigan energiyaning shartnomada belgilangan miqdorini energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning energiyani shartnomada belgilanmagan miqdorda berishni ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash sharti bilan o‘zgartirish huquqi nazarda tutilishi mumkin.
Energiyadan turmushda foydalanadigan fuqaro energiya ta’minoti shartnomasiga muvofiq abonent bo‘lgan taqdirda u energiyadan o‘zi uchun zarur bo‘lgan miqdorda foydalanishga haqli.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish