Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Energiya ta’minoti shartnomasining energiya miqdori to‘g‘risidagi shartini buzish oqibatlari



Download 0,5 Mb.
bet38/324
Sana31.03.2022
Hajmi0,5 Mb.
#520875
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   324
Bog'liq
Fuqorolik kodeksi 2 qism

471-modda. Energiya ta’minoti shartnomasining energiya miqdori to‘g‘risidagi shartini buzish oqibatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Agar energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan tutashtirilgan tarmoq orqali abonentga energiya ta’minoti shartnomasida nazarda tutilgandan kam miqdorda energiya berilgan bo‘lsa, basharti qonunchilikda, shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa yoki u majburiyat mohiyatidan kelib chiqmasa, ushbu Kodeksning 399-moddasida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llanadi.
(471-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
472-modda. Energiya sifati
Energiya bilan ta’minlovchi tashkilot beradigan energiyaning sifati standartlashtirish bo‘yicha qonunchilikda yoki energiya ta’minoti shartnomasida belgilangan talablarga javob berishi lozim.
Energiya bilan ta’minlovchi tashkilot energiya sifatiga qo‘yiladigan talablarni buzgan taqdirda, agar qonunchilikda, energiya ta’minoti shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa yoki u majburiyat mohiyatidan kelib chiqmasa, ushbu Kodeksning 408-moddasida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llanadi.
(472-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
473-modda. Tarmoqlar, asbob va uskunalarni saqlash va ishlatish bo‘yicha abonentning majburiyatlari
Abonent ishlatilayotgan energetika tarmoqlari, asbob va uskunalarning zarur texnikaviy holati va xavfsizligini ta’minlashi, energiya ishlatishning belgilangan tartibiga amal qilishi, shuningdek avariyalar, yong‘inlar, energiyani o‘lchash asboblaridagi nosozliklar va energiyadan foydalanish paytida kelib chiqadigan boshqa buzilishlar to‘g‘risida energiya bilan ta’minlovchi tashkilotga darhol xabar berishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Energiya ta’minoti shartnomasiga muvofiq energiyadan turmushda foydalanadigan fuqaro abonent bo‘lgan taqdirda, agar qonunchilikda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, energetika tarmoqlari, shuningdek energiya iste’molini hisobga olish asboblarining zarur texnik holati va xavfsizligini ta’minlash majburiyati energiya bilan ta’minlovchi tashkilot zimmasiga yuklatiladi.
(473-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Energetika tarmoqlari, asbob va uskunalarning texnik holatiga va ularni ishlatishga qo‘yiladigan talablar, shuningdek ularga rioya etilishini nazorat qilish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(473-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari” va “Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari”.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish