Davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika fakulteti



Download 2,54 Mb.
bet90/305
Sana15.02.2022
Hajmi2,54 Mb.
#449723
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   305
Bog'liq
Umumiy Pedagogika majmua(1)

O'QUV BOSQICHLARI
Kamchiliklarga qaramay, inklyuziv ta'lim juda ko'p afzalliklarga ega. Ushbu ta'lim tizimiga maktabgacha yoshdagi bolalar bog'chalari va boshqa muassasalar, o'rta maktablar va o'rta kasb-hunar va oliy kasb-hunar ta'limi kiradi. Inklyuzivning asosiy maqsadi - bu nogironlar uchun to'siqsiz muhit yaratishdir.
“Inklyuziv ta’lim — barcha o‘quvchilar uchun maxsus ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning farqliligini inobatga olgan holda ta’lim muassasalarida ilm olishda teng huquqlilikni ta’minlashdir”.

Biroq, qonunning 20-moddasi “Inklyuziv ta’lim” bu ta’rifni o‘z ichiga olmaydi. Unda faqatgina “inklyuziv ta’lim barcha bolalarga, shu jumladan ta’lim olish chog‘ida o‘ziga nisbatan har qanday tarzdagi kamsitishni istisno etuvchi jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarga nisbatan teng huquqli munosabatda bo‘lish” haqida so‘z boradi.
Mazkur modda nogironligi bo‘lgan bolalarning barcha, ya’ni aqliy va sensor (eshitish va ko‘rish) nuqsonlari bo‘lgan bolalar toifalarini qamrab olmagan. Moddada ishlatilgan tushuncha “Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunda keltirilgan “nogiron bolalar” tushunchasiga mos kelishi lozim.
Sasseks universiteti Taraqqiyot tadqiqotlari instituti doktoranti Dilmurod Yusupov “Aqliy va sensorn nogironligi bo‘lgan bolalarni ajratib qo‘yish asosan, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi, kar va eshitish qobiliyati cheklangan bolalar uchun maxsus ixtisoslashtirilgan matablar hamda internatlar faoliyat yuritayotganiga asoslangan bo‘lishi mumkin, ammo bu kabi bolalarning inklyuziv ta’lim olish huquqini cheklab qo‘yish mumkin emas” degan fikrni ilgari surdi.
20-modda inklyuziv ta’lim olish huquqini cheklaydi va quyidagi shartni qo‘yadi: “Ta'lim tashkilotlarida jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarga inklyuziv ta’lim, buning uchun ushbu tashkilotlarda zarur sharoitlar yaratilgan taqdirda, tashkil etiladi.”
Boshqacha aytganda, agar ta’lim muassasasida inklyuziv sharoitlar yaratilgan taqdirda, nogironligi bo‘lgan bolalar inklyuziv ta’lim huquqidan foydalanishga da’vo qilishlari mumkin. Modda ta’lim muassasasiga nogironligi bo‘lgan bolalar uchun maqbul sharoitlarni yaratib berish majburiyatini yuklamaydi.
Bundan tashqari, 20-modda inklyuziv sharoitda ta’limni individual tartibda uyda yoki statsionar sharoitda tashkil etish tartibini belgilash uchun barcha vakolatlarni “ta'lim sohasidagi tegishli vakolatli davlat boshqaruvi organlari"ga berib, inklyuziv ta’lim olish huquqini cheklaydi.
9-moddada “Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar, shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalar davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida inklyuziv shaklda yoki uy sharoitlarida yakka tartibda ta’lim oladi” deyilgan. Ushbu moddada keltirilishiga ko‘ra, inklyuziv ta’lim ustuvor emas, balki hozirgi kunda mavjud ta’lim shakllaridan birigina xolos.
O‘zbekistondagi inklyuziv ta’lim tadqiqotchisi, yangi Zelandiyadagi Vaykato universiteti doktoranti Galina Namning ta’kidlashicha, nogironligi bo‘lgan bolalar uchun maxsus maktab-internatlarda yoki uyda emas, balki umumiy ta’lim muassasalarida ta’lim olish ustuvor bo‘lishi kerak.
“Bu barcha davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining bir vaqtda yopilishini anglatmaydi, lekin bolalarning bu kabi maskanlarda va uyda o‘qishiga faqatgina alohida holatlarda rozilik berishimiz zarur. Ta’lim muassasasini tanlash huquqi bolalarning o‘zida va ularning ota-onasida/qonuniy vakillarida qolishi kerak”, deya ta’kidlaydi Galina Nam.
So‘zining davomida u bolalarning inklyuziv ta’lim olish huquqini kafolatlash uchun maktab-internatlarda yashayotgan va ta’lim olayotgan bolalarda deinstitutsionalizatsiya jarayonini amalga oshirish kerakligini ta’kidlaydi. Shu munosobat bilan barcha darajadagi mutasaddi tashkilotlar ushbu guruh tarkibidagi bolalarning deinstitutsionalizatsiya qilinishiga qaratilgan tizimli yondashuvlarni ishlab chiqishi va hayotga tatbiq qilishi kerak. Bu kabi yondashuv ularning jamiyatga qayta integratsiyalashuvini rejalashtirish va amalga oshirish, keyinchalik umumiy ta’lim muassasalariga yo‘naltirishni, institutsionalizatsiya jarayonining oldini olish, ushbu bolalar va ularning oilalari uchun qo‘llab-quvvatlash (psixologik, ijtimoiy, moliyaviy, rekreatsion va pedagogik) xizmatlarini yaratishni qamrab olishi darkor.
“Ta'lim to‘g‘risida"gi qonunning yangi loyihasi shunday ishlab chiqilganki, qonun chiqaruvchilar va unga amal qiluvchilar amaldagi mavjud tizim ustunlariga tayanishmoqchi. Boshqa so‘z bilan aytganda, „mutaxassislar“ o‘z tavsiyalari bilan nogironligi bo‘lgan bolalarning ta’lim olishning qay bir shaklida o‘qishlari qaroriga ta’sir o‘tkazadilar. Ammo O‘zbekistonning ijtimoiy va madaniy yo‘nalishdagi tajribasi shuni ko‘rsatadiki, institutsional vakolatga ega bo‘lgan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalarning tavsiyalari institutsional kuchga ega bo‘lib, maslahat emas, imperativ xususiyat kasb qiladi. Bundan kelib chiqadiki, nogiron bolaning qayerda o‘qishi borasida psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalarning tavsiyalari ota-onalarda hech qanday shubha qoldirmaydi. Shunday qilib, qonun va uning moddalarini O‘zbekistonda nogironlik diskursinining ijtimoiy va madaniy holatidan kelib chiqib o‘qish lozim”, — deydi AQSHning Sirakuz universiteti doktori Mirjahon Turdiyev.
“Buyuk kelajak” ekspertlar kengashi a’zosi Odila Atabayeva Rossiya Federatsiyasining “Ta'lim to‘g‘risida"gi qonuni misolida o‘quvchilarga ta’lim muassasasi va ta’lim turini tanlashning akademik huquqi berilishi zarurligini ta’kidlaydi. Shu bilan birga, qonunga asosan ta’lim muassasasi bolaning psixofizik rivojlanishi va sog‘ligining ahvolidan kelib chiqib, bepul ijtimoiy-pedagogik va psixologik yordam olishi va psixologik-tibbiy-pedagogik maslahatlar olishi uchun shart-sharoit yaratib berishi zarur.
“Ta'lim to‘g‘risida"gi qonun loyihasining hozirgi shaklidagi kabi cheklov hech qayerda mavjud emas. Agar biror yordamga ehtiyoj tug‘ilsa, demak o‘quvchining tanloviga ko‘ra har qanday ta’lim muassasasi bu yordamni ko‘rsatishi kerak. Agar umumiy ta’lim muassasasida maxsus ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchi tahsil olayotgan bo‘lsa, maktab psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasiga ko‘ra zarur shart-sharoitlarni maktab (rahbariyati) xohishidan qat’i nazar yaratib berishi shart”, — deb tushuntiradi Odila Atabayeva.

Huquqlarga ega bo‘lish uchun imkoniyatlarni yaratish lozim


5-moddaga ko‘ra, “jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi”. Galina Nam mazkur moddaga sog‘ligining imkoniyatlariga qaramasdan har kim ilm olish huquqiga ega bo‘lishi uchun nogironlikni ham kiritishni taklif qiladi:
“Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei, nogironlik holati, yoki aks holdagi holatidan qat’i nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquq kafolatlanadi va to‘siqsiz ta’lim olish uchun imkoniyatlar va sharoitlar yaratiladi.”
Nogironligi va rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalarning umumta’lim maktablarida tahsil olish huquqi qonun bilan belgilanishi lozim. Agar bola yoki uning ota-onasi bu huquqdan foydalanish istagini bildirsa, maktab zarur shart-sharoitlarni yaratib berishi lozim.
“Qonun loyihasida inklyuziv ta’lim “teng huquqli munosobatlarga qaratilgan"ligi ko‘rsatilgan — bu mutlaqo noto‘g‘ri ta’rif, chunki inklyuziya teng huquq emas, balki teng imkoniyat to‘g‘risida so‘z yuritadi. Inklyuziya huquq to‘g‘risida emas, imkoniyatlar to‘g‘risidagi tushunchalarga asoslangan. Bu yerda katta farq mavjud. Haq-huquq hammadaku bir xil, biroq imkoniyatlarimiz bir xil emas. Inklyuziya hamma uchun teng imkoniyatlar va sharoitlar yaratilishiga qaratilgan”, — deb ta’kidlaydi Oybek Isoqov.
2009 yil O‘zbekiston imzolagan va bugungi kungacha ratifikatsiya qilmagan Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasining 24-moddasi nogironligi bor insonlarning ta’lim olish huquqini tan oladi va ushbu huquqni kamsitishsiz hamda teng imkoniyatlar asosida hayotga tatbiq qilish uchun ishtirokchi davlatlarga barcha darajadagi inklyuziv ta’lim va hayoti davomida uzluksiz o‘qishni ta’minlash majburiyatini yuklatadi.
Har bir bolaning inklyuziv ta’lim huquqini ta’minlash maqsadida (barcha darajadagi) tegishli davlat hokimiyati organlari umumta’lim o‘quv muassasalarida nogironligi bor va rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni ham nazarda tutgan holda barcha o‘quvchilarga zarur sharoitlarni yaratishi lozim.
“O‘quvchilar shaxsiy tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun shart-sharoitlar yuqori malakali pedagok kadrlarning, ularning psixologik-pedagogik hamrohlikni amalga oshiruvchi zaxiradagi pedagog (tyutor) va boshqa mutaxassislarning borligini qamrab olishi zarur. Sharoitlar deganda bino va inshootlarning, o‘quv materiallarining va texnik vositalarning jismoniy maqbulligi, o‘quvchilar rivojlanishining individual rejasiga asosan o‘quv dasturlarining adaptatsiyasi, shuningdek muassasaning tarbiyaviy tizimining barcha o‘quvchilarni qabul qilishni shakllantirish va rivojlantirishga yo‘naltirilganligi ko‘zda tutiladi”, — deya tushuntiradi Galina Nam.
“Inklyuziv ta’lim olishning belgilangan huquqi yo‘qligi sababli ota-onalar faqatgina Konstitutsiya moddasidan foydalanishga majbur. Biz uzoq vaqt ish olib borgan ota-onalarga farzandlari oddiy maktabda o‘qishi uchun va ular faqat o‘zlarining huquqlarini bilishlari hamda sabr-toqat bilan qurollanishlari kerakligini qat’iy uqtirdik. “Ta'lim to‘g‘risida"gi qonunning yangi tahririda esa aksincha, bizning huquqlarimizni qisqartirishdi, shunday qisqartirishdiki, “vakolatli organlar” siz uchun hammasini hal qildi, siz o‘rningizda o‘tiring va indamang deyayotgandek go‘yo”, — deya xafa bo‘ladi Qibray tumani “Opa-singillar” nogiron ayollar jamiyati raisi Natalya Plotnikova.

Sifatsiz uy ta’limi


Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yil 1 yanvar holatida 16 yoshgacha bo‘lgan 101316 nafar nogironligi bo‘lgan bola ro‘yxatdan o‘tgan. Shulardan, 21153 nafari jismoniy va ruhiy nogironligi bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarda, 6131 nafari sil va suyak kasalliklariga chalingan bolalar uchun sanatoriy tipidagi maktab-internatlarda, 13272 nafari esa uyda individual tarzda ta’lim olishadi.
Quyidagi diagrammadan ko‘rinib turibdiki, uyda o‘qiydigan bolalarning asosiy toifalari bu tayanch harakati a’zolari shikastlangan, aqliy imkoniyati cheklangan va boshqa nogironligi bo‘lgan bolalardir.
Odatda nogironligi bor o‘quvchilarning uyda ta’lim olishi uchun „kamchilikka yo‘l qo‘ygan o‘qituvchi“ jalb qilinadi. Agar direktor biror o‘qituvchini yoqtirmasa, uni nogironligi bo‘lgan bolaga uyda ta’lim berishga jo‘natadi. So‘nggi bor shunday holat yuz berganida jismoniy tarbiya o‘qituvchisi geometriya, geografiya, tarix va boshqa fanlarni o‘tganini kuzatgan edik. Chekka tumandagi o‘qituvchilar uchun nogironlshi bo‘lgan bolalarga uyda ta’lim berish bu — jazo”, — deb o‘ksindi Oybek Isoqov.
Ko‘pgina bolalar jismoniy nogironlik yoki tayanch harakati a’zolari shikastlangan bolalar umumta’lim maktablarida bemalol tahsil olishlari mumkin — ularning jismoniy holatlari aqliy salohiyatining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Maktab binosi bu kabi holatlar uchun moslashtirilmagan bo‘lsa ham, darslarni birinchi qavatda tashkillashtirib, kirar joyini pandus bilan jihozlash mumkin. Bu holatda asosiy to‘siq jismoniy yoki moddiy omillar emas, balki insoniy munosobatining ko‘rinishidir, ko‘pincha maktab rahbarlari, o‘qituvchilar va nogironligi bo‘lmagan bolalarning ota-onalari ularning farzandlari maktabda nogironligi bo‘lgan bolalar bilan birgalikda o‘qishlarini istashmaydi.
“Uyda ta’lim olayotgan nogironligi bor bolalarga hatto davlat namunasidagi attestat berilmaydi. Ko‘pgina oddiy maktablarda o‘qitiladigan fanlarni ularning attestatlarida topish mushkul. Ularga faqatgina uyda ta’lim olganliklari to‘g‘risida ma’lumotnoma beriladi xolos. Bu bolalar haq-huquqlarining buzilishidir — bu kabi ma’lumotnoma bilan ular na oliy ta’lim muassasalariga kira oladilar, na munosib ishga joylasha oladilar. Ularning hayotlariga tamg‘a bosiladi”, — deydi Oybek Isoqov.
Galina Namning ta’kidlashicha, “inklyuziv ta’limni moliyalashtirish muammo tug‘dirmasligi lozim. Muammo ustuvor ta’lim yo‘nalishlarini tanlashda, chunki nogironligi bor bolalar ta’lim olishi uchun (faqatgina ta’limga, nafaqadan tashqari) bir yilda 199 mlrd so‘m ajratiladi (2016 yil ma’lumotlariga ko‘ra). Bu yetarlicha katta mablag‘, biroq uning asosiy qismi maxsus ta’limni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Bolalarni institutsionalizatsiya qilish jarayoni shu tariqa davom etadi. Moliyaviy manbalarni inklyuziv ta’limni rivojlantirishga yo‘naltirish zarur”.

Hayoti davomida uzluksiz inklyuziv ta’lim olish huquqi


Inklyuziv ta’lim nafaqat nogironligi bor bolalarga, balki barcha yoshdagi nogironligi bo‘lgan insonlarga ham tegishli bo‘lishi kerak.
“Qonun loyihasida faqat bolalar haqida so‘z boradi, biz esa kattalarning ham umri davomida uzluksiz ta’lim olish huquqi to‘g‘risida gapiryapmiz. Misol uchun, agar hozir men ham inklyuziv ta’lim olish istagini bildirsam, bu qonun men uchun ham o‘z kuchida qolishi kerak”, — dedi Oybek Isoqov.
Inklyuziv ta’lim maktabgacha, o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy, maktabdan tashqari va oliy ta’limdan keyingi barcha darajalarda sifatli ta’lim olish uchun teng imkoniyatlarni ta’minlashga, shuningdek, ularning maxsus ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarining turliligiga qaratilgan bo‘lishi zarur.
Masalan, 2018 yilda I va II guruh nogironlari uchun ikki foizli kvota joriy qilinganidan so‘ng, inklyuziv oliy ta’lim masalasi negizida nogiron talabalar uchun universitetlarning o‘quv binolari va yotoqxonalari, eshitish qobiliyati cheklangan talabalar uchun imo-ishora tili tarjimonlari, mahsus Brayl yozuvidagi o‘quv qo‘llanmalarining yo‘qligi, ko‘rish qobiliyati cheklangan talabalar uchun mahsus o‘quv qo‘llanmalar va boshqa oqilona qo‘layliklar yo‘qligi muammosi dolzarblik kasb qildi.

Nazorat uchun savol va topshiriqlar:



  1. Rivojlanishi va xulqida chetlanishlari bo‘lgan bolalarni o‘qitish va tarbiyalash masalalari bilan qaysi fan shug‘ullanadi?

  1. Korreksion pedagogikaning vazifasi nimadan iborat?

  2. “Korreksiya”. “korreksion pedagogik faoliyat” tushunchalari qanday ma’noni anglatadi?

  3. Anomal o‘quvchilar bilan qanday korreksion ishlar olib boriladi?

  4. Korreksion pedagogika (defektologiya) fanning rivojlanish tarixi haqida nimalarni bilasiz?

  5. “Rivojlanishdagi chetlanishlar” tushunchasi qanday ma’noni anglatadi?

  6. Aqli zaif bolalar bilan qanday korreksion ishlar olib boriladi?

  7. Logopediya nima?

  8. O‘quvchilar nutqiy buzilishi qanday psixologik-pedagogik xususiyatlariga ega?

  9. Ommaviy umumiy o‘rta ta’lim maktablarida eshitish qobiliyati buzilgan bolalar bilan qanday korreksion-pedagogik ishlar amalga oshiriladi?

  10. Ommaviy umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ko‘rish qobiliyati buzilgan bolalar bilan qanday korreksion-pedagogik ishlar amalga oshiriladi?




Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish