Pedagoka tarixini o’rganish uchun xizmat qiladigan manbalar:
arxeologik yodgorliklar;
qo’lyozmalar;
xalq og’zaki ijodi;
adabiy yodgorliklar;
hujjatlar;
badiiy adabiyot;
memuarlar;
Sharq va G’arb mutafakkirlarining asarlari.
Eng qadimgi tarbiya haqidagi yodgorliklar bizgacha bevosita yetib kelmagan. Turkiy va forsiyzabon xalqlarning hayot kechirish san’ati, donolik majmuasi sifatida yuzaga kelib, borliqqa amaliy munosabatda bо‘lishning namunasi tarzida e’tirof etilgan ma’naviy madaniyat yodgorliklari qadimgi grek tarixchisi Gerodotning “Tarix”, Strabonning “Geografiya” hamda Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘atit-turk” kabi asarlari, shuningdek, Urxun-Yenisey bitiklari kabi adabiy-tarixiy manbalarda saqlangan va ular orqali bizgacha yetib kelgan. Ushbu yodgorliklar mohiyatini о‘rganish insonning shakllanishida moddiy va ma’naviy madaniyat qay darajada katta rol о‘ynaganligidan dalolat beradi. Xususan, tarbiya insonning aqliy va axloqiy jihatdan tarkib topa borishiga ta’sir etgan bо‘lsa, insonning shakllana borishi ham о‘z navbatida kishilik jamiyatining qaror topa borishiga yordam bergan. Xullas, tafakkur yurita olish qobiliyatiga ega bо‘lgan inson kamolotining ta’minlanish jarayoni hamda jamiyatning ijtimoiy taraqqiyoti о‘zaro uzviy aloqada shakllangan. Mazkur tarixiy jarayon mohiyatini bilish bizga inson tafakkurining juda uzoq davr va murakkab sharoitlarda shakllana borganligidan dalolat beradi. Ma’lumki, kishilik jamiyatining vujudga kelishi jarayonida inson ham biologik jihatdan, ham ijtimoiy jihatdan takomillashib borgan. Dastlabki diniy e’tiqodlar, eng oddiy ixtirolarning takomillashib borishi kabi holatlar inson ongining ham shakllanib borishiga turtki bо‘ldi. Bu jarayon minglab yillarni о‘z ichiga olgan bо‘lib, ana shu davrda inson ongi shakllanishining asosi sifatida qabul qilingan xulq-odob qoidalari, ijtimoiy talablar yuzaga kelgan. Ushbu talablar muayyan davrda yaratilgan yodgorliklarining asosiy mazmuni va mohiyatini tashkil etadi. Eng qadimgi kishilarga xos bо‘lgan xislatlar, ularning dastlabki, oddiy istaklari, orzu-umidlari qadimgi eposlarda aks etgan afsonaviy obrazlar hamda qahramonlar qiyofasida о‘z ifodasini topgan. Ruhga sig‘inish (onimizm), ajdodlar ruhiga sig‘inish (totemizm), sehrgarlik kabi diniy e’tiqodlar va marosimlar yoritilgan afsona va rivoyatlarda eng qadimiy ajdodlarimizning tafakkur dunyosi aks etgan. Ammo bu rivoyat va afsonalar ham massaget, sak, xorazmiy, sо‘g‘d hamda parfiyanlar yashagan davrlar ruhini ifoda etadi, xolos.
Eng qadimgi madaniy boyliklarimizni о‘rganishda quyidagi uch guruhga ajratilga manbalarga tayanamiz:
Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan kо‘rgazmali ashyolar.
Xalq og‘zaki ijodi materiallari hamda yozma manbalar.
Buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosi.
Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti. Ibtidoiy jamiyatda tarbiya Ibtidoiy jamiyat insoniyat tarixining dastlabki davri bo’lib, mazkur davrda yozma manbalarning saqlanib qolmaganligi ushbu davrda tarbiyaning amalga oshirilishini arxeologik manbalarga asoslangan holda tahlil etishni talab etadi. Ibtidoiy jamoa tuzumi ikki davrga bo’linadi: 1) ibtidoiy to’da; 2) urug’chilik jamoasi. Ibtidoiy jamiyat quyidagi davrlarni o’z ichiga oladi:
Qadimgi tosh asri
|
Peleolit: ilk o’rta so’nggi
|
mil. av. 700/500-100 ming yilliklar.
mil. av. 100-40 ming yilliklar.
mil. av. 40-12 ming yilliklar.
|
O’rta tosh asri
|
Mezolit
|
mil. av.12 – 7 ming yilliklar.
|
Yangi tosh asri
|
Neolit
|
mil. av. 6-4 ming yilliklar.
|
Mis-tosh asri
|
Eneolit
|
mil. av. 4-3 ming yilliklar.
|
Bronza davri
|
Bronza davri
|
mil. av. 3-1 ming yilliklar.
|
Temir asri
|
Ilk temir asri
|
mil. av. X-VIII asrlar.
|
|
So’nggi temir asri
|
VII–IV asrlar
|
Insoniyat faoliyatining asosiy qism turi sifatida tarbiyaning yuzaga kelishi mil.av. 40-35 ming yilliklarda zamonaviy qiyofadagi odamlar (“homo sapiens”- “ongli odam”)ning paydo bo’lishi bilan bog’liq. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida mehnat tarbiyasi yetakchi o’rin tutgan. Ana shu asosga ko’ra mehnat bilan bog’liqlikda kishilar uch guruhga bo’lingan: 1) bolalar va o’smirlar; 2) ijtimoiy hayot va mehnatda to’la ishtirok etuvchilar; 3) keksalar.
So’nggi paleolitda insoniyat o’z taraqqiyotida yana bir bosqich yuqori ko’tarildi. Odamlar ilk to’da tarzida yashamay qoydilar va qarindosh-urug’chilik jamoalariga bo’lindilar. Jamiyatda juft oilalar paydo bo’ldi, ular ayrim urug’larni birlashtirib, urug’ jamoasini tashkil etdilar. Odamlar g’orlardan tashqari erto’la va chaylasimon uylarda ham yashashga o’rgandilar. Juft oilalarning paydo bo’lishi haqida kichik uy-joylarning tarqalishi darak beradi.
O’sha zamon jamoasida ona-ayolning ijtimoiy o’rni baland bo’lib, urug’ uning nomi bilan boshlangan. Ayollar uy, o’choq va muqaddas olovning egasi sifatida uy xo’jaligida hamda bolalarni tarbiyalash jarayonida, o’choqda o’tni saqlashda, ovqat pishirishda, ro’zg’or buyumlarini, mehnat qurollarini qo’riqlash, uy-boshpanani asrash paytida muhim vazifalarni bajarganlar. Mezolit davrida O’zbekistonda qoyatosh suratlari kashf etilgan. Ularning ba’zisi rang berib cheqilgan, ba’zilari oyib ishlangan. Surxondaryo viloyatidagi Zarautsoy qoya tasvirlari mezolit davriga oid. Ular qadimgi odamning fikru oylari, atrof-muhit haqidagi tasavvuri, qanday hayvonlarni ovlagani, qaysi mehnat va ov qurollarini qo’llagani haqida fikr yuritish imkonini beradi. Neolit davrida ona urug’i matriarxat o’z taraqqiyotining yangi bosqichiga o’tadi. Urug’ jamoalari kattalashadi va ularni bir joyda boqish amri mahol bo’lib qoladi. Oqibatda urug’ jamoasidan mayda guruxlar-kichik oilalar ajralib chiqa boshlaydi.
O’rta Osiyo hududida bronza davri miloddan avvalgi 3-mingyillik o’rtalaridan boshlanadi va miloddan avvalgi 2-mingyillikka kelib o’z rivojining yuksak darajasiga etadi.
Patriarxat urug’chilikka o’tish patriarxal oilaning vujudga kelishiga olib keladi. Sunday oila bir-biriga qarindosh ota urug’i boyicha yuritiladigan bir necha avlodlardan iborat bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |