3. Eng qadimgi yozma manbalarda ta’lim-tarbiya masalalarining yoritilishi
“Avesto” haqida nimalarni bilasiz?
“Avesto” – zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblanib, dastlabki Sharq falsafiy qarashlarini o’zida aks ettiruvchi manbadir. Unda insonni kamolotga erishuvida mehnat, ezgulik, insoniylik, soflik, bag’rikenglik kabi sifatlarning ahamiyati chuqur ifodalangan.
Eng qadimgi yozma manbalarda ta’lim-tarbiya masalalarining yoritilishi
Zardushtiylik dinining nomi ushbu din asoschisi Zardusht (turli tillarda Zaratushtra, Zoroastr) ismidan olingan. Uning tug’ilgan joyi noma’lum. Zardusht miloddan avvalgi 1-mingyillikning birinchi choragida yashagan.
Zero, zardushtiylikda axloqiylikning asosi, sahovatlilik belgisi - mehnat deb ko’rsatilsa, ishyoqmaslik barcha nuqsonlarni keltirib chiqaruvchi sabab ekanligiga urg’u beriladi.
Zardushtiylik yoyilayotgan davrda ibodatxona ham, maxsus ilohiy kitoblar ham bo’lmagan. Diniy marosimlar ochiq havoda, gulxan yonida ado etilgan. Keyinchalik kohinlar Zardusht va’zlarini yozib borganlar. Zardusht dini kohinlari bunday diniy matnlarni yod bilganlar va ibodat paytida o’qiganlar. Zardusht vafotidan bir necha asr o’tgach barcha diniy marosimlar, madhiya va duolar kitob holiga keltirildi. Bu zardushtiylar muqaddas kitobi «Avesto» edi. «Avesto» so’zi «qat’iy qonunlar» ma’nosini bildiradi.
Zardusht diniga ko’ra, atrofdagi dunyo ikki qismdan tashkil topgan: yaxshilik va yomonlik. Bular o’rtasida azaldan kurash ketadi. Masalan, nur bilan qorong’ulik, hayot bilan o’lim, ezgulik bilan yomonlik, qonun bilan qonunsizlik o’rtasida.
“Avesto”dagi ta’limiy-axloqiy g’oyalar
Zardushtiylar hayotining Asosiy qismmazmuni xayrli ish, shirin so’z, olijanob oy-fikrdan iborat bo’lgan. Insonning Asosiy qismburchi adolatli turmush tarzi bo’lmog’i kerak. Yaxshilikning yomonlik ustidan g’alaba qilishini ko’zlab yashash kerak: yolg’on gapirmaslik, so’zning ustidan chiqmoq, faqat yaxshilik qilmoq.
Zardusht dini boyicha har bir inson hayot yo’lini o’zi belgilaydi; kimga yon bosmoqlik, kimni himoya qilishni o’zi hal qiladi.
Zardushtiylikda olov, er, suv va havo muqaddas sanaladi. Ularni yomon, yovuz narsalar bilan aralashtirmaslik lozim.
Zardo’shtiylik axloqining inson rioya qilishi lozim bo’lgan tarkibiy qismlari
Ezgu fikr
|
|
Ezgu so’z
|
|
Ezgu amal
|
Zardushtiylik ta’limotiga kо‘ra oila muqaddas hisoblangan. Oila qurish ijtimoiy ahamiyatga ega bо‘lgan. Erkak kishi zurriyot qoldirish layoqatiga ega bо‘lgan holda oila qurmasa, unga muayyan jazo berilgan. U qopga solib kaltaklangan, peshonasiga tamg‘a bosilgan yoki beliga zanjir bog‘lab yurishga majbur etilgan. Kо‘p bolali oilalarning davlat tomonidan mablag‘ bilan ta’minlashi yо‘lga qо‘yilgan. Egizak yoki bir yо‘la uchta farzand kо‘rgan ayollarning maxsus ravishda taqdirlanishlari e’tirof etilgan. Zardusht g‘oyalariga kо‘ra naslning sog‘lom bо‘lishi, qavm qonini toza saqlash, turli irsiy kasalliklar kelib chiqishining oldini olish maqsadida yaqin qarindoshlarning о‘zaro oila qurishi man etilgan.
“Avesto”da inson omili, uning salomatligini ta’minlash masalasi alohida bayon etilgan. Bugungi kunda xalq tabobatida qо‘llanilib kelayotgan va kishilar salomatligi saqlashda muhim ahamiyat kasb etgan ayrim usullar xususida ma’lumotlar beriladi. Bildirilgan fikrlar mazmuniga kо‘ra mavjud kasalliklarni davolashda dorivor о‘simlik (giyoh)lar yordamida tayyorlangan vositalardan samarali foydalanilgani ma’lum bо‘ladi. Ana shunday dorivor vositalar sirasida kunjut, kо‘knori, zira, piyoz, savsan, turp, xurmo, sabzi, behi, asal, zaytun moyi, shakar, shira hamda sedananing nomi qayd etiladi. Ayrim kasalliklarni bartaraf etishda dorivor о‘simliklarning ildizi, poyasi, bargi, guli, mevasi va urug‘laridan tayyorlangan qaynatmalarning foydasi katta ekanligi ta’kidlanadi. Kasalliklar rivojlanish davri, holati va turiga kо‘ra rejim asosida, duo о‘qitish, parhez saqlash, dori iste’mol qilish, shuningdek, jarrohlik amallarini tashkil etish kabi yо‘llar bilan davolangan. Asarda tabiblar tomonidan e’tirof etilgan va ularning faoliyatlarida asosiy axloqiy-ma’naviy g‘oya bо‘lib xizmat qilgan qasamnoma matni ham keltirilgan.
Xulosa qilib aytganda, “Avesto” asarida insonning barkamol bо‘lib yetishishida uning sо‘zi, fikri hamda ishi ezgu bо‘lishi va ezgulikning tantanasi uchun xizmat qilishiga katta e’tibor beriladi. Ushbu axloqiy uchlik g‘oyasi eng qadimgi davrlardan boshlab kishilik jamiyati taraqqiyotining keyingi bosqichlarida yaratilgan barcha ma’rifiy asarlar mazmunining shakllanishiga asos bо‘lgan. Zero, unda insonning inson sifatida ma’naviy va moddiy jihatdan kamol topishi uchun zarur bо‘lgan muayyan talablar о‘z ifodasini topib, hayot kodeksi sifatida nafaqat Sharq balki G‘arb xalqlarining ham muhim ma’naviy merosi bо‘lib qoldi. Asarda ifoda etilayotgan masalalarning ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olganligi Zardusht g‘oyalarining nazariy va amaliy ahamiyatini oshirib, uning qimmati bugungi kunda ham yuqori bо‘lishiga olib kelgan.
O’rxun-Enasoy yozma yodgorliklarida ta’lim-tarbiya masalalari
Eng qadimgi turkiy tilda yaratilgan va turk-rumiy yozuvida bitilgan Urxun-Yenisey bitiklarini “toshlarga bitilgan kitoblar” ham deb ataydilar. О‘ziga xos xat (yozuv)da bitilgan bu bitiklar eramizning VI-VIII asrlarda yozib qoldirilgan. Toshlarga bitilgan mazkur yodgorliklar ta’lim-tarbiyaga oid qimmatli ma’lumotlarni beradi.
Urxun-Yenisey yodgorliklari dastlab Yenisey havzasida, sо‘ngra Mо‘g‘ilistonning Urxun daryosi bо‘yida topilib, ushbu yozuvlarni 1893 yilda birinchi bо‘lib daniyalik olim Vilgelm Tomson о‘qigan. V.Tomsondan sо‘ng olimlar – N.M.Yadrinsev, V.V.Radlovlar mazkur manbalarni izlab topib, о‘qishga muvaffaq bо‘ldilar.
Urxun-Yenisey yodgorliklari S.YE.Malov hamda I.V.Steblevalar tomonidan rus tiliga tarjima qilindi. О‘zbekistonda Oybek, O.Sharafuddinov, N.Mallayev, Aziz Qayumov va N.Rahmonovlar Urxun-Yenisey bitiklari ustida tadqiqot ishlarini olib bordilar va ushbu manbaning ta’lim va tarbiya ishlarini yо‘lga qо‘yishdagi ahamiyatini yoritib berdilar.
Ma’lumki, eramizning VI asri о‘rtalariga kelib, Oltoy, Yettisuv va Markaziy Osiyo hududlarida yashovchi turk qabilalaridan iborat Turk hoqonligi davlati tarkib topdi. Bu hoqonlik g‘arbdan Vizantiya, janubdan Eron va Hindiston, sharqdan Xitoy bilan chegaradosh bо‘lgan. Turk hoqonligi Turkyut davlati deb ham atalgan. Hoqonlik 604 yilda Sharqiy va G‘arbiy hoqonlikka ajralgan. Eramizning 745 yiliga kelib esa Turk hoqonligi barham topgan.
Turk hoqonligi asosan uch kishi: Bilga hoqon (Mog‘iliyon), Kultegin, Tunyukuklar tomonidan boshqarilgan. Bilga hoqon (Mog‘iliyon) - hoqon, Kultegin – sarkarda, Tunyukuk esa - vazir bо‘lib, ularning hamkorligida boshqarilgan davlat ushbu davrda ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan.
Bitiktoshlarda turk hoqonlarining yurishlari, yurishlar davrida alp kishilar, sarkardalar tomonidan kо‘rsatgan jasoratlar, ularning bilimli, mard, xalqparvar ekanliklari bayon etiladi. о‘z vatanining mustaqilligi uchun kurashish, xalqni asoratdan olib chiqish, ularning birdamligini ta’minlash hoqonlar Bо‘min, Istami, Eltarish, Eltarishning о‘g‘illari - Bilga hoqon, lashkarboshi Kultegin, ma’naviy otalari Tunyukuklarning zimmasiga tushgani hikoya qilinadi. Masalan, Kultegin bitigida uning ta’rifi berilgan. Kultegin xalqparvar, tadbirkor, xalqning kelgusi taqdirini ham о‘ylaydigan jonkuyar sarkarda sifatida ta’riflanadi. U о‘z jonidan vatan taqdiri, xalq manfaatini yuqori qо‘ygan shaxs. Kultegin Eltarish hoqonining kichik о‘g‘li. U 713 yil 27 fevralda qirq yetti yoshida vafot etadi. Bitiktosh 732 yilda о‘rnatilgan. Ushbu bitiktoshda barcha voqealar Kulteginning akasi Bilga hoqon tilidan hikoya qilinadi. Uning asli ismi Mug‘iliyon bо‘lgan. Bitigni Kulteginning jiyani Yо‘llug‘ tegin yozgan. Demak, bitigning muallifi ham ma’lum.
Kultegin bitigida Bilga hoqonning og‘a-inilari va qarindosh-urug‘lariga murojaat qilib, ularning xatolari tufayli turk elida kо‘p falokatlar yuz berganini bayon etganligi ifodalanadi. Turkiylarning harbiy yurishlari, ularga qо‘shni bо‘lgan tabg‘achlarning bosqinchiligi tufayli xalq boshiga tushgan kulfatlar haqida sо‘z yuritiladi, shuningdek, xalqning yolg‘onchilik, firibgarlik qurboni bо‘lganligi ta’kidlanadi: “Oltin, kumush, ichkilik, ipakni shuncha hisobsiz berayotgan Tabg‘ach xalqi sо‘zi shirin, ipak kiyimi nafis ekan. Shirin sо‘zi, ipak kiyimi bilan aldab, yiroq xalqni shu xilda yaqinlashtirar ekan. Yaxshi qо‘shni bо‘lgandan keyin yovuz ilmni u yerda о‘rganar ekan.
Yaxshi, dono kishini, yaxshi alp kishini yо‘latmas ekan. Biror kishi aldasa, urug‘i, xalqi, uyi, yopinchig‘igacha qо‘ymas ekan. Shirin sо‘ziga, nafis ipagiga aldanib, kо‘p turk xalqi о‘lding... Turk xalqining ayrimini u yerda yovuz kishi shunday pishiqlar ekan: yiroq bо‘lsa yomon ipak beradi, yaqin bо‘lsa yaxshi debo beradi. Ilmsiz kishilar bu sо‘zga ishonib, unga yaqinlashdilar va kо‘plari о‘ldilar”.
Hoqon tomonidan xalqqa qilingan murojaatda turkiy xalqlarni hokimiyatni mustahkamlash, о‘zaro urushlarga chek qо‘yish, tinch-totuv bо‘lib yashashga undashdek ezgu maqsad ham yotadi.
Kultegin esa, dono, bahodir, jasur inson sifatida tasvirlanadi.
Kultegin bitigida Bilga hoqon eng muhim insoniy xislatlar, hayotiy zaruriyatlar borasidagi fikrlarni nasihat, о‘git tarzida bayon etadi.
Turk xalqi о‘zaro birlashmagani, bir-birlariga ishonmaganliklari uchun hiyla va firib qurboni bо‘lib, tabg‘achlar ularni qul va chо‘ri etgani, oqibatda ular qashshoq, erksiz va mute bо‘lib qolganliklarini kuyunib sо‘zlaydi.
“Beklari, xalqi insofsiz bо‘lgani uchun, tabg‘ach xalqi hiylakor bо‘lgani uchun, toymas bо‘lgani uchun, firibgar bо‘lganligi uchun, og‘a va ini bir-biriga qarshi bо‘lishini hohlaganlari uchun, begi va xalqini bir-biriga chaqqani uchun turk xalqi ellashgan davlatini qо‘ldan chiqarib yuborgan”.
Sо‘ng turk xalqini qanday qilib birlashtirgani, ukasi Kulteginning jasorati tufayli el bosqinchilar hujumidan omon qolgani, tо‘q va farovon hayot kechirgani, u jasur va yengilmas alp yigitlardan ekani bayon etiladi.
“Tangri yarlaqasin, baxtim bor uchun, nasibam bor uchun о‘layotgan xalqni tiriltirib tarbiyat qildim, yalang‘och xalqni kiyimlik qildim, yalang‘och xalqni kо‘p qildim. Tо‘rt jihatdan xalqni butunlay el qildim, bir-biriga dо‘st qildim, butunlay menga qaradi. Mehnatni, kuchni beruvchi shunday hokimiyatni qozonib inim Kul tegin vafot etdi”, - deydi. Bu yodnoma yoshlarni о‘z elini sevish, dо‘st va ittifoq bо‘lib yashash, vatan va xalq manfaati uchun kurashga tayyor turish ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega. Turk hoqonlari Bilga hoqon hamda Kul tegin jasoratlari haqiqiy vatanparvarlik hamda jasoratning ibrat namunasi bо‘lib hisoblanadi.
Ikkinchi bitiktosh - Bilga hoqon bitigidir. Bu bitiktosh Eltarish hoqoninng katta о‘g‘li - Kulteginning akasi Bilga hoqon sharafiga 735 yilda о‘rnatilgan. Bilga hoqon 734 yilda ellik yoshida о‘z yaqinlari tomonidan zaharlab о‘ldirilgan. Bu bitig ham Yо‘llig‘ tegin tomonidan yozilgan.
Bilga hoqon bitigida xalqning tinch-totuv yashagani, Bilga hoqon davrida tinchlik hukmron bо‘lgani, u davlatni adolat bilan boshqargani, turkiy xalqlarni birlashtirgani, о‘z yurtini boy- badavlat etib, iqtisodiy jihatdan mustahkamlagani mahorat bilan tasvirlangan. Bu bitigda xalq hoqonidan, vatanidan ayrilmasa, betashvish hayot kechirishi ifodalanadi. о‘z navbatida davlat boshliqlarining hatti-harakatlari bayon etiladi. Keyin Bilga hoqon yurishlari haqida hikoya qilinadi.
Bilga hoqon turk eli о‘rtasida elparvar hoqon deb tanilgan edi. “Bilga” sо‘zining о‘zi ham “dono” degan ma’noni anglatadi. U turk xalqining vatani abadiy bо‘lishi uchun kurashadi. Xalqqa qarata shunday о‘git qilar edi: “Vatanni saqlab qolmoq, faqat hoqonga emas, xalqqa ham bog‘liq. Ajdodlarimizning xato va yutuqlari buning dalilidir. Xalq о‘z hoqonining yо‘l-yо‘riqlarini amalga oshirmasa, boshiga kо‘p kulfatlar tushadi. Hoqon о‘ta ishonuvchan bо‘lmasligi, boshqalarning gapini о‘ylab, mulohaza qilib amalga oshirishi lozim. Samimiy sо‘z bilan yolg‘onni farqlay olishi kerak. qattiqqо‘l hoqon о‘z xalqiga yomonlikni ravo kо‘rmaydi. Ishonuvchan bо‘lsa, yaxshi-yomonni ajrata olmasa, fojiaga yо‘l ochiladi, mamlakatda tartibsizlik yuzaga keladi”.
Bilga hoqon tarqoq xalqni birlashtiradi, oyoqqa turg‘izdi, yurtda farovon hayot qaror topadi. U xalq farovonligini ta’minlash davlat boshlig‘ining burchi, mamlakatning ozodligi, xalqning osoyishtaligi uning moddiy farovonligiga bog‘liq deb biladi. Bitiklarda yurtboshining boylikka hirs qо‘yishi xalqning nochor hayot kechirishiga olib keluvchi sabab ekanligi qayg‘u bilan ifodalanadi. U о‘z xalqiga shunday murojaat etadi: “Men yashadim, turk beklari, turk xalqim. Bu hoqoningdan, bu beklaringdan, yeringdan, suvingdan ayrilmasang, turk xalqi, о‘zing ezgulik kо‘rajaksan, betashvish bо‘lajaksan”.
VII-XII asrlarda Markaziy Osiyoda madaniyat, ilm-fan tarqqiy qildi. Aniq fanlarga qiziqish ortib bordi. Bu davrda Al-Xorazmiy, Farobiy, Al-Farg’oniy, Al-Beruniy, Ibn Sino, Az-Zamaxshariy kabi buyuk olimlar dunyoga keldi. Dunyoviy ilmlar tug’ildi. Ulug’ mutafakkirlar inson ma’naviy va tafakkur dunyosini boyitishda insoniyat dunyosini, madaniy-ma’rifiy qarashlarni o’stirishda o’z davrida va keyinchalik muhim rol o’ynaydilar. Inson kamolotiga oid ta’limot yaratdilar. Shuning uchun ham bu davrni tarixda Sharq uyg’onish davri deyiladi.
XV-XVI asrlarga kelib Turkistonda Qozizoda Rumiy, Ulug’bek, Ali Qushchi, Haydar Xorazmiy, Hofiz Xorazmiy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Abulg’oziy Bahodirxon kabi buyuk allomalar etishib chiqdi. Bu davrda Markaziy Osiyo shaharlarida madaniy va ilmiy markazlar vujudga keldi. Markaziy Osiyo xalqlarining madaniy-ma’rifiy taraqqiyoti asrlar davomida taraqqiy etgan. Sho’ro hokimiyati o’rnatilgach Turkistonda yangi maktablar ochish va ularni mustahkamlash vazifalari ko’ndalang qo’yildi. Unda yoshlar ongiga yangi jamiyat g’oyalarini singdirish, shu ishlarini amalga oshiradigan pedagoglar tayyorlashga e’tibor qaratildi.
1924 yilda Turkiston parchalanish oqibatida milliy madaniyat yo’li to’sildi. Arab tilida o’qitish bekor qilindi. Avval lotin yozuviga so’ng rus yozuviga o’tildi. Bu esa Markaziy Osiyo xalqlarini o’z madaniyat tarixini o’rganish imkoniyatidan mahrum etdi.
Maktablarda dunyo fanini rivojlantirishga ulkan hissa qo’shgan o’zbek fani va madaniyatining asoschilari musulmon olamining ulug’ zotlari emas, balki o’zbek xalqi kamolotiga aloqasi bo’lmagan shaxslar faoliyati o’rgatildi. A. Yassaviy, Bedil kabi so’z ustalari tafakkur gulshani bog’bonlari xalq ta’limi tizimidan chiqarildi. Natijada o’zbek xalqi milliy axloq-odobi va tarbiya an’analaridan mahrum bo’la boshladi.
Pedagogika tarixi fanining metodologik asosini quyidagilar tashkil etadi: a). Milliy istiqlol g’oyasi; b). Prezidentimiz I. Karimovning tarixiy xotirani o’rganish va o’zlikni anglash, tarixiy merosni avaylab-asrash to’grisidagi fikrlari; v). falsafaning shaxs va uning ongi tarbiya vositasida o’zgartirish mumkinligi, makon va zamon, sabab va oqibat qonuniyatlari; g).buyuk ajdodlarimizning pedagogik fikrlari va boshqalar.
Pedagogika tarixi fani o’z faoliyatida boshqa fanlar bilan aloqada bo’ladi. Ular jumlasiga pedagogika nazariyasi, tarix, arxeologiya, sotsiologiya, falsafa, etika, adabiyot, gigena, anotomiya va fiziologiya fanlari kiradi.
3-mаsаlа. Pedagogika tarixi fanining manbalari, tadqiqot metodlari.
Pedagogika tarixining manbalari: pedagogika nazariyasi, pedagogik mahorat, psixologiya, falsafa, etika, pedagogik etika, ekologiya, huquqshunoslik, xalq ta’limi ekonomikasi, adabiyot, tarix, arxeologiya, qadimiy qo’l yozmalar, darsliklar, dasturlar, hukumat qarorlari-qonunlari, arxiv materiallari, pedagog matbuot va hokazolar.
Metodologiya-metodlar yig’indisi manbalari: Matematika o’qitish metodikasi, fizika o’qitish metodikasi, til va adabiyot fanini o’qitish metodi, tarix va geografiyani o’qitish metodi, pedagogika va psixologiya o’qitish metodi.
Pedagogika tarixi fanini o’rganish jarayonida ta’limning texnik vositalaridan kompyuter va axborot texnikalari, ilg’or pedagogik texnologiyalar, muammoli vaziyatlar, test usuli va reyting nazorati kabilardan keng foydalaniladi.
Pedagogika tarixi fanini o’rganishda ko’p yillik tarixiy, arxeologik tadqiqotlarning natijalari sifatida qo’lga kiritilgan ob‘ektiv manbaalariga tayanib ish ko’riladi. Mazkur ob‘ektiv manbaalar jumlasiga- pedagogika tarixi faniga doir adabiyotlarda quyidagilar kiritilgan.
Eng qadimgi yozma bitiklar. («Urxun Yenisey»,«Qultegin», «Xorazm», Sug’d bitiklari va yozuvlari)
Arxeologik topilmalar. (Teshiktosh, Suyumalitosh, Zarautsoy, Qo’y qirilgan qal‘a, Qirqqiz, Yerqo’rg’on va boshqalar)
Buyuk ajdodlarimizning ilmiy-pedagogik, ma‘rifiy-falsafiy asarlari.
Islom ta‘limotining g’oyaviy asoslariga doir manbaalar.
Badiiy pedagogik asarlar.
Qadimiy qo’lyozmalar.
Turli davrlarda yaratilgan va pedagogik amaliyotda qo’llanilgan darslik o’rnidagi mabaalar, pedagogik aҳamiyatga molik asarlar.
Turli davrlarda yaratilgan darslik va o’quv qo’llanmalar.
Turli davrlarga oid o’quv rejalari va dasturlari
Turli xalqlar va mamlakatlarning xalq ta‘limi tarqqiyoti, ilg’or kishilarning pedagogik qarashlariga doir manbaalar.
Milliy maҳdudlik davridagi Turkiston va O’zbekiston xalq ta‘limi tizimi va maktablari taraqqiyotiga doir manbaalar.
Milliy istiqlol davrida O’zbekistonda xalq ta‘limi taraqqiyotiga oid manbalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |