Mavzu: VII asrdan XIV asrning birinchi yarmigacha O‘rta Osiyoda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar
Reja:
1. Islom dini g ‘oyalarining ta ’lim-tarbiyaga ta ’siri.
2. Musulmon maktablarida ta ’lim-tarbiya mazmuni.
3. Hadis ilmiyning paydo bo‘lishi. Imom Ismoil al-Buxoriy va Imom at Termiziyning hadis ilmi rivojidagi xizmatlari.
4. So’fiylik ta ’limoti. Ahmad Yassaviy, Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshband g'oyalarining ta ’lim-tarbiyaga ta’siri.
VII asr boshlarida Islom g‘oyasiga asoslangan Arab xalifaligi tashkil topib, bu davlat o‘z mavqeini mustahkamlash uchun boshqa mamlakatlarni zabt eta boshladi. Butun Arabiston yarim oroli, shuningdek, Eron, Suriya, Janubiy Ispaniya, Kavkaz orti hamda Shimoliy Afrikada joylashgan bir qator mamlakatla- xalifalik taribiga kiritildi. Arab istilochilari YIII asrning o‘rtalariga kelib Movarounnahrni to‘la zabt etishga erishdilar.
VII asr boshlarida islom g’oyasiga asoslangan Arab halifaligi tashkil topdi. Arabiston yarim oroli, Eron, Kavkaz, Suriya, Shimoliy afrika, Janubiy Ispaniya halifalik tarkibiga kiritildi. Arablar Movarounnahrga dastlab 651 yilda, so’ngra 676 yilda Said ibn Usmon boshchiligida Buxoro, So’g’diyona, Kesh, Nasaf kabi shaharlarga hujum qilingan. 705 yilda Arab istilochisi Qutayba boshchiligida ikkinchi yurish boshlandi. 706 yilda Poykend, Buxoro, Samarqand, So’g’d, Farg’ona, Xorazmni qo’lga kiritdi.
Qutaybaning istilochilik yurishi 715 yilda o’ldirilgandan so’ng to’xtadi.
VIII asr o’rtalarida arablar Movarounnahrni to’la zabt etdilar.
Arab istilochilarining Movarounnahr aholisini islom diniga kiritish qiyin kechgan, tinimsiz qarshiliklar ko’rsatib turgan. Arablar xaqlni bo’ysundirish uchun harbiylar bilan bir qatorda islom dini targ’ibotchilaridan foydalandilar va sekinlik bilan natijaga erishdilar.
Arablar islom dinini tarqatishda turli usuldan foydalandilar. Jumladan, islom dinini qabul qilganlar soliqdan ozod etilgan.
Narshaxiyning xabar berishicha, Qutayba aholisini islomlashtirish uchun aholi uylarining yarmini arablarga bo’shatib berishga majbur etganlar.
Qutayba masjidlar barpo etib, kofirlik va otashparastlik asarlarini yo’qotdi. Istilochilar xalqning boy madaniy merosini yo’q qilishga kirishdilar.
Beruniyning xabar qilishicha,-«Qutayba Xorazm xatini yaxshi biladigan, ularning xabar va rivoyatlarini o’rgangan va boshqalarga o’rgatadigan kishilarni halok etib, yo’q qilib yuborgan».
Islom dini ana shunday g’oyaviy-siyosiy kurash jarayonida shakllandi va rivojlandi.
Halifalar istilochilik siyosatini o’tkazar ekanlar, barcha xalqlar ustidan madaniy ustunlikni o’rnatishga harakat qildilar. Chunki arab xalqi VII asr boshlarida o’ziga xos madaniyat adabiy til yaratgan bo’lib, unda notiqlik va she’riyat yuqori darajada qadrlangan.
Arab tili ham, o’z navbatida, yangi madaniyat tili bo’lib maydonga chiqdi. Arablar yunon fani yutuqlaridan amaliy foydalandilar, olimlarning asarlarini tarjima qildilar. Astronomiya, tibbiyot, kimyoga oid barcha asarlar arab tiliga tarjima qilindi.
Arablar yunonlardan fanni tasnifini olib, fanni 2 qismga: nazariy va amaliy qismlarga ajratildi.
Birinchi qismda uch bo’lim tabiat to’g’risidagi va matematik fanlari bo’lib, ularga arifmetika, kimyo, astronomiya va musiqa kiritilgan. Ikkinchi qism esa etika, iqtisod, siyosatga bo’lingan. Hind fani arab madaniyatiga, arifmetika, algebra, tibbiyotga ta’sir etgan. Evropaliklar ham sonlarning Hind nazariyasi bilan arablar orqali tanishganlar.
Movarounnahr arabcha bo’lib, «daryo orti» ma’nosini bildiradi.
Musulmon maktablarida arab tili muhim fan sifatida o’qitilgan, bilim shu tilda o’rganilgan.
Masjidlar huzurida maktablar ochiladi va o’g’il bolalarga shu maktablarda Qur’on o’qishni o’rganishga farmon beriladi.
Islom aqidalarining uning axloqiy-huquqiy tamoyillarining asosiy manbai «Qur’ondir».
Ollohga itoat qilgan va Olloh yuborgan payg’ambarlarga erishgan kishi musulmon deyiladi. Arablar tomonidan bosib olingan yerlarda xalqlar Islom dinini qabul qilishga majbur etildi. Arab istilochilari xalqni o‘zlariga bo‘ysundirish va ular tomonidan Islom dinini qabul qilinishiga erishish maqsadida harbiylar hamda Islom dini targ‘ibotchilarining xizmatidan birdek foydalandilar. Natijada o‘z oldilariga qo‘ygan asosiy maqsadga erishdilar. Movarounnahrda Islom ta’limoti g‘oyalarining yoyilishi, kishilar tomonidan Shariat qoidalari, Islom dini aqidalariga bo‘ysunish, yagona va qudratli Ollohga sig‘inish, shuningdek, Ollohning yerdagi rasuli (elchisi) bo‘lgan Muhammad Alayhis-salom ko‘rsatmalariga rioya etish xalqning ongiga chuqur singib, ular tomonidan mazkur din asoslarining qabul qilinishiga zamin hozirladi. Natijada Movarounnahrda islomiy qadriyatlar tarkib topa boshladi.
Ulkan hududni qamrab olgan Arab xalifaligi davlatining hukmronligi davrida ijtimoiy hayot, turmush tarzi, shuningdek, ilm-fan va madaniyat yanada rivojlandi. Ushbu davrlarda qadimgi yunon va rim madaniy merosi negizida bir qator fanlar yangi tushuncha va bilimlar bilan boyidi. Yunon va rim mutafakkirlari tomonidan yaratilgan va astronomiya, tibbiyot, kimyo, matematika va geografiyaga oid deyarli barcha yirik asarlar arab tiliga tarjima qilindi.
Yunonlardan esa fanlar tasnifi (klassifikatsiya) olinib, fanlar nazariy va amaliy fanlar tarzida ikki guruhga ajratilgan. Birinchi guruhga quyidagi uchta fan kiritilgan: tabiyot to‘g‘risidagi fanlar, ilohiyot to‘g‘risidagi fanlar va matematika fani kiritilgan bo‘lib, ushbu fanlar tarkibidan arifmetika, handasa (geometriya), astronomiya va musiqa fanlari o‘rin olgan. Ikkinchi guruhga kiritilgan fanlar qatorida etika, iqtisod va siyosatga oid fanlar e’tirof etilgan. O‘sha davr nuqtai nazaridan bir muncha yuksak taraqqiy etgan hind fani arab madaniyatining umumiy rivoji, xususan, arifmetika, algebra va tibbiyot fanlari asoslarining boyishiga munosib hissa qo‘shdi. Sonlarning mohiyatini yoritib beruvchi hind nazariyasi mazmuni bilan yevropaliklar Arab xalifaligi tasarrufiga kiruvchi hududlarda istiqomat qilgan mutafakkirlarning sa’i-harakatlari orqali tanishishga musharraf bo‘lganlar. Bu borada ma’lumot beruvchi muhim manba Muhammad al-Xorazmiy tomonidan asoslangan “Al-jabr” (“Algebra”) asari bo‘lib xizmat qildi.
Islom dini Arabiston yarim orolida uning ko‘p asrlik tarixi negizida shakllangan. Islom dini kishilik jamiyatining ibtidoiy davri xususiyatlaridan voqif bo‘lish va O‘rta asr Uyg‘onish davrining ro‘y berishi uchun ma’naviy-g‘oyaviy poydevor qo‘ygan ijtimoiy ehtiyoj sifatida yuzaga keldi. Islom ta’limoti o‘zining insonparvar g‘oyalari va ularni insonlar ongida chuqur singdira olish imkoniyatlari tufayli o‘n to‘rt asrdan buyon borliqni ong yordamida mafkuraviy tarzda idrok etishning asosiy shakllaridan biri bo‘lib kelmoqda. Islom ta’limotining bu qadar ulkan hududga yoyilishi va umuminsoniy qadriyat sifatida e’tirof etilishida Ollohning rasuli (yerdagi vakili) bo‘lgan payg‘ambar Muhammad Alayhis-salomning o‘rni va shaxsiy roli beqiyosdir. Qur’on oyatlarini o‘rganish o‘zgalik bilan o‘zlikning Islomdagi uyg‘unlashuvini aniq belgilash, uning asoschisi shaxsini ko‘ra olish, his qilish imkonini beradi.
Musulmon maktablari va unda ta’lim-tarbiya mazmuni. Musulmon maktablarida ta’lim tizimi 5 toifaga bo‘lingan edi. Quyi maktab – bu maktablarda o‘g‘il bolalarga savod o‘rgatishgan (4 yil). Xalilxona maktabi – (namoz) yod oldirib o‘rgatilgan. Qorixona - Qur’on yod olingan. Madrasa. Maktab internat – o‘rta madrasa. Bu maktabda ham diniy, ham dunyoviy fanlar o‘qitilib, o‘rta ma’lumot berilgan. Markaziy Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin maktab va madrasalarda ba’zi o‘zgarishlar yuz berdi. Musulmon maktablari uchun bosmaxonaga chop qilingan darsliklar paydo bo‘ldi. Qozondan bosmaxonada nashr qilingan qur’on va haftiyaklar, Hindiston va Erondan shoirlarning litografiyada chop qilingan to‘plamlari keltirildi, Toshkentning o‘zida ham maktablar uchun darsliklarni litografiya usulida nashr qilish yo‘lga qo‘yildi. Mustamlaka ma’muriyati mashg‘ulotlar o‘rta asr tartibida olib borilayotgan musulmon maktablarining ishiga aralashmas edilar. Ammo maktablarda rus tilini o‘qitishni rag‘batlantiruvchi choralar ko‘rishga ham harakat qilinardi. Natijada, mahalliy yoshlar rus tilini o‘rganishga ko‘proq e’tibor bera boshladilar. XX asr boshlarida esa madrasalarda rus tilini o‘qitish joriy qilinsin, degan ko‘rsatmaga binoan 1913-1917 yillarda ba’zi madrasalarda rus tilini o‘qitish joriy qilindi.
Eski maktablarda ham ba’zi o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Rus tuzem maktablari hamda yangi xil maktablarning ta’siri ostida ba’zi eski usul maktablarda birmuncha yangiliklar joriy qilindi, - litografiyada bosilgan alifbelar yordamida tovush metodi asosida savod o‘rgatish joriy qilindi, qizlarga o‘qishni o‘rgatish bilan birga yozishni ham o‘rgatishga kirishildi. Bu yangiliklarga ko‘ra o‘zbek maktablari hayotida katta siljish ro‘y berdi.
XX asr boshlariga kelib, Turkiston o‘lkasidagi yirik markaziy shaharlarda oliy ta’lim maskani hisoblangan quyidagi madrasalar:
Buxoroda – 80, Qo‘qonda – 40, Samarqandda – 22, Marg‘ilonda – 28, Toshkentda -17 mavjud bo‘lib, ularda 400 dan 5000 tagacha talaba tahsil olar edi.
1906 yilga kelib, birgina Samarqand viloyatining o‘zida 1510 ta musulmon maktabi bor edi, ularda 1482 o‘qituvchi 12740 talabaga saboq bergan.
Umuman olganda Turkiston o‘lkasida 1905-1906 yillarda 5290 ta maktab bo‘lib, ularda 70955 talaba ta’lim olgan.
Bu davrga kelib mahalliy fuqaro bolalaridan ilmli kishilar tayyorlash maqsadida Xeva xoni Sayid Muhammad Rahimxon Bahodirxoni soniy – Feruz (1844-1910 y.) katta ishlarni amalga oshirdi. Bevosita uning tashabbusi bilan 1884 yili o‘z saroyida maktab ochilib, bu maktabda rus o‘qituvchisi va Mirzo. Rahmonquli qori kabi mahoratli ta’lim-tarbiya ustalari yoshlarga bilim berish ishi bilan shug‘ullandilar.
Feruz farmoniga muvofiq 1904 yilning 10 noyabrida Urganchda birinchi yangi usul maktabi ochildi. Unda Husayn Qo‘shayev degan Turkiyadan kelgan o‘qituvchi yoshlarga ta’lim-tarbiya bera boshladi.
Husayn Qo‘shayev 1906-1907 o‘quv yilida xonlikdagi ilg‘or ma’rifatparvar kishilarning istaklarini hisobga olib, Urganchda qizlar maktabini ham tashkil etdi. Feruz unga homiylik qilib, Xazina hisobidan maktab uchun alohida mablag‘ ajratib berdi.
Feruz homiyligidagi bu maktabda Husayn Qo‘shayevning turmush o‘rtog‘i Komila Qo‘shayeva qizlarga bilim bera boshladi.
1909 yilga kelib Feruz quli ostidagi madrasalar soni 130 taga yetib, undagi mullavachchalar 2300 kishidan ortib ketdi.
Feruz Xeva ziyolilari orasida nufuzli o‘rinni egallagan ma’rifatparvar Komil Xorazmiyni Toshkent shahrida gimnaziya va maktablardagi o‘qitish usulini o‘rganib kelishi maqsadida safarga jo‘natadi. Safardan qaytgach Komil Xorazmiy bu sohadagi ishlarni anchagina jonlantirib yubordi.
Mazkur maktab o‘quv dasturi hamda rejasiga – riyoziyot, tarix, jo‘g‘rofiya, tabiat, rus tili, mahalliy savod (ona tili) va islomshunoslik fanlarini o‘qitish belgilanadi. Mashg‘ulot jarayonida Sharq mutafakkirlari – Navoiy, Fuzuliy, Bedil, Sa’diy Sheroziy, Mashrab, So‘fi Olloyor kabilar bilan bir qatorda rus shoir, yozuvchilarining asarlari ham o‘rganildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |