Barno turdixodjaevna xalmatova, maktuba xabibullaevna mirraximova



Download 1,27 Mb.
bet125/170
Sana12.10.2022
Hajmi1,27 Mb.
#852584
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   170
Bog'liq
Халматова 2014-узб.лотин

Nazorat savollari
1.Gestasion yosh nima?
2.Etuk tug’ilgan chaqaloqga ta'rif bering.
3.Chaqaloqlarning qanday anatomik - fiziologik xususiyatlarini bilasiz
4.Chaqaloqlik davrining asosiy reflekslariga qaysilari kiradi
12.2. Mоslаshish dаvri хususiyatlаri: оrаliq hоlаtlаr
Yangitugilgan chaqaloqlarning tashqi muhitga moslashuvi bo’lib, o’tib ketuvchi (chegaradosh, tranzitor, fiziologik) holathisoblanadi. Bu holatlar homila ichi va homiladan tashqari davrlar o’rtasidagi chegaraviy holat bo’lib, norma va patologik holatlar o’rtasidagi chegara hisoblanadi, ma'lum bir sharoitlarda patologik holatlarga o’tishi mumkin (misol, parvarish defekti, ovqatlanish rasionining buzilishi va boshqalar), ya'ni chegaradosh holatlar kasalliklarga moyil holatlar ham bo’lishi mumkin.Erta neonatal davrlarda adaptiv reaksiyalarning quyidagi bosqichlari ajratiladi:
1. hayotining birinchi 30 minutida (o’tkir respirator gemodinamik adaptasiya.
2. 1-6-soatlarda (asosiy funksional tizimlarning stabilizasiyasi va sinxronizasiyasi)
3. 3-4-sutkalarda (metabolik adaptasiya zo’riqishi).
Chaqaloqlik davri chegaradosh holatlariga quyidagilar kiradi:
1.Tug’ruq katarsisi go’dak tug’ilgandan keyin birinchi sekundlarda letargiya holatida bo’ladi.
2."Yangi tug’ilgan chaqaloq sindromi" keyingi 5-10 minutlarda ichki va tashqi ta'sirlarnatijasida katexolaminlar ko’p miqdorda ajralib chiqadi, chaqaloq faol bo’ladi.
3.Tranzitor giperventilyasiya quyidagi holatlarda kuzatiladi:
-gipoksiya, giperkapniya va asidoz natijasida nafas markazining faollashuvi,tug’ruq vaqtida tranzitor holat sifatida paydo bo’ladi. Chaqaloq birinchi marta chuqur nafas oladi va qiyin nafas chiqaradi, bu o’z navbatida o’pka alveolalarning ochilishiga olib keladi.
-o’pkahavoga to’ladi va funksional qoldiqhajm yuzaga keladi.
-o’pka suyuqlikdan tozalanadi va sekresiya hosil bo’lishi to’xtaydi.
-o’pka arterial tomirlari kengayadi va o’pka tomirlari tarangligi pasayadi va fetal Shunt yopiladi.
4. Tranzitor qon aylanishi - hayotining birinchi 2 kunida qonning o’ngdan chapga shuntlanishi kuzatiladi va katta qon aylanishda gemodinamikaning o’ziga xos xususiyati kuzatiladi.
- homiladaqon aylanishi yo’ldosh orqali bo’ladi.
-homilada anatomik shuntlar orqali (oval teshik, arterial (Botallov), venoz (Aransiev) yo’llari) qon aylanadi.
-o’pkada qon aylanishi kam.
-kichikqon aylanish doirasi ishlamaydi.
5. Tranzitor tana vaznini birlamchi yo’qotish- hamma chaqaloqlarda kuzatiladi. Ko’krak suti tanqisligi sababli suyuqlik yo’qotilishiga bog’liq, hamda mekoniya va peshob orqali ham suyuqlik yo’qotilishiga bog’liq bo’ladi. Sog’lom chaqaloqlarda tana vaznini birlamchi yo’qotish 4-6%ni tashkiletadi, bu bola hayotining 3-4 sutkasiga to’g’ri keladi. Tana vaznini qayta tiklash 6-7 sutkaga to’g’ri keladi(60-70%).
6.Termoregulyasiyaning tranzitor buzilishi:
Tranzitor gipotermiya-birinchi 30 minutda chaqaloq tana harorati 0,3-0,5ºC gacha tushadi, tana harorati 35,5-35,8º C va undan past bo’ladi, hayotining 5-6 soatlariga kelib normallashadi. Bu chaqaloq organizmining kompensator-moslashuv reaksiyasi bilan bog’liq.
Issiqlik yo’qotish yo’llari:
-isib ketish - kuvez devorlari orqali issiqlik chiqishi
-konduksiya - sovuq yuza bilan kontakt
-konvensiya - yelvizak
-ko’p bug’latish - terining ko’p terlashi,agar teri nam bo’lsa teri orqali issiqlik yo’qotish kuzatiladi.
Tranzitor gipertermiya- bola hayotining 3-5 kunlarida yuzaga keladi,tana harorati 38,5-39ºC va undan yuqori bo’ladi. Gipertermiyaning asosiy sababi-suvsizlanish, issiqlash, suyuqlik kam ichish, moddalar almashinuvi jarayonining katabolik yo’nalishi hisoblanadi.
Chaqaloq normal tana harorati 36,5-37º C hisoblanadi. Xona harorati 24-26ºC bo’lishi kerak.
7.Oddiy eritema - teriqizarishi reaktivligi, tug’ruq yog’larini tozalagandan keyin va birinchi tualetdan keyin yuzaga keladi. Ikkinchi sutkadaeritema tiniq bo’ladi, bola hayotining birinchi haftasiga kelib yo’qoladi, chala tug’ilganlarda 2-3 haftagacha saqlanadi.
8.Toksik eritema- bola hayotining 2-5 kunlarida terisida kul rang- sariq papula yoki pufakchalar paydo bo’ladi, allergik (80-85%), immun (15-20%) va noimmun reaksiyalar natijasida paydo bo’ladi.
Klinik shakllari: lokal, tarqoq, chegaralangan.
Kechishi bo’yicha: o’tkir va cho’ziluvchan
O’tkir kechishida toshmalar bola hayotining 2-3 sutkasida paydo bo’ladi va 5-7 sutkada yo’qoladi.
Cho’ziluvchan kechishida toshmalar 1-4 sutkada paydo bo’ladi, 14 kungacha va undan ko’p saqlanishi mumkin.
9. Tranzitor giperbilirubinemiya (fiziologik sariqlik).
Yetuk tug’ilgan chaqaloqlarda bu chegaradosh holat 60-70%, chala tug’ilganlarda 90-95% hollarda uchraydi.
Fiziologik sariqlik genezi chaqaloqlarda bilirubin almashinuvining xususiyatlari bilan bog’liq bo’lib quyidagi hollarda namoyon bo’ladi:
a) eritrositlarning yashashi qisqarganligi, aynan eritrositlar tarkibidagi fetal gemoglobinning (HbF) yashashi 70 kungacha qisqarganligi sabab bo’ladi.
b) tug’ilishdagi fiziologik polisitemiya (Hb 220g/l);
v) eritropoezning yaxshi shakllanmaganligi;
g) jigar sitoxromi, mioglobin, katalaza, pereksidazadan bog’lanmagan bilirubinning qo’shimcha manbai hosil bo’lishi;
d) katabolizmning ustunlik qilishi;
2. Gipoalbuminemiya natijasida (1g albumin 0,85mg bog’lanmagan bilirubinni bog’laydi) bog’lanmagan bilirubinning qon oqimida bog’lanishi va tashilish xususiyati pasaygan bo’ladi.
3. Jigar funksiyasi pasayganligi quyidagicha namoyon bo’ladi:
a) legandin-membrana oqsili kamayganligi natijasida gepatositlarda bog’lanmagan bilirubinning ushlash qobiliyati past bo’ladi.
b) glyukuron kislotasi miqdori pastligi va glyukuronil transferaza faollligi pasayganligi jigarning glukuronlash xususiyatini pasaytiradi;
v) o’t yo’llarining torligi sababli kon'yugirlangan bilirubinning gepatositlardan ekskresiyasi pasayadi.
4. 15-glyukuronidaza fermenti ta'sirida bog’lanmagan bilirubin jigardan ichak -jigar Shunti orqali (Aransiev Shunt va ichak shilliq qavati) pastki kovak vena, darvoza venasi orqali qon oqimiga o’tadi.
5. Ichakda bifidobakteriyalar miqdori kam bo’ladi.
Tranzitor giperbilirubinemiyaning klinik ko’rinishi chaqaloq hayotining 2-3 kunlarida terisida ikteriklik ya'ni sariqlik paydo bo’ladi va bola hayotining 7-10 kunlarida yo’qoladi. Sariqlikning to’lqinsimon kechishi kuzatilmaydi. Chaqaloqlar umumiy holati qoniqarli va gepatolienal sindrom kuzatilmaydi. Bilirubinning maksimal miqdori periferik qonda chaqaloq hayotining 3 sutkasiga kelib 205mkmol/l, kindik qonida esa bola tug’ilganda 50-60 mkmol/l, bilirubinning soat sayin o’shishi esa - 5-6 mkmol/l, bilirubinning sutkalik o’shishi - 86 mkmol/l, bog’lanmagan bilirubin 25 mkmol/l (umumiy bilirubinning 10-15%dan) ni tashkil etadi.
Qonda bilirubin miqdori yetuk tug’ilganlarda 60-80 mkmol/l, chala tug’ilganlarda esa 100-110 mkmol/l bo’lsa, terida sariqlik yuzaga chiqadi. Sariqlik subikterik, ikterik (limon tusli yoki shafron ) bo’ladi va Kramer shkalasi bo’yicha 5 darajaga bo’linadi.
10. Jinsiy (gormonal) kriz ko’krak bezlari shishi (65-70%), milia, deskvamativ vulvovaginit, qizlarda metrorragiya (5-10%) kuzatiladi. Uning asosida homilaning giperestrogen foni - ya'ni onadan homilaga o’tgan gormonlar miqdorining yuqoriligi yotadi va chaqaloq hayotining 1 haftasida bu gormonlar organizmdan chiqib ketadi. Chala va yetilmay tug’ilgan chaqaloqlarda jinsiy kriz kam kuzatiladi.
11. Siydik - nordon infarkti, katabolizm jarayoning oshganligi bilan bog’liq bo’lib, siydik kislotasi hosil bo’lishi purin almashinuvining o’shishiga olib keladi, krisstallar holatida buyrak kanalchalariga to’planadi, natijada peshob sariq - malla rangda bo’ladi. Siydik - nordon infarkti chaqaloq hayotining 1- haftasida paydo bo’ladi.
Chaqaloq holatini baholash usullari
Ko’p hollarda to’g’ri parvarish va chaqaloq holatiga baho berish chaqaloqning homiladan tashqaridagi moslashishini va keyingi sog’ligi holatini aniqlashga yordam beradi.
Chaqaloq holati quyidagicha baholanadi:
" Somatik holatini baholash
" Motor faolligi va nevrologik holatini baholash
" Chaqaloqlar gestasiyasi mosligi va yetilganligini baholash
" Adaptasiya buzilishi va kasalliklarni baholash
" Noqulay omillarni bartaraf etish
" Infisirlanish, gipotermiya, och qolish va keraksiz manipulyasiyalar, agressiv muolajalarni bartaraf etish.
Chaqaloqning fizik holatini baholash
Chaqaloq tug’ilgandan keyin darrov Apgar shkalasi bo’yicha chaqaloq holati birinchi marta baholanadi:
1. Terining butunligi, rangi, toshmalar, o’smalar bor yoki yo’qligi;
2. mushaklar tonusi, harakatlar aktivligi va simmetrikligi;
3. chaqaloqning birinchi yig’lashidagi ovozi, nafas olish soni, xirillashlar mavjudligi yoki yo’qligi;
4. yurak qon-tomir holati- puls ritmi, to’liqligi, yurak urishi, yurak tonlari;
5. ta'sirlanuvchiga nisbatan reflektor javobning kuchi, simmetrikligi va turg’unligi;
6. Chaqaloq vazni, tana uzunligi, bosh va ko’krak aylanasi baholanadi.

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish