Barno turdixodjaevna xalmatova, maktuba xabibullaevna mirraximova



Download 1,27 Mb.
bet122/170
Sana12.10.2022
Hajmi1,27 Mb.
#852584
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   170
Bog'liq
Халматова 2014-узб.лотин

12.1. Chaqaloqlik dаvri fiziоlоgiyasi.
Sog’lom tug’ilgan chaqaloq– tug’ilishi bilan hech qanday tibbiy muolajaga muhtoj bo’lmagan va yashash qobiliyatini saqlagan boladir.
Gestasion yosh - oxirgi menstruasiyasining birinchi kunidan boshlab (to’liq akusherlik haftalari hisobiga) to tug’ruqqacha bo’lgan davr hisoblanadi. Gestasion yoshi bo’yicha chaqaloqlar yetuk tug’ilgan, chala va muddatidan o’tib tug’ilgan chaqaloqlarga ajratiladi.
Etuk tug’ilgan chaqaloq - gestasiya vaqtining 37 haftasidan 42 xaftasigacha bo’lgan davrda tug’ilgan chaqaloqdir (260-294 kun).
Chala tug’ilgan chaqaloqlar- gestasiya vaqti to’liq bo’lmagan 37 haftadan (259 kun) 22 haftagacha (154 kun), tana og’irligi 2500 grammdan 500 grammgacha, tana uzunligi 47 (46) smdan kichik bo’lib tug’ilgan chaqaloqga aytiladi.
Bugungi kunda X-qayta ko’rilgan halqaro kasalliklar tasnifiga ko’ra chalalik alohida darajalarga ajratilmagan. Tasnif qo’yish uchun gestasiya muddati (kun yoki haftalarda) va tug’ilgandagi tana vazni (kichik-2499-1500, juda kichik-1499-1000g, ekstremal kichik-999-500g) ko’rsatiladi.
Chalatug’ilganlarda ba'zi chegaradosh holatlarningo’ziga xos xususiyatlari kuzatiladi. Tana vaznini fiziologik yo’qotish hayotining 4-7 kuniga to’g’ri keladi va 5-12%ni tashkil qiladi, tana vaznini qayta tiklash esa hayotining 2-3 haftasigato’g’ri keladi. Chala tug’ilganlarda fiziologik sariqlik hayotining 3-4 haftasigacha davom etadi. Jinsiy krizlarning paydo bo’lishi xarakterli emas, lekin toksik eritema gestasiya haftasining 35-haftasidan to 37-haftasigacha aniqlanishi mumkin.
Chala tug’ilgan chaqaloqlarning rivojlanish tempi juda yuqori bo’ladi. Ularning ko’pchiligida vazn - bo’y ko’rsatgichi bola hayotining birinchi yili oxiriga kelib xuddi yetuk tug’ilgan chaqaloqlarnikiga teng bo’ladi, og’irchalalikda esa (vazni 1500gkam), vazn - bo’y ko’rsatgichi bola hayotining 2-3 yoshligiga kelib yetuk tug’ilganlarnikiga tenglashadi.
Agar chala tug’ilgan chaqaloq yaxshi parvarishlansa, sog’lomo’sgan bo’lsa, 1,5 yoshiga kelib yetuk tug’ilgantengdoshlariga nerv-psixik rivojlanishi jiqatdan yetib oladi. 60-80% chalalik og’ir darajalarida markaziy asab tizimining organik zararlanishlari (bolalar serebral falaji, gidrosefaliya, shizofreniya, epilepsiya), eshitish, ko’rish organlarining zararlanishlari va boshqalar kuzatiladi.
Muddatidan oldingi tug’ruqlarning uchrashi 3%dan to 15%ni tashkil etadi. Chala tug’ilgan chaqaloqlarni parvarishlash maxsus sharoitga ega bo’lgan muassasalarda olib boriladi. Bu muassasa ikki bosqichdan iborat - tug’ruqxona yoki uy sharoitida parvarishlash bo’lishi mumkin. Vazni 2300 gr (2200) va undan yuqori bo’lsa, chaqaloq uyiga javob berilayotganda umumiy ahvoliqoniqarli, tana vazniga yaxshi qo’shilsa, tana haroratini normal ushlasa, bunday chaqaloqlar ikkinchi bosqichda parvarishlanadi. Bu guruhdagi chaqaloqlar tug’ruqxonadan uyiga hayotining 7-8 kunida javob beriladi. Yetilmagan va kasal chala tug’ilganchaqaloqlar 3-bosqich tizimida ya'ni tug’ruqxonada - chala tug’ilganlarni maxsus parvarishlash bo’limi sharoitida parvarishlanadi.
Agar chala tug’ilganlarda yuqumli kasalliklar vao’tkir xirurgik patologiyalar aniqlanmasa, ular 3 - sutkada maxsus bo’limga o’tkaziladi. Ikkinchi bosqichda parvarishlash muddati 1 oydan 3 oygacha bo’ladi.
Vaqtidan o’tib tug’ilgan chaqaloqlar- tana vaznidan qat'iy nazar, gestasiyaning 42-haftasida (295 kun va undan yuqori) tug’ilgan chaqaloqhisoblanadi.
"Vaqtidan o’tib tug’ilgan chaqaloq” atamasi "qayta to’liq yetilgan chaqaloq" atamasi bilan sinonim hisoblanadi.Vaqtidan o’tib tug’ilganlarni klinik belgilari lanugo yo’qligi, tug’ruq yog’larining bo’lmasligi, tirnoqlari o’sgan, boshida sochining ko’p bo’lishi, epidermis ko’chishi vaqo’zqaluvchanlik yuqori bo’lishi hisoblanadi.
Vaqtidan o’tib tug’ilgan chaqaloqlar kasallanish vao’lim ko’rsatkichi yuqoriligi bo’yicha havf guruxiga kiradi (vaqtida tug’ilgan chaqaloqlarga qaraganda 2-3 marta yuqori). Ularda markaziy asab tizimining (MAS) tug’ruq jaroxatlari, asfiksiyalar, aspirasion sindrom va infeksion-yalliqlanish kasalliklari ko’proq uchraydi. Vaqtidan o’tib tug’ilganchaqaloqlarda MAS funksiyasining buzilishlari-vegeto-visseral buzilish sindromlarining (yurak urishi va nafas olish sonining labilligi, to’xtovsiz qayt qilishlar, qabziyat, uyquning buzilishlari) belgilari kuzatiladi.

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish